O’zbekiston tarixi 1 O’zbekiston respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishi va umumxalq tomonidan ma’qullanishi



Download 1,48 Mb.
bet39/60
Sana12.01.2017
Hajmi1,48 Mb.
#300
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   60
. to’rtinchidan, milliy g’oya birinchi navbatda yosh аvlodimizni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek oliyjanob ishlarimizda madadkor bo’lishi zarur;

. beshinchidan, u Vatanimizning shonli o’tmishi va buyuk kelajakni uzviy bog’lab turishga, o’zimizni ulug’ ajdodlarimiz boqiy merosining munosib vorislari deb his qilish, shu bilan birga, jahon va zamonning umumbashariy yutuqlariga erishmoqqa yо’l ochib beradigan va shu maqsadlarga muttasil da’vat qiladigan g’oya bo’lishi kerak. Jamiyat ma’naviyatini yangilash va yanada yuksaltirish bugungi kunda ham mamlakatimiz taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lib turibdi. Yurtboshimiz o’zining "O’zbekiston ХХI asrga intilmoqda", "Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz" ma’ruzalarida islohotlarning yangi bosqichida ma’naviyat sohasidagi vazifalarni asoslab berdi. "Ма‘naviyat sohasidagi eng asosiy vazifamiz milliy qadriyatlarni tiklash, o’zligimizni anglash, milliy g’oya va mаfkurаni shakllantirish, muqaddas dinimizning ma’naviy hayotimizdagi o’rnini va hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlagan ezgu ishlarimizni izсhillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga ko’tarish va ta’sir­chanligini kuchaytirishdir".

I. А. Karimov. "Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimizdir". 24-25- betlar:

Yurtboshimiz hozirgi zamonda insonlarning qalbi va ongini egallash uchun mafkuraviy kurash bo’layotganligi, ko’p narsalarni mafkura maydonlarida bo’layotgan kurashlar hal qilishi mumkinligi, O’zbekistonda ham ba’zi yoshlarni yo’ldan chal­g’itadigan diniy ekstremizm xafvi mavjudligi haqida ogohlantirib kelmoqda. 80- yillarning oxirlarida mamlakatimizga o’zini “dо‘st", "dindosh ", "millatdosh" qilib ko’rsatib, go’yo islom dinining sofligi uchun kurashishga "da‘vat" etuvchi ayrim kimsalar kirib kelganligi ma’lum. Ular muqaddas islom dinimizni asl mohiyatini bilmaydigan oddiy odamlarni, g’o’r yoshlarni o’z tuzog’iga ilintirib, bizga begona bo’lgan diniy aqidalarni yoyishga urindi, ayrim yoshlarni o’ziga mahliyo qilishga, jaholat va jinoyat botqog’iga tortishga ulgurishdi ham. Namangan va Toshkentda sodir etilgan qonli voqealardan keyingina bu kuchlarning niyati

hokimiyat uchun kurash bo’lib, ular din niqobi ostida harakat qilayotgan xalqaro terrorchilik harakatining O’zbekistondagi bir to’dasi ekani oshkor bo’ldi. Mustaqillikning dastlabki yillarida eski mafkuradan voz kechish natijasida paydo bo’lgan bo’shliq vaziyatida begona g’oyalarning O’zbekistonga xuruji kuchaydi. Bunday mafkuraviy ta’sirlar salbiy oqibatlarga olib kelmasligi uchun nima qilish kerak? "Buning yо’li - odamlarimiz, аvvаlаmbоr yоshlаrimizning iymon-e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o’z mustaqil fikriga ega bo’lgan

barkamol insonlar еtib tarbiyalash... Farzandlarimiz yuragida ona-Vatanga, bоy tariximizga, ota-bobolari­mizning muqaddas diniga sog’lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta’bir joiz bo’lsa, ularning mafkuraviy im­munitetini kuchaytirishimiz zarur".

I. А. Karimov. "Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman". "Fidokor" gazetasi. 2000- yil 8-iyun.

Shunday qilib, Islom Karimov O’zbekistonning milliy istiqlol g’oyasini yaratish tashabbuskori va ijodkori bo’ldi. Ма’nо-mazmuni ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligiga erishish, komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik, millat­lararo totuvlik va dinlararo bag’ri kenglikni ta’minlash kabi in­sonparvar tamoyillarni o’zida uyg’unlashtirgan milliy istiqlol g’oyasi shakllandi. Mamlakatimizda milliy istiqlol g’oyasining asosiy tamoyillari ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari, adabiyot va san’at, mahallalar va mehnat jamoalari tomonidan odamlar ongi va qalbiga singdirilmoqda. Barcha ta’lim muassasalaridagi o’quv jarayoniga "Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar" fanini o’qitish joriy etildi. Respublika shahar va qishloqlarida faoliyat yuritayotgan kutub­хоnа va klub muassasalari aholi orasida madaniy-ma’rifiy ishlar bilаn shug’ullanmoqda. Respublika madaniyat va sport ishlari vazirligi tasarrufidagi 7000 kutubxona, 2.500 dan ortiq madaniyat saroy­lari, klub muassasalari va ular qoshidagi badiiy havaskorlik jamoalari aholiga ma’naviy-ma’rifiy xizmat ko’rsatmoqda.


Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish