O’zbekiston suv havzalaridagi baliq xo’jaligi va ularning iqtisodiy ahamiyati



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana28.06.2022
Hajmi0,77 Mb.
#716861
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Normurodova D pdf (1)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


23 
2.2. Suv havzalarida uchraydigan va ko’paytiriladigan baliqlarning iqtisodiy 
ahamiyati 
Baliqlarniig iqtisodiy ahamiyati. Hozirgi vaqtda inson baliqlardan 40% gacha 
hayvon oqsilini olmoqda. Ular asosan qimmatbaho oziqa mahsuloti uchun ovlanadi. 
Baliqlardan oziq-ovqat mahsulotlaridan tashqari vitamin, baliq yogi va boshqa 
maxsulotlar olinadi. 
Ovlanadigan baliqlarning 90% ga yaqini dengiz va okeanlardan tutiladi. Тinch 
okeanidan 40%, Atlantika okeanidan 45%, Hind okeanidan 10% va Shimoliy muz 
okeanidan 5% baliq tutiladi. 
Rossiya baliqchilik sanoati yuqori taraqqiy etgan mamlakat hisoblanadi. 
MDHning suv havzalarida 1000 tur baliq yashasa, shundan 150 turi ovlanadi. Bizda 
eng muhim ovlanadigan baliqlar — seldlar, zogora baliqlar, treskalar, lososlar, 
osetrlar, sudak va hamsadir. Hozirgi vaqtda Rossiyada faol ov, ya’ni yil bo’yi tutish 
keng rivojlangan. Buning natijasida baliqchilik korxonalariga baliq uzluksiz kelib 
turadi. 
Ovlanadigan baliqlarni tabiiy sharoitda saqlash va ularning sonini 
ko’paytirish uchun davlatimiz bir qancha choralarni ko’rmoqda: 
1. Baliqlarning ko’payish joylarini ximioya qilish. 
2. Suv havzalarini ortiqcha loy va suv o’simliklaridan tozalab turish. 
3. Daryo, ko’l va hovuzlarni sanoat korxonalaridan chiqqan zaharli oqova suvlardan, 
neft quyilishidan qo’riqlash. 
4. Qimmatbaho baliqlarni iqlimlashtirish. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 avgustdagi 
«Baliqchilik tarmogida monopoliyadan chiqarish va xususiylashtirishni 
chuqurlashtirish chora-tadbirlari to’grisida» gi № 350 va 2004 yil 28 oktabrdagi 
«Biologik resurslardan oqilona foydalanish va ularni O’zbekiston Respublikasidan 
olib chiqish hamda olib kirish ustidan nazoratni kuchaytirish to’g`risida»gi № 508 
sonli qarorlari O’zbekistonda baliqchilikni rivojlantirishga qaratilgan asosiy chora-
tadbirlarining biridir. 


24 
Oxirgi yillarda O’zbekistonning suv havzalarida Amur daryosidan amur 
xumboshi, oq amur baliqlari iqlimlashtirildi. Hozirgi vaqtda O’zbekistonda bir 
qancha baliqchilik xo’jaliklarida zogora baliq, laqqa baliq, kumushtovon, sharq 
oqchasi, okhayroq (jyerex), qizilko’z (plotva), ilonbosh, sla (sudak), cho’rtan baliq 
va boshqalar ovlaniladi. 
O’zbekiston “Qizil kitobi” ga respublikamiz suv havzalarida uchraydigan 84 
tur (kenja tur) dan 18 tur mahalliy bakiqlarimiz kiritilgan. Ular togrisidagi 
malumotlar 1-jadvalda o`z ifodasini topgan. Tabiiy suv havzalarini baliqlantirish 
me’yorlari belgilandi. Tabiiy suv havzalarida baliq yetishtirish boshlangan vaqtdan 
keyin 3 yil davomida har yili 1 gektar suv havzasi kamida 50 dona o‘simlikxo‘r 
baliqlarning chavoqlari bilan baliqlantirilishi lozim. 
Tabiiy suv havzalarining qirg‘oqlarida baliq chavoqlarini yetishtirish uchun 
chavoq hovuzlari tashkil etilishi mumkin. Bunda har bir chavoq hovuzlarining 
maydoni yarim gektardan ko‘p bo‘lmasligi lozim. 
Shuningdek, tabiiy suv havzasining tegishli hududida meliorativ ishlar Ekologiya va 
atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmalarining tegishli 
mutaxassislari ishtirokida amalga oshiriladi. Maxsus transport vositasida tabiiy suv 
havzasiga olib kelingan baliq chavoqlarini tabiiy suv havzasiga tashlashdan oldin 
maxsus transport vositasidagi suvning harorati va tabiiy suv havzasi suvining 
harorati o‘lchanishi zarur. Tabiiy suv havzasi suvining harorati maxsus transport 
vositasidagi suvning haroratidan 5 daraja farq qilgan taqdirda maxsus transport 
vositasidagi suvning harorati tabiiy suv havzasi suvining haroratiga tenglashtirilishi 
lozim. So‘nggi yillarda O‘zbekistonga xorijiy mamlakatlardan 4 xil yangi baliq turi 
- osyotr, Afrika laqqasi, losos, telyapa olib kirildi. Bugunga kelib ular O‘zbekiston 
iqlimiga moslashtirildi va juda yaxshi natijalar bermoqda.
"Yangi yo‘nalishlarimizdan biri - har qanday yangi baliq turini olib 
kirganimizdan keyin uning O‘zbekistonga moslashuvchanligi, uning biologik 
xususiyatlari, qolaversa uning qay darajada urchishi, uning parametrlari, 
hosildorligini o‘rganish eng katta vazifa hisoblanadi. Bu yo‘nalish bo‘yicha ilmiy 
izlanishlarni olib kiradigan bo‘limlar bo‘lib berildi, ya'ni bu sovuq suv baliqlari 


25 
bo‘ladigan bo‘lsa, forel, losos, laqqa baliqlari, miksus kabi baliq turlari borki, bular 
faqat sovuq suvda yetishtiriladi. Mana shu baliqlar O‘zbekistonning yoz mavsumini 
qay darajada ko‘taradi, jaziramada ularni qanday boqish mumkin va saqlash 
mumkinligiga doir masalalarni hal qilish uchun ilmiy izlanishlar zarurdir. 
Ikkinchi yo‘nalish - tropik baliqlar. Hozirgi kunda ularga doir aniq vazifa 
belgilab berilgan, ya'ni O‘zbekistonning o‘ta issiq yozida tropik baliqlarni 
yetishtirish uchun qulay imkoniyatlar bor, lekin ularni qishda qanday saqlash 
mumkin? Qishda misol uchun yopiq suv aylanma tizimida saqlash, ulardan avlod 
olish va ulardan ma'lum bir miqdorda ochiq suv havzalariga chiqquniga qadar 
chavoqlarni yetkazib berish kerak. Masalan, tropik mamlakatlarda baliq bir yilda 2-
3 marta hosil beradi, chunki ularning iqlimi mo‘'tadil, sharoiti bir xil. Biroq bizning 
sharoitimizda bu mumkin emas. 

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish