O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Kiber huquq va kiberetika fanidan
- Amaliy ish
Mavzu: Ochiq va yopiq kodli dasturlardan foydalanishning huquqiy asoslari.
Guruh: CLE001-1
Bajardi: Muxtorov Sharof
Tekshirdi: AbdumalikovAkmaljon
TOSHKENT – 2022
Mavzu: Ochiq va yopiq kodli dasturlardan foydalanishning huquqiy asoslari.
Buni sezmasligingiz mumkin, lekin siz deyarli har kuni ochiq kodli dasturiy ta'minotdan foydalanasiz
Foydalanilgan iboralar: Ochiq kodli dasturiy taminot, yopiq kodli dasturiy taminot
Ishdan maqsad: ochiq kodli dasturlardan foydalanishning yurtimiz misolida ko’rib chiqish , bepul va ochiq kodli dasturiy ta’minot va xususiy ya’ni bepul bo’lmagan, yopiq kodli dasturiy ta’minot, dasturiy taminotlardan foydalanishning huquqiy asoslari, ishlab chiquvchilarning huquqiy ustuvorligi, ochiq va yopiq manbali dasturiy taminotni taqqoslash va misollarda ko’rib chiqish
O’zbekiston taraqqiyoti uchun Ochiq Kodli Dasturiy Ta’minotning ahamiyati.
O’zbekistonda Ochiq Kodli Dasturiy Ta’minotni tatbiq qilish, potensialni rivojlanishiga olib kelishi mumkin, shu jumladan, dasturiy ta’minotni ishlab chiqishda ham va istiqbolli ilmiy tadqiqotlarni o’tkazishda ham. OKDTdan foydalanishning yana bir muhim natijalaridan biri, pul oqimlarini milliy bozor tomonga qarab qayta taqsimlanishidir. Shunday qilib, OKDT qayerda undan foydalanilayotgan bo’lsa, axborot texnologiyalarini ichki bozorini rivojlantirishga yordam beradi. Ko’p mamlakatlar uchun AKTni rivojlanishiga asosiy to’siq yopiq tijorat, dasturiy ta’minot uchun yuqori litsenzion to’lovlardir. Yaqin kelajakda bu masala O’zbekiston uchun ham mamlakatni mualliflik huquqini himoya qilishning Bern konvensiyasiga qo’shilishi munosabati bilan, dolzarb bo’lib qoladi. Bunday yopiq tijorat, dasturiy ta’minotning asosiy qismi O’zbekistondan tashqarida ishlab chiqarilganligi sababli, u O’zbekistonga faqat import qilinadi, istiqbolda uni xarid qilish sezilarli qimmatli valyuta zaxiralarini ulushini yutib yuborishi mumkin. Shu bilan birga, bu pullar boshqa muhimroq maqsadlarga yo’naltirilishi mumkin edi. OKDTdan foydalanib O’zbekiston o’xshash maxsulotlarni import qilishni qisqartirib, mustaqil ravishda zarur bo’lgan dasturiy ta’minotni o’zi moslashtirishi va ishlab chiqarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |