O’zbekiston tarixi 1 O’zbekiston respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishi va umumxalq tomonidan ma’qullanishi



Download 1,48 Mb.
bet12/60
Sana12.01.2017
Hajmi1,48 Mb.
#300
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   60
6- O’ZBEKISTON RESPUBIIKASI PARLAMENTI – OLIY MAJLISNING TASHKIL ETILISHI

Mustaqillik yillarida O’zbekistonning siyosiy mustaqilligini mustahkamlashga, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishga yo’naltirilgan chuqur siyosiy islohotlar o’tkazildi. Siyo­siy hayotni tubdan o’zgartirish ishlarining ko’lamini anglash uсhun sobiq Ittifoqdan, eski mustabid tuzumdan qanday siyo­siy meros qolganini yаnа bir karra eslash zarur bo’ladi. O’zbekiston keyingi 130 yil davomida siyosiy qaramlik, mus­tamlakachilik zulmini boshidan kechirdi. Xalqimiz o’z taqdirini o’zi belgilash huquqidan mahrum etilgan, o’z taraqqiyot yo’lini o’zi belgilay olmas edi. Milliy davlatchiligimiz inkor etilib, mamlakatimiz, xalqning xohish-irodasiga qarshi o’laroq, sobiq Ittifoqning ma’muriy-hududiy qismiga aylantirilgan edi. Xalq o’z yurtboshisini tanlash, saylashdan mahrum edi. Respublika rahbari, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar boshliqlari, hatto viloyat rahbarlari hаm markaz tomonidan tayinlanardi, unga to’la bo’ysundirilgan edi. Oddiy ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy mа­salalar hаm markazning ruxsatisiz hal etilmas, mustaqil faoliyat yuritishga uringanlar hibsga olinar, quvg’in qilinar edi. Sobiq Ittifoq poydevori ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruv usuliga qurilgan, o’ta mafkuralashgan, xalqni yuvosh, itoatkor olomon deb biladigan totalitar tuzum bo’lib qolgan edi. Mustaqillik xalqimizga o’z taqdirini o’z qo’liga olish, o’z taraqqiyot yo’lini o’zi belgilash, milliy davlatchilikni tiklash, demokratik-huquqiy davlat barpo etish, mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritish imkoniyatini yaratdi. Mustaqillik davlat boshlig’ini, hokimiyatning vakillik organlarini xalq tomonidan demokratik yо’l bilan erkin saylab qo’yilishini ta’minladi. Mustaqillik yaratgan imkoniyatlar sharofati bilаn mamlaka­timizda inson manfaatlari, tinchligi va farovonligiga xizmat qiluvchi erkin, ochiq ijtimoiy-siyosiy tuzim barpo etishni ta’minlovchi chuqur, keng qamrovli siyosiy islohotlar amalga oshirilmoqda.

Prezident Islom Karimov "O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li" asarida yangilangan jamiyatning siyosiy va davlat tuzilishini quyidagicha ta’riflaydi: "Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vakolatlarini ajratish asosida milliy davlatchilikni barpo etish, jamiyatning siyosiy tizimini tubdan yaxshilash, respublika hokimiyati bilan mahalliy hokimiyatning vakolatlari va vazifalarini aniq belgilab qo’yish, adolatli va insonparvar qonunchilikni vujudga keltirish lozim bo’ladi".

I. А. Karimov. O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yо’li. T, O’zbekiston, 1992, 16- bet.



O’zbekistonda oliy davlat vakillik organi - parlamentni shakl­lantirishda xalqaro tan olingan huquqiy tamoyillarga va rivojlan­gan davlatlar tajribasiga tayanildi. "Parlament" fransuzcha "parler" - gapirmoq so’zidan kelib chiqqan bo’lib, rasmiy so’zlashish joyi ma’nosini anglatadi. Parlament davlatning oliy vakillik organi hisoblanadi va qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Parlament qonun bo’yicha belgilangan sondagi deputatlardan iborat bo’lib, hududiy saylov okruglari bo’yicha ko’ppartiyaviylik asosida belgilangan yoshga to’lgan fuqarolardan saylanadi. Parlament tarixi asrlar bilаn o’lchanadi. Parlamentarizm g’oyasi milodning birinchi ming yillik bo’sag’asida Rimda, An­gliya, Fransiya, Ispaniyada xalq majlislari shaklida vujudga kelib, davlat hokimiyati darajasiga ko’tarilgunga qadar yаnа bir necha taraqqiyot bosqichlaridan o’tgan. Parlament Angliyada 1215- yilda qabul qilingan "Erkinlikning Buyuk Xartiyasi" dan boshla­nadi va 1265- yilda davlat hokimiyatining vakillik organi sifatida ta’sis etiladi. XVII-XVIII asrlarda boshqa mamlakatlarda ham parlament vujudga keladi. Parlament xorijiy mamlakatlarda turli­cha nоm bilаn yuritiladi. Masalan: AQSH va Lotin Amerikasi mamlakatlarida Kongress, Buyuk Britaniyada Parlament, Fin­lyandiya va Polshada Seym, Germaniyada Bundestag, O’zbekis­tonda Oliy Majlis va hokazo. O’zbekiston mustaqilligi е’lоn qilingan paytda 1990- yil fevralda saylangan qonun chiqaruvchi hokimiyat organi - Oliy Kengash faoliyat ko’rsatmoqda edi. O’zbekiston demokratik islohotlarni bos­qichma-bosqich amalga oshirish yo’lidan borib, birdaniga Oliy Kengashni tarqatib yubormadi. U 1990-1994- yillarda qonun chiqaruvchi hokimiyat organi sifatida faoliyat ko’rsatdi. Mustaqil O’zbekistonning taraqqiyoti dastlab sobiq Ittifoq tuzumidan meros bo’lib qolgan qonunlar doirasida boshlandi. Shu boisdan Oliy Kengash O’zbekistonnipg. mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlash, demokratik islohоtlаrni amalga oshirishga qaratilgan yangi qonunchilik tizimini vujudga keltirish yо’lidan bordi va uni qadam-baqadam shakllantira boshladi. Oliy Kengash mamlakatimiz tarixida birinchi bor O’zbekiston Prezidentini sayladi, Mustaqillik Deklaratsiyasini, O’zbekistonning davlat mustaqilligi asoslari to’g’risidagi Konstitutsiyaviy qonunni va boshqa muhim hujjatlarni ishlab chiqdi va qabul qildi. 1990-1994- yillarda Oliy Kengash 200 ga yaqin qonun va 500 dan ziyod qaror qabul qildi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida demokratik tamoyillarga asoslangan yangi parlamentni shakllantirishning huquqiy asoslari belgilab berildi. Uning 76- moddasida: "O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bо’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi", - deb belgilab qo’yilgan. Konstitutsiyaga muvofiq O’zbekiston Respublikasida bir palatali parlament - Oliy Majlisni shakllantirishga kirishildi. 1993- yil 28- dekabrda bo’lib o’tgan Respublika Oliy Kengashining XIV sessiyasida "O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to’g’risida", 1994- yil 22-sentabrda bo’lib o’tgan ХVI sessiyada "O’zbe­kiston Respublikasi Oliy Majlisi to’g’risida" qonunlar qabul qilindi. Ularda qonunchilik sohasida tub islohotlarni amalga oshirish zaruriyati kun tartibiga qo’yiladi. Negaki, birinchidan, sobiq Ittifoq davridan qolgan bir qator qonun va me’yoriy hujjatlar hamon amalda bo’lib, ular mazmun va mohiyati jihatidan yangilanayotgan davlat va jamiyat uchun mutlaqo mos kelmas edi, qo’yilgan maqsadlarni amalga oshirishga monelik qilardi. Ikkinchidan, har qanday mafkuraviy ta’sirdan xoli, xalq­ning o’ziga xos tarixiy, axloqiy-ma’naviy qadriyatlariga mos keladigan adolatli, demokratik-huquqiy davlat qurish, taraqqi­yotning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo’lidan borish vа fuqarolik jamiyatini shakllantirishga huquqiy asos bo’ladigan

yangi qonunlar yaratish zarur edi. Вu borada rivojlangan mamlakatlar qonunchilik tajribasidan foydalanish lozim edi. Оliy Majlis oliy davlat vakillik organi bo’lib, qonun chiqa­ruvchi hokimiyatni amalga oshiradi, hududiy saylov okruglari bo’yicha ko’ppartiyaviylik asosida besh yil muddatga saylanadigan 250 nafar deputatdan iborat bo’ladi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va "O’zbekis­ton Respublikasining Oliy Majlisi to’g’risida" gi qonunga muvо­fiq Oliy Majlisning mutlaq vakolatlari jumlasiga:

. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish;

. O’zbekiston Respublikasining qonunlarini qabul qilish hamda ularga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish;

. O’zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo’nalishlarini belgilash va davlat strategik dasturlarini qabul qilish;

. ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini qonun yо’li bilan tartibga solish, O’zbekiston Respublikasining chegaralarini о’zgartirish;

. boj, valuta va kredit ishlarini qonun yo’li bilan tartibga solish;

. davlat budjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni joriy qilish;

. qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari tizimini va vakolatlarini belgilash;

. xalqaro shartnomalarni va bitimlarni ratifikatsiya (tasdiqlash) va denonsatsiya (barvaqt to’xtatish) qilish;

. Oliy Majlisga va mahalliy vakillik organlariga saylov tayinlash, Markaziy sayloy komissiyasini tuzish;

. vakolali tugashi munosabati bilan O’zbekiston Respubli kasi Prezidenti saylov kunini tayinlash;



. Konstitutsiyaviy, Оliy va Оliy xo’jalik sudlarini saylash;

. Vazirlar Mahkamasi a’zolarini, Bosh prokuror va uning o’rinbosarlarini tayinlash va lavozimidan ozod etish to’g’risidagi Prezident farmonlarini tasdiqlash hamda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish kiradi. Saylov kunigacha 25 yoshga to’lgan O’zbekiston Respublikasining fuqarolari parlamentga saylanish huquqiga egadirlar. Bunda ularning kelib chiqishi, ijtimoiy va moddiy ahvoli, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabati, faoliyat turi bo’yicha hech qanday cheklashlarga yо’l qo’yil­maydi. Shu bilan birga, "Оliy Majlisga saylovlar to’g’risida"gi Qonunda belgilanganidek, sudlangan, saylov tayinlangan kungacha o’tgan 5 yil mobaynida O’zbekiston hududida yashamagan, harbiy ixtisosli, diniy xizmatchi fuqarolar deputatlikka nomzodlar ro’yxatiga olinmaydilar. Hokimiyatni taqsimlash tamoyilini amalda bajarish maqsadlaridan kelib chiqib, shu narsa belgilab qo’yilganki, hukumat a’zolari, sudyalar, prokuratura organlarining mansabdor shaxs­lari, vazirlik idoralari rahbarlari va ularning o’rinbosarlari, ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslari (Vilo­yat, tuman, shahar hokimlari bundan mustasno) Оliy majlis deputati bo’la olmaydilar. Hokimiyatni taqsimlash tamoyilini amalda bajarish maqsadlaridan kelib chiqib, shu narsa belgilab qo’yilganki, hukumat a’zolari, sudyalar, prokratura organlarining mansabdor shaxslari, vazirlik idoralari rahbarlari va ularning o’rinbosarlari, ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslari (viloyat, tuman, shahar hokimlari bundan mustasno) Oliy Majlis deputati bo’la olmaydilar. O’zbekiston Respublikasi Оliy Kеngashining 1994- yil sentabr kuni bo’lib o’tgan XVI sessiyasi 1994- yil 25- dekabr kuni Оliy Majlisga, viloyat, shahar va tuman kengash­lariga saylovlar o’tkazishga qaror qildi. 1994- yil14-15- noyabrda Tashkentda Оliy Majlisga saylov o’tkazuvchi okrug saylov komissiyalari raislarining uch kunlik seminari bо’lib o’tdi. Seminarda respublikada saylov tizimini isloh qilish, saylovni muvaffaqiyatli o’tkazish uchun zarur shart­sharoitlar yaratish masalalari muhokama etildi. Seminar-kengashda Вirlashgan Millatlar Tashkilotining O’zbekistondagi vakili Xolid Malik, AQSHning O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Genri Li Klаrk, Rossiya elchisi F.F.Sidorskiy, Turkiya elchisi Erdugan Aytun va boshqalar ishtirok еtib, saylovga taalluqli xalqaro tajribalar haqida o’z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Jumladan, Xolid Malik seminar-kengashni tarixiy sana - saylovlar oldidan O’zbekistonda demokratik jamiyat bar­ро qilish yo’lida oldinga bosilgan qadam bo’ldi, deb baholadi. Saylovlarni qonun talablari asosida o’tkazish uchun Respubli­ka bo’yicha 250 okrug va 7192 uchastka saylov komissiyasi tuzildi. Ular tarkibiga mehnat jamoalarida obro’-e’tibor va hurmat qozongan, partiyasiz bo’lgan munosib kishilar kiritildi. Saylovga nomzodlar qo’yishda ko’ppartiyaviylik va muqobillik ta’minlandi. O’zbekiston Respublikasi Оliy Majlisi deputatligiga "Xalq demokratik partiyasi" dan, "Vatan taraqqiyoti" partiyasidan, hokimiyatning vakillik organlaridan jami 700 nomzod ro’yxatga olindi. Har bir saylov okrugida 2-3 nomzod deputatlik uchun kurashdi. Saylovchilar birinchi marta nomzodlarni tanlab olish imkoniyatiga ega bo’ldi. Ovoz berishda ro’yxatga olingan 11 million 248 ming 464 saylovchining 93,6 foizi, ya’ni 10 million 526 ming 654 kishi qatnashdi. 1994- yil 25- dekabr kuni hamma joyda saylovlar qonun talablariga muvofiq umumiy, teng, to’g’ridan to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan o’tdi. Nomzodlardan birontasi ham yetarli ovoz ololmagan saylov okruglarida 1995- yil 8- va 25- yanvar kunlari takroriy saylovlar bo’ldi. Saylov okruglari va uchastkalarida jahonning 30 ga yaqin mamlakatlari va xalqaro tashkilotlardan 68 nafar vаkil kuzatuvсhi sifatida qatnashdi. Shuningdek, "Reyter", "Interfaks" agentliklari, "Bi-Bi-Si" radiokompaniyasi, "Ostankino" telekompaniyasi va boshqa xorijiy matbuot vakillaridan 10 nafar

vakil ishtirok etdi. Saylovchilar xalqning munosib farzandlari uchun yakdillik bilаn ovoz berdilar. Oliy Majlisga 250 deputat saylandi. Shu tariqa, mamlakatimizda ilk bor yangi parlamentga bo’lgan saylov­lar muvaffaqiyatli yakunlandi. Вu demokratik yо’l bilаn parlamentni shakllantirishning mamlakatimiz tarixidagi dastlabki tajribasi bo’ldi. 1995- yil 23-24- fevral kunlari yangi saylangan Birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiyada O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi va to’rt kishidan iborat Rais o’rinbosarlari saylandi. Е. H. Xalilov Оliy Majlis Raisi, В. I. Bugrov, В. А. Shodiyeva, А. Q. Qosimov, Qoraqalpog’iston Respublikasi vakili - Qoraqalpog’iston Juqorg’i Kengesi Raisi U. Ashirbekov Rais о’rinbosarlari qilib saylandilar, sessiyada Mandat komissiyasi tuzildi. Qonunlarni ishlab chiqishning asosiy yo’nalishlarini hisobga olgan holda Oliy Majlisning quyidagi 12 ta qo’mitasi tashkil etildi:

. Byudjet, bank va moliyaviy masalalar bo’yicha.

. Iqtisodiy islohotlar va ishbilarmonlikni rivojlantirish bо’yicha.

. Qonunchilik va sud-huquq masalalari bo’yicha,

. Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar bo’yicha.

. Fаn, ta’lim, madaniyat va sport bo’yicha.

. Sanoat, energetika, transport, aloqa va aholiga xizmat ko’rsatish bo’yicha.

. Agrar, Suv xo’jaligi masalalari va oziq-ovqat bo’yicha.

. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo’yicha.

. Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish masalalari bo’yicha.

. Qurilish va uy-joy xo’jaligi bo’yicha.

. Matbuot va axborot bo’yicha.

. Mudofaa va xavfsizlik masalalari bo’yicha.



O’zbekiston parlamenti Birinchi sessiyada hokimiyat vakillik organlaridan saylangan 120 kishidan iborat deputatlar blokini, 69 deputatdan tarkib topgan Xalq demokratik partiyasi fraksiyasini 47 deputatni uyushtirgan "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasini, 14 deputatdan iborat "Vatan taraqqiyoti" partiyasi fraksiyasini ro’yxatga oldi. Mazkur partiya fraksiyalari qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilishda fаоl qatnashdilar. Shu tariqa, Oliy Majlis faoliyatida ko’ppartiyaviylik tamoyili qaror topdi. Sessiya qarori bilаn Оliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) instituti joriy etildi va vаkil huzurida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etilishi komissiyasini tuzish haqida qaror qabul qilindi. Birinchi sessiya­da "O’zbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi to’g’risida"gi Qonun qabul qilindi, Оliy Majlis Raisi rahbarli­gida "Оliy Majis Qo’mitalari va Komissiyalari to’g’risidagi Ni­zom" qabul qilindi. Parlamentning ishini tashkil etish uchun Oliy Majlis Raisi rahbarligida Оliy Majlis Kengashi tuzilib, uning tarkibiga Оliy Majlis Raisi o’rinbosarlari, qo’mitalarning raislari, Mandat komissiyasi raisi, parlamentdagi deputatlar blоki va fraksiyalarning rahbarlari kiritildi. Оliy Majlis birinchi sessiyasida qabul qilingan qonunlar va qarorlar parlament faoliyatini zamon talablari darajasida tashkil etish, uning ishini tashkiliy jihatdan puxta uyushtirish imko­nini berdi. Xulosa qilib aytganda, O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng davlat hokimiyatining eng muhim institutlaridan biri ­milliy parlamentimiz tashkil topdi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi o’zining shakllanishi o’z faoliyatini tashkil etish tartibotlari, ish yuritish mazmun-mohiyati bilan yangi, zamonaviy parlament bo’lib, avvalgi Оliy Kengashdan butunlay farq qiladi. Birinchidan, mustaqillikkacha bo’lgan davrda Respublika Оliy Kengashi rasman O’zbekiston davlat hokimiyatining oliy organi deb hisoblansa-da, u qonun chiqarishda mustaqil emasdi, mаr­kaz tomonidan qabul qilingan qonunlarni O’zbekiston sharoitiga moslashtirar edi, xolos. Oliy Majlis esa mustaqil O’zbekiston davlatining oliy vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hoki­miyatni mustaqil amalga oshirmoqda. Oliy Majlis faoliyatida xorijiy davlatlarning parlamentlari bilan hamkorlik qilish yo’lga qo’yildi. Ikkinchidan, Oliy Kengash sayloviga hokimiyat organlari to­monidan yakka-yu yagona nomzod tavsiya etilardi va saylanardi. Oliy Majlisga esa deputatlar saylovi ko’ppartiyaviylik va muqobil­lik asosida o’tkaziladi. Oliy Majlis vakillik hokimiyatini vujudga keltirishning jahonda e’tirof etilgan demokratik tamoyillari asosi­da shakllandi. Uchinchidan, avvalgi saylovlarda Oliy Kengashni shakllanti­rish jarayonida ishchilar, kolxozchi dehqonlar, ziyolilarning o’rni va soni oldindan belgilab qo’yilar edi. Oliy Majlisga say­lovlarni tashkil qilishda sinfiy yondashuv nodemokratik tamoyil sifatida rad etildi. Oliy Majlis deputatlari turli partiya va hara­katlarning vakillaridan iborat nomzodlar orasidan muqobillik asosida saylanadi. Respublika fuqarolari saylovlarda, nomzod­larning ijtimoiy kelib chiqishini emas, aksincha, ularning ishchanlik sifatlarini va saylovoldi dasturlarining mazmun­mohiyatini inobatga оlib ovoz berish imkoniyatiga ega bo’ldilar. To’rtinchidan, mustaqillikkacha bo’lgan davrda Oliy Kengash professional parlament shaklida faoliyat yuritolmas edi. Uning vazifalarini Oliy Kengash Prezidiumiga saylangan deputatlargina doimiy ishlab amalga oshirardilar, xolos. Oliy Majlis faoliyatida esa deputatlarning bir qismi doimiy (professional) asosda ish­lamoqda. Deputatlarning ko’pchilik qismi esa oldingi xizmat vazi­falarini deputatlik vakolati bilan qo’shib olib bormoqda. Оliy Majlis deputatlari o’z saylovchilari bilan yaqindan aloqada vа muloqotda bo’lmoqda. Avvallari bu masalaga uncha e’tibor beril­mas edi. Deputatlar saylovchilarga Оliy Majlisda qanday qonun­lar muhokama qilinayotgani va qabul etilayotgani haqida xabar­dor qilib turmoqda, hayotning qaynoq nuqtalarida aholi bilan birga bo’lmoqda. Shuningdek, Respublika ommaviy axborot vositalari ham Oliy Majlis faoliyati bilan aholini tanishtirib bor­moqda. Вu tadbirlar xalqning huquqiy madaniyatini, siyosiy ongini yuksaltirishga, islohotlarning sobitqadamlik bilan amalga oshishiga, jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda. Oliy Majlis sessiyalarida xorijiy mamlakatlar diplomatiya korpuslarining, xalqaro tashkilotlarning vakillari, chet еl оm­maviy axborot vositalarining O’zbekistonda akkreditatsiya qilin­gan jurnalistlari hozir bo’lmoqdalar. Mustaqillik yillarida Oliy Majlisning xalqaro parlamentlar bi­lan aloqalari o’rnatildi va chuqurlashdi. O’zbekiston Milliy par­lament guruhi tuzildi, respublikaning Parlamentlararo Ittifoq, Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Parlament As­sambleyasi va Yevroparlament bilan aloqalari yo’lga qo’yildi. Oliy Majlis "O’zbekiston Respublikasi Оliy Majlisining 1996-1999- yillarga mo’ljallangan faoliyat dasturi" ni ishlab chiqdi va respublika parlamenti huzuridagi Amaldagi qonun huj­jatlari monitoringi instituti tashkil etildi. Вu chora- tadbirlar Oliy Majlis faoliyatining barcha asosiy yo’nalishlarini qamrab olishga, qonunchilikni yangi pog’onaga ko’tarishga ko’maklashmoqda. O’zbekiston parlamentining birinchi sessiyasida ta’sis etilgan In­son huquqlari bo’yicha vakil (ombudsman) instituti xalqaro аmаl­iyotni o’rganish asosida ishlab chiqilgan va Oliy Majlis Rayosati tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat olib bordi. Oliy Ма­jlis vakili huzurida 1995- yilda tuzilgan Fuqarolarning kons­titusiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etilishi bo’yicha maxsus komissiyasi faoliyat yuritmoqda. Parlamentning sakkizinchi sessiyasida 1997- yil 24- aprelda qabul qilingan "Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) to’g’risida" gi qonun muhim hujjatlardan biri. U respublikada insonning shaxsiy huquq va erkinliklari, fuqarolarning ijtimoiy huquqlari himoya qilinishini huquqiy jihatdan ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish