"O’zbekiston ssr prezi­denti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tarkibini tasdiqlash to’g’risida"



Download 68,4 Kb.
bet1/3
Sana21.01.2022
Hajmi68,4 Kb.
#396512
  1   2   3
Bog'liq
1-mavzu amaliy.O\'z.r.s


Mavzu. O’zbekistonda huquqiy siyosiy islohotlarning amalga oshirilishi, demokratik jamiyatni shakllantirish yo’lidagi islohotlar

Reja:


1.Milliy davlat boshqaruvi tizimi. Mustaqil O‘zbekistonda hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi.

2.O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati. Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar.

3. O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki.

4.O‘zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi.

5.Mamlakatimizda yosh avlodni barkamol kilib tarbiyalash, ularning xayotga mustakil kadam kuyishlari uchun zarur sharoitlarni yaratishga karatilgan tizimli ishlar. ”Yoshlarga oid davlat siyosati tugrisida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni.

Mustaqillik yillarida davlat boshqaruv hokimiyati tubdan isloh qilindi. Avvalo, sobiq Ittifoq davrida faoliyat yuritib kelgan O’zbekiston davlat hokimiyatining ijro qiluvchi va boshqaruvchi oliy organi - Ministrlar Sovetining maqomi tub­dan o’zgartirildi. 1990- yil 24- martda O’zbekistonda prezidentlik lavozimi ta’sis etilgandan keyin hayotning o’zi ijro etuvchi hokimiyat maqomini o’zgartirishni talab qildi. 1990- yil 15- noyabrda O’zbekiston Prezidentining "O’zbekiston SSR Prezi­denti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tarkibini tasdiqlash to’g’risida" farmoni chiqdi. Unga muvofiq O’zbekiston Prezi­denti huzurida Vazirlar Mahkamasi tuzildi, Prezident uning Raisi bo’ldi. Respublikada Vitse- Prezident lavozimi ta’sis etilib, uning zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish va uning ishini uyushtirish vazifasi yuklandi. 1992- yil 4- yanvarda Vitse-Prezident lavozimi tugatildi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Bosh vaziri lavozimi ta’sis etildi. Bosh vazir zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish, uning ishini tashkil etish vazifasi yuklandi. O’zbekistonda davlat Ijroiya hokimiyatini takomillashtirishda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muhim omil bo’ldi. Konstitutsiyaning 98- moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasining tarkibi O’zbekiston Respublikasining Prezi­denti tomonidan shakllantiriladi. O’zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri nomzodi Prezident taklifiga binоаn O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining pala­talari tomonidan ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasi a’zolari tarkibiga Bosh vazir, uning o’rinbosarlari, vazirlar, davlat qo’mitalari raislari va Qoraqalpog’iston Respub­likasi Vazirlar Kengashining raisi kiradi. Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasining hukumati bo’lib, Ijro etuvchi hokimiyatdir. Uning vazifalari:. davlat budjetini ishlab chiqadi va Oliy Majlisga taqdim etadi hamda uning bajarilishini ta’minlaydi; . Oliy Majlisga davlat budjetining bajarilishi haqida hisobot beradi;

-yagona moliya, kredit va рul siyosati yuritilishini ta’minlaydi;

- madaniyat, fаn, maorif, ijtimoiy ta’minot, ekologiya sohasidagi yagona davlat siyosati yuritilishini ta’minlaydi;

-mamlakatni mudofaa qilish, davlat xavfsizligi, tashqi siyo­satni amalga oshirishni ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

-qonuniylik, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’­minlash, xususiy mulk va jamoat tartibini muhofaza qilish, jino­yatchilikka qarshi kurash bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

- iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’nayiy sohalarning samarali faoliyatiga rahbarlik qiladi;

O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi;



barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi maj­buriy bo’lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
Islohotlar jarayonida Vazirlar Mahkamasining tarkibi tobora takomillashib, qisqartirib borildi. Agar 1990- yil 30- martda Respublika ijroiya hokimiyati 41 kishidan iborat etib tuzilgan bo’lsa, 1995- yil 5- mayda Vazirlar Mahkamasi 35 kishidan iborat etib tuzildi. 2000- yil 11- fevralda bo’lgan Ikkinchi chaqir­iq O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Prezident tavsiya­siga ko’ra Vazirlar Mahkamasi tarkibini 34 kishidan - Bosh vazir, Bosh vazirning birinchi o’rinbosari, 8 nafar Bosh vazir o’rinbosarlari, 15 nafar vazir va 9 nafar davlat qo’mitalari rais­laridan iborat etib tasdiqladi. 2003- yil 24-25- арrеl kunlari bo’lib o’tgan O’zbekiston Re­spublikasi Oliy Majlisining ХI sessiyasida qabul qilingan "O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o’zgartishlar" va qo’shimchalar kiritish to’g’risida"gi Qonunga muvofiq Vazirlar Mahkamasining tarkibi, uni tuzish va tasdiqlash tartibi o’zgar­tirildi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 89- moddasining "O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi" deyilgan qismi olib tashlandi. Vazirlar mahkamasi tarkibida Rais lavozimi bo’lmaydi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binоаn O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri nomzodini аvvаl Qonunchilik palatasida, so’ngra Senatda ko’rib chiqiladi va tas­diqlanadi. Vazirlar Mahkamasining boshqa a’zolari esa Bosh vazirning taqdimiga binоаn O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Вu holat mamlakatimizda amalga oshirila­yotgan demokratik jarayonlarni yanada chuqurlashtirishga ko’maklashadi. Bosh vazirning, hukumat va butun hukumat tiz­imlarining vakolatlari oshadi, mas’uliyati kuchayadi. O’zbekistonda boshqaruv tizimi tubdan isloh qilindi. Bozor iqtisodiyotiga o’tishni ta’minlovchi, bozor munosabatlarining faoliyati uchun imkon beruvchi yangi boshqaruv tuzilmasi yaratildi. Markazlashtirilgan tartibda qayta taqsimlash mexanizmidan bozor mexanizmiga, qattiq mahkamachilik va mа’muriy-buyruqbоzlikdаn huquqiy boshqaruvga, iqtisodiy оmillаr orqali o’zini-o’zi idora etishga o’tildi. Ma’muriy-buyruqbozlik, to’rachilik tizimining o’zagini tashkil etgan bir qator davlat qo’mitalari, vazirliklar, ularning ma’muriy apparatlari tugatildi. Davlat reja qo’mitasi o’rniga Makroiqtisodiyot vazirligi tuzildi. Вu vazirlik iqtisodiyotni isloh qilish qoidalari va ustuvorliklari, ularni amalga oshirish mexanizmlari asosida islohotlarni tahlil etish, baho berish, takliflar ishlab chiqish, O’zbekistonning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish istiqbollarini belgilash ishlari bilan shug’ullanmoqda. Taqsimot bo’yicha yakkahokim bo’lib olgan Davlat ta’minot qo’mitasi tugatilib, Respublika ulgurji va birja savdosi aksiyadorlik uyushmasi tuzildi. Uyushma tarkibiga respublika aksiyadorlik to­var-xomashyo birjasi, aksiyadorlik birja banki, hududiy aksiya­dorlik tijoratchi vositachi kompaniyalar kiradi. Uyushma tovar ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar va tadbirkorlar uchun tovаr resurslari bozorida erkin ishtirok etishga teng imkoniyatlar yaratish, ularga tijorat-vositachilik, savdo va marketing xizmat­lar ko’rsatish ishlari bilan shug’ullanmoqda. Davlat nаrх qo’mitasi tugatilib, Moliya vazirligi tarkibida narxlarni nazorat qilish, narxlarni belgilashda yakkahokimlikka yо’l qo’ymaslik, raqobatchilik muhitini shakllantirish ishlariga ko’maklashuvchi maxsus boshqarma tuzildi. Respublikada moliya va bank tizimi tubdan o’zgardi. Moliya vazirligi respublika budjetini shakllantirish bilan bir qatorda, davlat soliq siyosatini, moliya siyosatini belgilamoqda, valuta ish­larini boshqarmoqda. Bank tizimi isloh etildi. Davlat banki va un­ing bo’linmalari tugatildi. Markaziy bank, Tashqi iqtisodiy faoliy­at milliy banki, Ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik-tijorat banklari­ "O’zsanoatqurilishbank", "Paxtabank", "O’zjamg’armabank", "G’allabank", "Tadbirkorbank", "Savdogarbank", xususiy banklar va boshqa banklar tuzildi. Banklarning mustaqilligi va рul muomalasidagi ahvol uchun javobgarligi oshirildi. Davlat nazorati tizimi tartibga solindi. Davlat soliq qo’mitasi, Bojxona qo’mitasi tuzildi. Davlat nazorati qo’mitasi, uning joy­lardagi organlari tugatildi, Prezident devonida nazorat inspek­siyasi, hokimiyatlarda tegishli nazorat inspeksiyalari tuzildi. Davlat suverenitetini amalga oshiruvchi tuzilmalar - Tashqi ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Oliy attestatsiya komissiyasi va boshqa huku­mat organlari tashkil etildi. Islohotlarni chuqurlashtirish va muvofiqlashtirish maqsadida Prezident huzurida Iqtisodiy islohot, tadbirkorlik va chet еl investitsiyalari bo’yicha idoralararo Kengash tuzildi. Davlat mulkini boshqarish va tаdbirkоrlikni qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasi tashkil etildi. Вu qo’mita mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlarini ishlab chiqishda, ko’p ukladli iqtisodiyotni shakllantirishda muhim tadbirlarni amalga oshirdi. Qo’mita investitsiya fondlari, fond birjalari, ko’chmas mulk birjalari, auditorlik xizmatlari va boshqa bozor strukturasi tuzilmalarini tashkil etmoqda. O’zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan aloqasini yo’lga qo’yish maqsadida respublika tarixida birinchi marta Tashqi iqti­sodiy aloqalar vazirligi tuzildi, Vazirlik tovarlar va xizmatlar xalqaro bozorini tahlil qilish, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi strategiyani ishlab chiqish, eksport-import bo’yicha markazlashgan tartibda mahsulotlar yetkazib berish ishlarini tashkil etmoqda. Vazirliklar, idoralar, korxonalarda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi bo’limlar, tashkilotlar, firmalar tuzildi. Respub­likada tashqi aloqalarni ta’minlaydigan yaxlit tizim tarkib topdi.

O’zbekistonning ishlab chiqarish, transport bo’yicha tarmoq vazirliklari tugatilib, ular o’z-o’zini mablag’ bilan ta’minlaydi­gan uyushmalarga, konsernlarga, korporatsiyalarga va boshqa xo’jalik birlashmalariga aylantirildi. Avtomobil transportida, qurilishda boshqaruv tizimi qayta tuzildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirli­gi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligining strukturasi, faoliyati va ish yuritish usullari tubdan o’zgardi. Umummilliy ahamiyatga molik bo’lgan tarmoqlarda, masalan sayyohlik, transport, madaniyat, kino, televideniye va radio tizimi va boshqalarda iqtisodiy jihatdan mustaqil bo’lgan milliy kompaniyalar tashkil etildi. Shunday qilib, mustaqillik qo’lga kiritilgandan beri o’tgan qisqa tarixiy davrda huquqiy davlat, uning zamonaviy hokimiyat organlari barpo etildi, ixcham, ochiq rivojlanishga ega bo’lgan ijtimoiy-siyosiy tizim yaratildi. Mahalliy davlat hokimiyati tubdan isloh qilindi. Islohotlar O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "Маhаlliydavlat hokimiyati to’g’risida" gi qonun (1993- yil 2- sentabr), "Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar to’g’risida" gi Qonun (1994- yil 5- mаy) asosida amalga oshirildi. Konstitutsiyaning 99- moddasida viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo’ysunadigan shaharlar, shuningdek, shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo’lib, ular davlat va fuqarolarning manfaat­larini ko’zlab o’z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar, deb belgilab qo’yildi. Konstitutsiyada mahalliy hokimiyatning ikki mustaqil organga - vakillik va ijro hokimiyat organlariga bo’linishi belgilandi. "Маhаlliy davlat hokimiyati to’g’risida" gi Qonunning 1-mod­dasida "Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bо‘ysunadigan shaharlardan, shuningdek shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlaridir”, deb aniq belgilab qo’yildi. Shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarda va tumangabo’ysunuvchi shaharlarda vakillik organlari tuzilmaydi. "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to’g’risida" gi Qonunda vakillik organlariga 21 yoshga to’lgan fuqarolar saylanadi. Saylovlar ko’ppartiyaviylik, muqobillik asosida o’tadi. Xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga 60 tadan ko’p bo’lmagan, tuman va shahar Kеngashlariga esa 30 tadan ko’p bolmagаn deputatlar 5 yil muddatga saylanadi. Мustaqillik yillarida ikki marta - 1994- yil dekabrda vа 1999- yil dekabr oyida xalq dерutаtlаri viloyat, tuman, va shahar Kengashlariga ko’ppartiyaviylik, muqobillik asosida saylovlar bo’lib o’tdi, 1999- yilgi saylovda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga 6145 nafar deputat saylandi. O’zbekiston Respublikasida mahalliy ijroiya hokimiyati organi qayta tashkil etildi. Вu borada milliy davlatchilik tarixi tajribasidan ijodiy foydalanildi. Jumladan, Amir Tеmur davridagi davlatchilikka nazar tashlasak, o’sha zamonlarda viloyat­lar, shaharlar hokimlar tomonidan yakkaboshchilik asosida boshqarilganiga guvoh bo’lamiz. 1992- yil 4- yanvarda "O’zbekiston Respublikasining mаhаlliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to’g’risida" Qonun qabul qilindi. Mazkur qonunga muvofiq respublikaning hamma hududida mahalliy ijro hokimiyati organi sifatida hokim lavozimi ta’sis etildi. Hokimlar faqatgina ijro hokimiyati оrgаnlаrigаgina emas shuningdek, mahalliy vakillik organlariga ham rahbarlik qiladigan organ sifatida mustahkamlandi. Hokimning vakolat muddati 5 yil bo’lib, u tegishli hududda vakillik organiga ham, ijro hokimiyatiga ham boshchilik qiladigan mansabdor shaxs hisoblanadi. Ijro organlarida bog’liqlikni ta’minlash maqsadida, viloyat hokimlari O’zbekiston Prezidenti tomonidan, tuman va shahar hokimlari viloyat hokimi tomonidan lavozimiga tayinlanadi vа lavozimidan ozod qilinadi hamda bu masalalar tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi. Vakillik organ­lari tuzilmaydigan shahar tarkibidagi tumanlarda va tumanga bo’ysunuvchi shaharlarda ham hokimiyatlar ta’sis etildi, ulаr­ning apparati - hokimiyat tashkil etildi. Viloyat hokimlari vа Toshkent shahar hokimi O’zbekiston Prezidentining shu joy­lardagi vakili hisoblanadi. Toshkent shahar tumanlari hokimlari esa Toshkent shahar hokimining vakillari hisoblanadi. 1992- yilda Toshkent shahrida va 12 ta viloyatda, 159 ta qishloq tumani va 18 ta shahar tumanida hamda 120 ta shaharda hokimlar tayinlandi va tasdiqlandi, ularning apparati - hoki­miyatlar tuzildi. Mahalliy hokimiyat organlari vakolatiga kiradigan masalalar va vazifalar Konstitutsiyaning 100- va 101- moddalarida aniq belgilab qo’yilgan. Ular quyidagilardan iborat:

-qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash;

- hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;

- mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig’imlarni belgilash, budjetdan tashqari jam­g’armalarni hosil qilish;

-mahalliy kommunal xo’jalikka rahbarlik qilish;

- atrof-muhitni muhofaza qilish;

- fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash;

-normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va O’zbekiston Respublikasi qonun­lariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish;

-O’zbekiston Pespublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, davlat hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini amalga oshirish;

- xalq deputatlari quyi Kengashlari faoliyatiga rahbarlik qi­lish, respublika va mahalliy ahamiyatga molik masalalarni muhokama qilishda qatnashish.

Mustaqillik yillarida mahalliy hokimiyatni shakllantirish bo’yicha amalga oshirilgan islohotlar natijasida ijro hokimiyati bilаn vakillik hokimiyati bir-biridan rasman ajratildi. Hokimlar xalq deputatlari Kengashlariga bo’ysunmaydi, аmmо Kengash oldida hisob berib turadi. Shu bilan birga hokimlarni joylarda ham vakillik, ham ijro hokimiyati organlariga boshchilik qilish holati­ni vakillik organlari hokimlarga bo’ysunadi, deb tushunmaslik kerak. Vakillik organlari hokimlarga bo’ysunmaydi, vakillik orgаnlаri ishini tashkil qilishga hokimlar boshchilik qiladilar. Hokim mahalliy ahamiyatga molik barcha masalalarni fuqаrо­larning manfaatiga mos ravishda hal qilish bilаn shug’ullanadi. Shu maqsadda barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bаjarilishi majburiy bo’lgan qarorlar qabul qiladi. Hokimlar o’zlari rahbarlik qilayotgan organlarning qarorlari va faoliyati uchun shaxsan javobgardir. O’zbekistonning mustaqil taraqqiyot tarixi guvohlik beradiki, ayrim hokimlar o’z faoliyatida jiddiy xatolarga yо’l qo’ymoqdalar. O’zlariga yuklatilgan mas’uliyatli vаzifаlаrni bаjаrishni uddalay olmagan, o’z lavozimini suiiste’mol qiluvchi hokimlar ham uchrab turadi. Bunday hollarda ulаr vakolat muddatidan oldin hokimlik lavozimidan chetlashtirilmoqda. Shunday qilib, Mustaqillik yillarida markaziy, viloyat, sha­har va tumanlar darajasidagi davlat hokimiyati va boshqaruv tartiblari tubdan yangi shaklda bаrро etildi. Mahalliy davlat hokimiyatini shakllantirishda o’zbek milliy davlatchiligining tari­xiy an’analari, rivojlangan davlatlarning zamonaviy tajribalari inobatga olindi. Demokratik davlat qurilishida sud ho­kimiyatini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Sud hokimiyati demokratik davlatda uchinchi, mustaqil hokimiyat hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruv­chi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi. (O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 106- moddasi). O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va 1993- yil 2- sentabrda qabul qilingan "Sudlar to‘g’risida" gi qonun asosida sud islohotlari o’tkazildi. O’zbekiston tarixida birinchi marta O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo’mitasi tuzildi. Konstitutsiyaviy sud siyosat va huquq sohasidagi mutaxassislardan tuziladi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Sudi:

- qonunlarning, Prezident farmonlarining, hukumat va davlat hokimiyati mahalliy organlari qarorlarining, O’zbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomalarining va boshqa majburi­yatlarning O’zbekiston Pespublikasi Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi;

- Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasining O’zbe­kiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog’iston Res­publikasi qonunlarining O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiqligi to’g’risida xulosa beradi;

-O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharx beradi;

-O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilаn berilgan vakolat doirasida boshqa ishlarni ham ko’rib chiqadi.

O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi sud tizimining boshqa tarmoqlari tashkil etildi

O’zbekiston Respublikasi sud hokimiyati 2000- yil 14- deka­brda qabul qilingan yangi tahrirdagi "Sudlar to’g’risida" va 2001- yil 29- avgustda qabul qilingan "Jinoiy jazolarni liberallashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining jinoyat, jinoyat-protsessual kodekslari hamda ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish haqida" gi qonunlar asosida yanada takomillashib bormoqda. Sud ishlarida qonuniylikka amal qilishga, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining sud himoyasi huquqi bilan ta’minlanishiga, fu­qarolar huquq va erkinliklarining himoyalanishiga e’tibor tobora yaxshilanib bormoqda. Sud hokimiyati qonunning ustunligini, barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini ta’minlash yo’lida faoliyat ko’rsatmoqda. Muxtasar aytganda, O’zbekiston Respublikasida Prezident­lik-Respublika boshqaruv tizimi qaror topdi. Qonun chiqaruv­chi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari bir-biriga daxlsiz holda faoliyat yuritmoqda.

Mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar tizimida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huquqiy maqomi va faoliyatinini demokratlashtirish, uning mas’uliyati va mustaqilligini kuchaytirish markaziy o‘rin egallaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida belgilangan muhim konstitutsiyaviy prinsip – hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi.

Mazkur prinsip mustaqil, samarali va mas’uliyatli ijro etuvchi hokimiyat faoliyatini nazarda tutadi. Shu nuqtai nazaridan ushbu prinsipni to‘laqonli ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20-bobi bevosita Vazirlar Mahkamasiga bag‘ishlandi. Ta’kidlash lozimki, ushbu bob 25 yil mustaqil taraqqiyot yo‘lida izchil takomillashtirib borildi. Xususan, 1993-2017 yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 9 marotaba (1993, 2003, 2007, 2008, 2011 yilda 2 marotaba, 2014, va 2017 yilda 2 marotaba) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan bo‘lsa, ulardan 4 tasi aynan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga ham qaratilgan edi. Xususan, Konstitutsiyaning Vazirlar Mahkamasi faoliyati va huquqiy maqomiga bag‘ishlangan 98-moddasi uch marotaba – 2003, 2011 va 2014 yillarda yangi tahrirda bayon etilganligi ham konstitutsiyaviy islohotlar tizimida Vazirlar Mahkamasining naqadar ko‘p marotaba modernizatsiya qilinganligidan dalolat beradi.

Qisqacha qilib aytganda, Konstitutsiyaning Vazirlar Mahkamasiga bag‘ishlangan 98-moddasining 1992 yilgi tahriri 6 qismdan iborat bo‘lib, unda Vazirlar Mahkamasi faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarlik qilishi ruhi sezilib turardi. 2003 yildagi yangi tahririda ushbu 6 qism jiddiy o‘zgarishlarsiz saqlab qolindi, shu bilan birga yangi 4 ta qism bilan to‘ldirildi (jami 9 ta qism, 1993 yilgi tahrirdagi ayrim qismlar birlashgan). 2003 yilda 98-moddada ilk marotaba Bosh vazirning roli mustahkamlanib, u konstitutsiyaviy-huquqiy maqomga ega bo‘ldi. 98-moddaning 2003 yilgi yangi tahriri Vazirlar Mahkamasining huquqiy maqomini (ijro hokimiyatini amalga oshirishi, tarkibiga kimlar kirishi belgilandi), Bosh vazirning huquqiy maqomini (Bosh vazir nomzodi Prezident taqdimiga binoan Oliy Majlis palatalari tomonidan ko‘rib chiqilishi va tasdiqlanishi) va vakolatlarini (Vazirlar Mahkamasining a’zolarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tasdiqlash uchun taqdim etish; Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etishi va unga rahbarlik qilishi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo‘lishi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qilishi, uning qarorlarini imzolashi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga binoan xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko‘rishi) belgilab berdi, shuningdek, eng muhimi Bosh vazir va Prezident o‘rtasida ijro hokimiyatini amalga oshirishdagi vakolatlar taqsimotini (Prezident Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga, Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishga, shuningdek Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini,O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri farmoyishlarini bekor qilishga haqli ekanligi) mustahamladi.

Konstitutsiya 98-moddasining 2011 yildagi yangi tahriri esa, 15 qismdan (7 ta yangi qismlar kiritildi) iborat bo‘lib, Vazirlar Mahkamasi huquqiy holatini sezilarli darajada o‘zgartirdi. 98-moddaning 2011 yildagi yangi tahririning eng muhim va asosiy, davlat boshqaruvini demokratlashtirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilgan quyidagi ikkita yangiligini qayd etish lozim: birinchidan, ilgari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko‘rib chiqilar va tasdiqlanar edi. 2011 yilda esa, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko‘rsatish tartibi butunlay demokratik mazmun kasb etdi, endilikda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etiladigan bo‘ldi. Ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish vakolati hamda uni amalga oshirish tartib-taomillari konstitutsiya darajasida mustahkamlab qo‘yildi.

Nihoyat Konstitutsiyamizning 98-moddasi 2014 yilda ham yangi tahrirda bayon etildi. Endilikda 98-modda 9 qismdan iborat bo‘lgan maqbul ko‘rinishga keldi. 98-moddaning 2014 yildagi yangi tahriri 6 ta yangi qoidani belgilab berdi.

Birinchi. Vazirlar Mahkamasi vakolatlari tizimlashtirildi va aniqlashtirildi, uning 6 ta vakolati bandlarda aniq-ravshan etib ifodalandi. Muqaddam 98-moddaning 2011 yilgi tahririda uning atigi 2 ta vakolati aniq ko‘rsatilgan bo‘lsa, endilikda ularning soni 6 taga yetdi. Xususan, Vazirlar Mahkamasi ilgari faqatgina iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlik qilishi belgilangan bo‘lsa endilikda ushbu sohalar moliyaviy, pul-kredit siyosati yuritilishi, fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlashni hamda iqtisodiyotning va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi uchun javobgar bo‘lishi bilan to‘ldirildi. Shuningdek, fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari ishini muvofiqlashtirish va yo‘naltirish, ularning faoliyati ustidan qonunda belgilangan tartibda nazoratni ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har yili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan ma’ruzalar taqdim etish kabi yangi vakolat va vazifalar belgilandi.

Ikkinchi. Vazirlar Mahkamasi ilgari “amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq” qaror va farmoyishlar chiqargan bo‘lsa, endilikda ushbu vakolat “konstitutsiyaviy normalar doirasida va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq” amalga oshirilishi belgilandi.

Uchinchi. Vazirlar Mahkamasi ilgari o‘z faoliyatida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi” oldida javobgar bo‘lgan bo‘lsa, endilikda ustuvorlik o‘zgarib, javobgarlik dastlab O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va undan keyin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida etib belgilandi.

To‘rtinchi. Ilgari amaldagi Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilgach, Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi shakllantirilguniga qadar hukumat qanday faoliyat yuritishi masalasi ochiq qolgan edi. Endilikda ushbu muammo hal etildi – amaldagi Vazirlar Mahkamasi uning yangi tarkibi shakllantirilguniga qadar mamlakat Prezidentining qaroriga muvofiq o‘z faoliyatini davom ettirib turishi belgilandi.

Beshinchi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri vazifalari tizimlashtirilib, uning 4 ta asosiy vazifasi belgilab berildi. Ilgari Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga binoan xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko‘rgan bo‘lsa, endilikda ushbu vakolatni amalga oshirish uchun “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘i” shart bo‘lmaydi, ya’ni Bosh vazirning mustaqilligi mustahkamlanib, u ushbu vakolatni mustaqil amalga oshirishi ko‘zda tutildi.

Oltinchi. Bosh vazir lavozimiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida uning nomzodi ko‘rib chiqilayotganda va tasdiqlanayotganda Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturini taqdim etishi tartibi joriy etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasi, unda belgilangan ijro hokimiyatini tashkil etishning demokratik prinsip va qoidalari amaldagi qonun hujjatlarida mustahkamlangan va sezilarli darajada boyitilgan. Xususan, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonuni 2003 yil 29 avgustda yangi tahrirda qabul qilingan bo‘lsa, 2003 yildan 2017 yilga qadar ushbu Qonunga jami 9 marotaba o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi (2007, 2008, 2009, 2011, 2014 va 2015 yillarda – 2 martadan hamda 2016 yil). Bularning barchasi o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyati mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan qoida va prinsiplar asosida izchil takomillashib kelayotganligidan dalolat bermoqda.

Qolaversa, Konstitutsiyaning 98-moddasida belgilangan Vazirlar Mahkamasining vakolatlari tarmoq qonun hujjatlarida rivojlantirilgan. Xususan, amaldagi qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ijtimoiy-iqtisodiy sohada juda keng doiradagi vakolatlar berilgan. Xususan, Qonun hujjatlari tahlili ularning deyarli barchasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli sohadagi vakolatlariga alohida modda bag‘ishlanganligini ko‘rsatmoqda. Masalan, 2016 yil 4 yanvarda yangi tahrirda qabul qilingan “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda Vazirlar Mahkamasining 4 ta vakolati (5-modda), 2016 yil 14 sentyabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunda 7 ta vakolati (7-modda), 2016 yil 19 sentyabrda yangi tahrirda qabul qilingan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunda 4 ta vakolati (9-modda), 2016 yil 21 sentyabrda yangi tahrirda qabul qilingan “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunda 4 ta vakolati (9-modda), 2016 yil 22 sentyabrda yangi tahrirda qabul qilingan “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunda 8 ta vakolati (7-modda) belgilab qo‘yilgan.

Muxtasar qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hokimiyatlar bo‘linishi prinsipiga asoslangan holda ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshirib, mamlakatimizda iqtisodiy va ijtimoiy sohada samaradorlikni ta’minlash bo‘yicha huquqiy maqomini belgilab berdi hamda mamlakatimizda ijro hokimiyati tizimini izchil isloh etish va yanada demokratlashtirish va modernizatsiya etishda mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Ko’ppartiyaviylik zamonaviy demokratik jamiyatlar siyosiy hayotini tashkil qilishning asosiy konstitusiyaviy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Aynan ko’ppartiyaviylik tufayli demokratiyaning siyosiy plyuralizm, qonun ustuvorligi, imkoniyatlar tengligi kabi asoskor tamoyillarini o’zida mujassam etgan siyosiy partiyalar va ularning vakillari o’rtasida doimiy muloqot ta’minlanadi.

Mamlakat siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirishda, fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy faolligini kuchaytirish va insonning o’z qobiliyatini to’la ro’yobga chiqarishi uchun tegishli shart-sharoit yaratishda, odamlarning o’z xohish-irodasini erkin ifoda etish, o’z manfaatlarini ro’yobga chiqarish va himoya qilish huquqini rivojlantirish va amalda namoyon qilishda, jamiyatimizda mavjud bo’lgan turli manfaatlarini ro’yobga chiqarish va himoya qilish huquqini rivojlantirish va amalda namoyon qilishda, jamiyatimizda mavjud bo’lgan turli manfaatlar, qarama-qarshi kuchlar va harakatlar o’rtasidagi muvozanatni ta’minlaydigan samarali mexanizmni shakllantirishda ko’ppartiyaviylik tizimi muhim rol o’ynaydi.

Ko’ppartiyaviylik tizimini yanada mustahkamlash va partiyalararo raqobatni rivojlantirish uchun partiya o’z elektoratiga ega bo’lmog’i, “davlat va jamiyat qurilishining asosiy masalalari, mamlakatda yuritilayotgan ichki va tashqi siyosat bo’yicha aniq-ravshan pozisiyasi bilan, saylovda mazkur partiya uchun ovoz beradigan odamlar manfaatlarini qat’iy himoya qilishga qodirligi bilan saylovchilar o’rtasida obro” qozonmog’i eng muhim shartlardan hisoblanadi.

Partiya” so’zi lotincha “part” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “ish”, “Shuningdek, mamlakatimiz birinchi Prezidenti Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 21 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida ta’kidlanganidek, “ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy taraqqiyotning aniq ustuvor yo’nalishlarini belgilab olishda siyosiy partiyalarning rolini keskin kuchaytirish, mamlakatimizni isloh etish va modernizasiya qilish bo’yicha strategik vazifalarni hal etishda ularning ishtirokini kengaytirish” izchil amalga oshirilayotgandemokratik yangilanishlarning muhim omili hisoblanadi.Zamonaviy siyosatshunoslikda siyosiy partiyaning o’ziga xosligini ifodalovchi quyidagi bir qator jihatlari ajratib ko’rsatiladi:

- har qanday partiya aholi guruhlari va aniq ijtimoiy qatlamning manfaat va intilishlarini ifoda etuvchi mafkura egasi va uning targ’ibotchisi hisoblanadi;
- siyosiy partiya – kishilarning tartibli va davomli birlashuvini ta’minlovchi respublika, viloyat, tuman va shahar darajasida faoliyat yurituvchi tashkilotdir;

siyosiy partiyaning maqsadi – o’zining elektorati manfaatlarini ifodalovchi dasturiy maqsadlarini ilgari surish imkoniyatiga ega bo’lish uchun davlat hokimiyati vakillik organlarida ko’pchilik o’rinni egallash hisoblanadi;

- har bir siyosiy partiya o’zining xayrixohlari safini kengaytirishga harakat qiladi, ya’ni saylovlar davrida imkon qadar ko’proq saylovchilarni o’z tomoniga og’dirish bo’yicha ish olib borsa, saylovlar oralig’ida esa partiyaga tarafdorlarni jalb qilish hamda ularning tarkibidan partiya a’zolari va faollarini tanlash hamda tayyorlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi

ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifodalovchi, ularning eng faol vakillarini birlashtiruvchi siyosiy tashkilotlar. Siyosiy partiyalar jamiyat siyosiy tizimining muxim qismi, ular davlatning siyosiy yoʻnalishini belgilashda ishtirok etadi, hukumatning vakillik va ijro etuvchi muassasalarini shakllantiradi. Dastlabki Siyosiy partiyalar 17—18-asrlar inqiloblari davrida paydo boʻla boshlagan boʻlsada, Siyosiy partiyalarga oʻxshash jamoa, tashkilotlar qadimdan mavjud edi. Afina geteriyalari, Rim optimat va populyarlari antik davrda Siyosiy partiyalar vazifasini bajargan. Sp.ning universal shakli asosan, qarindoshlik aloqalari bilan boglangan kishilar guruhi va maxfiy tashkilotlar boʻlgan (Yorklar va Lankasterlar — oʻrta asrlar Angliyasida; Ali tarafdorlari — oʻrta asrlarda Arabistonda). Osiyo davlatlarida hozirgi kunda ham qarindoshlik va yurtdoshlik tamoyillarining Sp.ning shakllanishi va faoliyat koʻrsatishida ahamiyati katta.



Markaziy Osiyoda Sp. tuzish uchun tarixiy-ijtimoiy vaziyat 19-asrning oxiri — 20-asrning boshlarida yuzaga kela boshladi. Jadidlar va maʼrifatparvarlarning xalq orasida maʼrifatni yoyib, uning siyosiy faolligini oshirish, ommani chor Rossiyasi tarkibida muxtoriyatga erishishga daʼvat qilish, oʻlkada mustaqil milliy davlat yaratish masalasini oʻrtaga qoʻyish borasidagi harakatlari shundan dalolat berardi (qarang Jadidchilik). Lekin ularning intilishlariga chor hokimiyati va mahalliy hukmdorlar boshdan qarshilik qildi. Oqibatda, mintaqada 1917-yilgacha boʻlgan davrda siyosiy, nazariy va tashkiliy jihatdan yetuk siyosiy partiyalar shakllanib ulgurmadi. Okt. toʻntarishi arafasida va undan keyin oʻzini namoyon eta boshlagan siyosiy tashkilotlar va ularning rahbarlari qatagʻonga uchradi, badargʻa va surgun qilindi (qarang "Milliy ittihod", Yosh buxoroliklar, Yosh xivaliklar). Shoʻrolar davrida esa hukmron kommunistik partiyadan boshqa bironbir partiyani tuzish taqiqlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqil boʻlganidan soʻng siyosiy partiyalarning shakllanishi va faoliyat olib borishiga imkoniyat yaratildi. Mamlakatda hozirgi paytda 5 ta siyosiy partiya (Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi, Oʻzbekiston "Adolat" sotsialdemokratik partiyasi, Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi) mavjud. Bu Siyosiy partiyalar oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (1992-yil 8 dek.), Oʻzbekiston Respublikasining "Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida"gi qonuni (1996-yil 26 dek.), boshqa qonun hujjatlari, shuningdek, oʻz ustavi asosida amalga oshiradi. Siyosiy partiyalar tashkil etish huquqi Konstitutsiyaning 34moddasida mustahkamlangan. Konunga koʻra, Sp. fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirish maqsadida, xohishirodani erkin bildirish, partiyaga ixtiyoriy ravishda kirish va undan chiqish, aʼzolarining teng huqukliligi, oʻzini oʻzi boshqarish, qonuniylik va oshkoralik asosida tuziladi va faoliyat koʻrsatadi. Lekin konstitutsiyaviy tuzumni zoʻrlik bilan oʻzgartirishni maqsad qilib qoʻyuvchi; Oʻzbekiston Respublikasi suvereniteta, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy hukuq va erkinliklariga qarshi chiquvchi; urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targʻib qiluvchi; xalqning sogʻligʻi va maʼnaviyatiga tajovuz qiluvchi; milliy va diniy ruhdagi partiyalarni tuzish va ularning faoliyat koʻrsatishi taqiqlanadi. Siyosiy partiyalar toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni boʻyicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda xizmat qiluvchi shaxslar (sudyalar, prokurorlar va prokuratura tergovchilari); ichki ishlar organlari, milliy xavfsizlik xizmati xodimlari, harbiy xizmatchilar, xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Siyosiy partiyalarga aʼzo boʻla olmaydilar. Siyosiy partiyalarga aʼzolik faqat yakka tartibda qayd etiladi. Bir partiyaningaʼzosi ayni vaqtda 2partiyaga aʼzolikka qabul qilinmaydi. Siyosiy partiyalarni tuzish uchun kamida 8 ta hududiy subʼyektda (viloyatda), shu jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahrida yashayotgan hamda partiyaga birlashish istagida boʻlgan kamida 20 ming fuqaroning imzosi boʻlishi talab etiladi. Siyosiy partiyalar saylab koʻyiladigan davlat organlaridagi oʻz vakillari orqali tegishli qarorlarni tayyorlashda, qonunda belgilab qoʻyilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etadi. Oʻz partiyalarining siyesatini uyushqoklik bilan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida Siyosiy partiyalarning fraksiyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarida partiya guruhlari tuziladi. "Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida"gi qonunda Siyosiy partiyalar faoliyatining kafolatlari, ularni tuzish, roʻyxatga olish, partiyalar mulki, ular faoliyatini toʻxtatish tartibi va boshqa masalalar toʻliq koʻrsatib berilgan.

Nodavlat notijorat tashkilotlari dastlab jamiyatni o’zini o’zi boshqarishi va uni mustaqil ijtimoiy birlik sifatida yashashini ta'minlash ehtiyojlari va manfaatlari asosida paydo bo’ldi. XX asrning o’rtalariga kelib esa nodavlat va notijorat tashkilotlar demokratik jamiyatning muhim va asosiy institutlaridan biriga aylandi. Shunga ko’ra, nodavlat notijorat tashkilotlar mazmun va mohiyatini chuqur anglash, ularning demokratik fuqarolik jamiyatining muhim va asosiy institutlaridan biri ekanligi to’g’risidagi tushunchalarni o’rganishga ehtiyoj sezilmoqda. Shuningdek, demokratik jamiyat tushunchasi to’g’risidagi tasavvurlar nodavlat notijorat tashkilotlarni chuqur idrok etishga imkoniyatlar beradi.

Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning IX sessiyasi (2002 yil 29-30 avgust) mamlakatda fuqarolik jamiyati qurishni avj oldirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Sessiyada mamlakat Prezidenti I.A.Karimov «O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari»ga doir ma'ruzasi bilan so’zga chiqdi. o’z nutqi bilan prezidentimiz adolatli demokratik jamiyat qurishning kontseptual nazariy asoslarini yanada boyitdi. Xususan, Prezident I.A.Karimovning mamlakatda fuqarolik jamiyati barpo etishning asosiy yo’nalishlari va maqsadlarini belgilab berdi: «Beshinchi ustuvor yo’nalish fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim sharti bo’lib, bu jamiyat hayotida nodavlat va jamoat tashkilotlarining o’rni va ahamiyatini keskin kuchaytirishdan iborat. Yoki boshqacha qilib aytganda, bu - «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» degan tamoyilni amalda hayotga joriy etish demakdir. Hammamizga ayonki, bu yo’nalish ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan bog’liq ko’p masalalarni hal qilishda davlat tuzilmalarining rolini kamaytirish va bu vazifalarni bosqichma-bosqich jamoat tashkilotlariga o’tkaza borishni taqozo etadi. Buning uchun, avvalambor, davlatning iqtisodiy sohaga, xo’jalik yurituvchi tuzilmalar, birinchi galda, xususiy sektor faoliyatiga aralashuvini cheklash lozim»( 1Karimov I.A. O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuєurlashtirish va fuєarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari.. «Xalq so’zi», 2002, 30 avgust.).

Ma'lumki, zamonaviy mamlakatlarda hukumat alohida olingan fuqarolarga nisbatan ular a'zo bo’lgan ijtimoiy guruhlar vositasida ta'sir ko’rsatadi. Ijtimoiy guruhlarni birlashishga, harakat qilishga undovchi kuch, bu ularning manfaatlaridir. Manfaatlar alohida ijtimoiy guruhlarning manfaatlari sifatida shakllangan bo’lsa-da, bu guruhlarning a'zolari faqat mazkur bir guruhning emas, balki bir vaqtning o’zida boshqa ijtimoiy guruhlarning ham a'zosi bo’lishi mumkin. Buning sababi shuki, har bir ijtimoiy qatlamning o’zi bir necha kichik guruhlarga bo’linib, ular bir-biridan malakasi, qanday mashg’ulot bilan bandligi va boshqa ijtimoiy belgilari bilan farqlanadi. Har bir guruh a'zosi ish joyida birinchi, bo’sh vaqtida ikkinchi guruhning a'zosi bo’lishi mumkin.

Fuqarolarning ma'lum ijtimoiy guruhga mansubligidan kelib chiqib, nodavlat va notijorat tashkilotlarga uyushishi natijasida manfaatlar uyg’unlashuvi ro’y beradi. Qaysi shaxsning qanday ijtimoiy guruhga a'zoligi, uning manfaatlaridan qay biri ustuvor va barqaror ahamiyatga ega ekanligidan kelib chiqib, u o’zi uchun muhimroq bo’lgan ijtimoiy guruhga a'zo bo’ladi. Ana shunday ahamiyatli guruhlar ta'siri ijtimoiy tuzulmalar irodasini ifodalaydi. Bunday guruhlar manfaatlarini hukumat doimo e'tiborga olishi lozim.

Institutlashgan ijtimoiy guruhlar shaklini olgan manfaatlar guruhlari turli mamlakatlarda ularning tarixiy tajriba va an'analaridan kelib chiqib, turlicha nomlanadi. Masalan, AQShda manfaatlar guruhlari fuqarolik institutlari, volontyorlar tashkilotlari, umumiy manfaatlar guruhlari, bosim o’tkazish guruhlari deb atalsa, G’arbda nodavlat notijorat tashkilotlari, xayriya tashkilotlari, jamg’armalar kabi nomlar bilan ataladi. G’arb sotsiologiyasida esa bu tashkilotlar manfaatlar guruhlari nomi bilan keng tarqaldi. O’zbekistonda esa mustaqillikning ilk davridan boshlab bu tashkilotlar jamoat tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ijtimoiy tashkilotlar nomi bilan keng ommalashdi.

Rivojlangan mamlakatlarda ishchilar, dehqonlar, fermerlar, ishbilarmonlar, turli kasbiy u?shmalar, birlashmalar (diniy, xotin-qizlar, yoshlar, faxriylar) kabi yuz minglab jamoat tashkilotlari bo’lib, ular o’zlariga a'zo bo’lgan fuqarolarning manfaatlari va ehtiyojlarini qondirishning o’ziga xos zaruriy faoliyat ko’rsatish maydonidir. Ijtimoiy fanlarning so’nggi natijalariga muvofiq, manfaatlar guruhlari, bu - unga a'zo bo’lgan kishilarning manfaatlarini boshqa guruhlar va siyosiy institutlarning o’zaro munosabatlarida, shuningdek, o’z guruhi ichida ifoda qilish uchun tuzilgan ixtiyoriy tashkilotlardir.

Nodavlat notijorat tashkilotlar jamiyatda mavjud bo’lgan barcha manfaatlarni qamrab olib, ularni ifodalagandagina, ular o’z maqsadlarini samarali bajaradilar. Jamiyatda turlicha, jumladan, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy, milliy, mafkuraviy, madaniy, ekologik, hududiy, mintaqaviy, diniy, shuningdek, yana o’nlab alohida sohalarga doir manfaatlar mavjuddir. Manfaatlar guruhlari ana shu manfaatlarning ifodachisi sifatida paydo bo’ladi va faoliyat yuritadi. Manfaatlarning guruhlar vositasida ifoda etilishi siyosiy qarorlar qabul qilish uchun yordam berishidan tashqari, ular davlat va hukumat organlari ehtiyoj sezayotgan axborotlar va boshqa ma'lumotlarni etkazib berib turishi mumkin (Qarang: Osnovo' politicheskoy nauki. Pod.red.V.P.Pugachva, Uchebnoe posobie dlya vuzov. chast 11. -Moskva: MGU,1996, s.7-8.).

Nodavlat notijorat tashkilotlar fuqarolarning ixtiyoriy birlashmalaridir. Ular siyosiy partiyalardan farq qilib, hokimiyatni egallash, lavozimlarga nomzodlar ko’rsatish bilan shug’ullanmaydilar. Lekin, ular hukumat va boshqa siyosiy tashkilotlarga ta'sir qilish uchun harakat qiladilar. Bu sohadagi faoliyat siyosiy tashkilotlar vositasisiz bo’lishi lozim. Manfaatlar guruhlarining harakat usullari siyosiy organlarni ishontirish, maslahat berish, jamoatchilik fikrini shakllantirish, siyosiy arboblarga ijtimoiy guruhlarning ehtiyojlarini etkazish, o’z manfaatlarini qondirish uchun tashkiliy tadbirlar o’tkazish bilan chegaralanadi.

Shuningdek, siyosiy partiyalar faoliyatining muhim xususiyatlarini tahlil qilish nodavlat notijorat tashkilotlar, guruhlar, turli birlashmalar, tashkilotlarning faoliyati va harakat doirasini o’rganmay turib, amalga oshmaydi. Lekin, klassik demokratik nazariyalarda siyosiy guruhlarning maqsadlari ma'lum bir siyosiy yo’lni amalga oshirish uchun hokimiyatni egallash hisoblangan bo’lsa, manfaatlar guruhlarining maqsadi siyosatga ta'sir ko’rsatishdan iboratdir, deb ifodalangan. Siyosiy partiya asosan turlicha siyosiy manfaatlar, ko’rsatmalar va yo’nalishlarga ega bo’lgan kishilarni birlashtirsa, manfaatlar guruhlari ko’proq o’z a'zolari uchun xos bo’lgan manfaatlar, asosan bir yoki bir necha muammolarni hal qilishga o’z diqqat-e'tiborini qaratadi. Nodavlat notijorat tashkilotlar samarali raqobat yo’llarini va siyosiy jarayonda ommaviy tarzda qatnashish usullarini shakllantiradi. Ular o’z manfaatlarini himoya qilgan holda davlatning u yoki bu sohadagi siyosati harakatlarini muvozanatda saqlab turish imkoniyatlariga ega bo’ladi. Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar har bir alohida fuqaro (shaxs)ga, siyosiy etakchiga ta'sir o’tkaza olish va unga siyosatda ishtirok etish imkoniyatini yaratadi.


2-savol. Nodavlat notijorat tashkilotlarning funkoiyalari turli-tumandir. Lekin, ularning asosiy funkoiyalaridan biri turli ijtimoiy guruhlar va qatlamlar manfaatlarini artikulyaoiya (Kishilarning alohida bir-birlariga o’xshash manfaatlarini guruh yoki qatlam miqyosida birlashtiradi.) qilishdir. Manfaatlar guruhlari individlardagi turli yo’nalishdagi qarashlar va fikrlarni bir tizimga keltiradi, biron bir tashkilotning bir qolipga solingan manfaatlar tizimi asosida tashkilotning harakat dasturini shakllanishiga yordam beradi. Guruhlar a'zolarining ayrim olingan manfaatlari siyosiy jarayonlarga manfaatdor guruhlar vositasida aniq, bir tizimga solingan talablar tarzida tatbiq etiladi. Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar ko’plab ayrim manfaatlarni agregaoiya qilish (munozaralar va muhokamalar yordamida turli manfaatlarni uyg’unlashtirish va ular o’rtasida ma'lum bir munosabatlar tizimini o’rnatish)ni ham amalga oshiradi. Bu jarayonda eng asosiy va muhim ahamiyat kasb etadigan, guruh a'zolarining keng qatlamlari qarashlarini ifoda eta oladigan manfaatlar tanlab olinadi va ularni amalda qondirishning zaruriy chora-tadbirlari ko’riladi.

Nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan ma'lum bir ijtimoiy guruhning turli manfaatlari bir tizimga solinib, ularni keng jamoatchilikning xohish-irodasi sifatida davlat va hukumat organlariga etkazilishi - siyosiy qarorlar qabul qilish uchun muhim ahamiyatga egadir. Qolaversa, bunda ko’plab manfaatlar guruhlari va ijtimoiy qatlamlar o’rtasida o’zaro kelishuv va muvofiqlashuv ro’y beradi.

Manfaatlar guruhlarining yana bir funkosyasi - integraoiya qilishdir (bir butunlikka birlashtirishdir). Bu - ayrim ijtimoiy guruhlar tashqarisida o’z a'zolari manfaatlari asosida faoliyat ko’rsatayotgan turli ijtimoiy guruhlar bilan boshqa bir guruh manfaatlarini yaqinlashtirish demakdir. Ana shu jarayonda turli guruhlar o’rtasida bitimlar tuzilib, ijtimoiy kelishuvlar va murosasozliklar mustahkamlanib boradi (Qirg’izboev M. Fuqarolik jamiyati: siyosiy partiyalar, siyosiy mafkuralar, siyosiy madaniyatlar. -T.: Sharq,1998,25-28-betlar.).

Manfaatlar guruhlarning yana bir funksiyasi - davlat, hukumat va partiyalarning turli darajalarda qarorlar qabul qilishi uchun axborotlar to’plash va ularni etkazib berishdan iborat. Shuningdek, manfaatlar guruhlari faoliyatida keng ishtirok etish uning a'zolari huquqiy va siyosiy madaniyatlarining shakllanishiga, demokratik jamiyat sharoitlarida jamoat ishlarida faol ishtirok etishlarini rag’batlantirishga amaliy tajriba sifatida katta yordam beradi.

Nodavlat notijorat tashkilotlar ichida faqat siyosiy partiyalargina siyosiy faoliyat bilan bevosita shug’ullanishi mumkin. Siyosiy partiyalarning davlat bilan xalq ommasi o’rtasidagi munosabatlarida turli ijtimoiy qatlam va guruhlarning siyosiy manfaatlarini va irodalarini ifodalashi muhim ahamiyat kasb etadi. Siyosiy manfaatlar deb, ijtimoiy faoliyat sub'ektlarining o’z holatini siyosiy kurash vositasida barqarorlashtirish va yaxshilashning ob'ektiv va sub'ektiv imkoniyatlarini anglashga aytiladi. Siyosiy manfaatlar sub'ektlari asosan ijtimoiy birliklar, individlar va tashkilotlardan iboratdir. Ijtimoiy birliklar sinfiy, etnik, kasbiy, hududiy, demografik, mehnat jamoasi va oilaviy xarakterlarga ega bo’ladi. Tashkilotlar esa davlat, jamoat, konfessiya, lobbi, ta'sir ko’rsatish hamda manfaatlar guruhlari va ijtimoiy harakatlar shakliga ega bo’ladi.

Nodavlat notijorat tashkilotlari dastlab jamiyatni o’zini o’zi boshqarishi va uni mustaqil ijtimoiy birlik sifatida yashashini ta'minlash ehtiyojlari va manfaatlari asosida paydo bo’ldi. XX asrning o’rtalariga kelib esa nodavlat va notijorat tashkilotlar demokratik jamiyatning muhim va asosiy institutlaridan biriga aylandi. Shunga ko’ra, nodavlat notijorat tashkilotlar mazmun va mohiyatini chuqur anglash, ularning demokratik fuqarolik jamiyatining muhim va asosiy institutlaridan biri ekanligi to’g’risidagi tushunchalarni o’rganishga ehtiyoj sezilmoqda. Shuningdek, demokratik jamiyat tushunchasi to’g’risidagi tasavvurlar nodavlat notijorat tashkilotlarni chuqur idrok etishga imkoniyatlar beradi.

Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning IX sessiyasi (2002 yil 29-30 avgust) mamlakatda fuqarolik jamiyati qurishni avj oldirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Sessiyada mamlakat Prezidenti I.A.Karimov «O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari»ga doir ma'ruzasi bilan so’zga chiqdi. o’z nutqi bilan prezidentimiz adolatli demokratik jamiyat qurishning kontseptual nazariy asoslarini yanada boyitdi. Xususan, Prezident I.A.Karimovning mamlakatda fuqarolik jamiyati barpo etishning asosiy yo’nalishlari va maqsadlarini belgilab berdi: «Beshinchi ustuvor yo’nalish fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim sharti bo’lib, bu jamiyat hayotida nodavlat va jamoat tashkilotlarining o’rni va ahamiyatini keskin kuchaytirishdan iborat. Yoki boshqacha qilib aytganda, bu - «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» degan tamoyilni amalda hayotga joriy etish demakdir. Hammamizga ayonki, bu yo’nalish ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan bog’liq ko’p masalalarni hal qilishda davlat tuzilmalarining rolini kamaytirish va bu vazifalarni bosqichma-bosqich jamoat tashkilotlariga o’tkaza borishni taqozo etadi. Buning uchun, avvalambor, davlatning iqtisodiy sohaga, xo’jalik yurituvchi tuzilmalar, birinchi galda, xususiy sektor faoliyatiga aralashuvini cheklash lozim»( 1Karimov I.A. O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuєurlashtirish va fuєarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari.. «Xalq so’zi», 2002, 30 avgust.).

Ma'lumki, zamonaviy mamlakatlarda hukumat alohida olingan fuqarolarga nisbatan ular a'zo bo’lgan ijtimoiy guruhlar vositasida ta'sir ko’rsatadi. Ijtimoiy guruhlarni birlashishga, harakat qilishga undovchi kuch, bu ularning manfaatlaridir. Manfaatlar alohida ijtimoiy guruhlarning manfaatlari sifatida shakllangan bo’lsa-da, bu guruhlarning a'zolari faqat mazkur bir guruhning emas, balki bir vaqtning o’zida boshqa ijtimoiy guruhlarning ham a'zosi bo’lishi mumkin. Buning sababi shuki, har bir ijtimoiy qatlamning o’zi bir necha kichik guruhlarga bo’linib, ular bir-biridan malakasi, qanday mashg’ulot bilan bandligi va boshqa ijtimoiy belgilari bilan farqlanadi. Har bir guruh a'zosi ish joyida birinchi, bo’sh vaqtida ikkinchi guruhning a'zosi bo’lishi mumkin.

Fuqarolarning ma'lum ijtimoiy guruhga mansubligidan kelib chiqib, nodavlat va notijorat tashkilotlarga uyushishi natijasida manfaatlar uyg’unlashuvi ro’y beradi. Qaysi shaxsning qanday ijtimoiy guruhga a'zoligi, uning manfaatlaridan qay biri ustuvor va barqaror ahamiyatga ega ekanligidan kelib chiqib, u o’zi uchun muhimroq bo’lgan ijtimoiy guruhga a'zo bo’ladi. Ana shunday ahamiyatli guruhlar ta'siri ijtimoiy tuzulmalar irodasini ifodalaydi. Bunday guruhlar manfaatlarini hukumat doimo e'tiborga olishi lozim.

Institutlashgan ijtimoiy guruhlar shaklini olgan manfaatlar guruhlari turli mamlakatlarda ularning tarixiy tajriba va an'analaridan kelib chiqib, turlicha nomlanadi. Masalan, AQShda manfaatlar guruhlari fuqarolik institutlari, volontyorlar tashkilotlari, umumiy manfaatlar guruhlari, bosim o’tkazish guruhlari deb atalsa, G’arbda nodavlat notijorat tashkilotlari, xayriya tashkilotlari, jamg’armalar kabi nomlar bilan ataladi. G’arb sotsiologiyasida esa bu tashkilotlar manfaatlar guruhlari nomi bilan keng tarqaldi. O’zbekistonda esa mustaqillikning ilk davridan boshlab bu tashkilotlar jamoat tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ijtimoiy tashkilotlar nomi bilan keng ommalashdi.

Rivojlangan mamlakatlarda ishchilar, dehqonlar, fermerlar, ishbilarmonlar, turli kasbiy uyshmalar, birlashmalar (diniy, xotin-qizlar, yoshlar, faxriylar) kabi yuz minglab jamoat tashkilotlari bo’lib, ular o’zlariga a'zo bo’lgan fuqarolarning manfaatlari va ehtiyojlarini qondirishning o’ziga xos zaruriy faoliyat ko’rsatish maydonidir. Ijtimoiy fanlarning so’nggi natijalariga muvofiq, manfaatlar guruhlari, bu - unga a'zo bo’lgan kishilarning manfaatlarini boshqa guruhlar va siyosiy institutlarning o’zaro munosabatlarida, shuningdek, o’z guruhi ichida ifoda qilish uchun tuzilgan ixtiyoriy tashkilotlardir.

Nodavlat notijorat tashkilotlar jamiyatda mavjud bo’lgan barcha manfaatlarni qamrab olib, ularni ifodalagandagina, ular o’z maqsadlarini samarali bajaradilar. Jamiyatda turlicha, jumladan, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy, milliy, mafkuraviy, madaniy, ekologik, hududiy, mintaqaviy, diniy, shuningdek, yana o’nlab alohida sohalarga doir manfaatlar mavjuddir. Manfaatlar guruhlari ana shu manfaatlarning ifodachisi sifatida paydo bo’ladi va faoliyat yuritadi. Manfaatlarning guruhlar vositasida ifoda etilishi siyosiy qarorlar qabul qilish uchun yordam berishidan tashqari, ular davlat va hukumat organlari ehtiyoj sezayotgan axborotlar va boshqa ma'lumotlarni etkazib berib turishi mumkin.

Nodavlat notijorat tashkilotlar fuqarolarning ixtiyoriy birlashmalaridir. Ular siyosiy partiyalardan farq qilib, hokimiyatni egallash, lavozimlarga nomzodlar ko’rsatish bilan shug’ullanmaydilar. Lekin, ular hukumat va boshqa siyosiy tashkilotlarga ta'sir qilish uchun harakat qiladilar. Bu sohadagi faoliyat siyosiy tashkilotlar vositasisiz bo’lishi lozim. Manfaatlar guruhlarining harakat usullari siyosiy organlarni ishontirish, maslahat berish, jamoatchilik fikrini shakllantirish, siyosiy arboblarga ijtimoiy guruhlarning ehtiyojlarini etkazish, o’z manfaatlarini qondirish uchun tashkiliy tadbirlar o’tkazish bilan chegaralanadi.

Shuningdek, siyosiy partiyalar faoliyatining muhim xususiyatlarini tahlil qilish nodavlat notijorat tashkilotlar, guruhlar, turli birlashmalar, tashkilotlarning faoliyati va harakat doirasini o’rganmay turib, amalga oshmaydi. Lekin, klassik demokratik nazariyalarda siyosiy guruhlarning maqsadlari ma'lum bir siyosiy yo’lni amalga oshirish uchun hokimiyatni egallash hisoblangan bo’lsa, manfaatlar guruhlarining maqsadi siyosatga ta'sir ko’rsatishdan iboratdir, deb ifodalangan. Siyosiy partiya asosan turlicha siyosiy manfaatlar, ko’rsatmalar va yo’nalishlarga ega bo’lgan kishilarni birlashtirsa, manfaatlar guruhlari ko’proq o’z a'zolari uchun xos bo’lgan manfaatlar, asosan bir yoki bir necha muammolarni hal qilishga o’z diqqat-e'tiborini qaratadi. Nodavlat notijorat tashkilotlar samarali raqobat yo’llarini va siyosiy jarayonda ommaviy tarzda qatnashish usullarini shakllantiradi. Ular o’z manfaatlarini himoya qilgan holda davlatning u yoki bu sohadagi siyosati harakatlarini muvozanatda saqlab turish imkoniyatlariga ega bo’ladi. Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar har bir alohida fuqaro (shaxs)ga, siyosiy etakchiga ta'sir o’tkaza olish va unga siyosatda ishtirok etish imkoniyatini yaratadi.


2-savol. Nodavlat notijorat tashkilotlarning funkoiyalari turli-tumandir. Lekin, ularning asosiy funkoiyalaridan biri turli ijtimoiy guruhlar va qatlamlar manfaatlarini artikulyaoiya (Kishilarning alohida bir-birlariga o’xshash manfaatlarini guruh yoki qatlam miqyosida birlashtiradi.) qilishdir. Manfaatlar guruhlari individlardagi turli yo’nalishdagi qarashlar va fikrlarni bir tizimga keltiradi, biron bir tashkilotning bir qolipga solingan manfaatlar tizimi asosida tashkilotning harakat dasturini shakllanishiga yordam beradi. Guruhlar a'zolarining ayrim olingan manfaatlari siyosiy jarayonlarga manfaatdor guruhlar vositasida aniq, bir tizimga solingan talablar tarzida tatbiq etiladi. Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar ko’plab ayrim manfaatlarni agregaoiya qilish (munozaralar va muhokamalar yordamida turli manfaatlarni uyg’unlashtirish va ular o’rtasida ma'lum bir munosabatlar tizimini o’rnatish)ni ham amalga oshiradi. Bu jarayonda eng asosiy va muhim ahamiyat kasb etadigan, guruh a'zolarining keng qatlamlari qarashlarini ifoda eta oladigan manfaatlar tanlab olinadi va ularni amalda qondirishning zaruriy chora-tadbirlari ko’riladi.

Nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan ma'lum bir ijtimoiy guruhning turli manfaatlari bir tizimga solinib, ularni keng jamoatchilikning xohish-irodasi sifatida davlat va hukumat organlariga etkazilishi - siyosiy qarorlar qabul qilish uchun muhim ahamiyatga egadir. Qolaversa, bunda ko’plab manfaatlar guruhlari va ijtimoiy qatlamlar o’rtasida o’zaro kelishuv va muvofiqlashuv ro’y beradi.

Manfaatlar guruhlarining yana bir funkoiyasi - integraoiya qilishdir (bir butunlikka birlashtirishdir). Bu - ayrim ijtimoiy guruhlar tashqarisida o’z a'zolari manfaatlari asosida faoliyat ko’rsatayotgan turli ijtimoiy guruhlar bilan boshqa bir guruh manfaatlarini yaqinlashtirish demakdir. Ana shu jarayonda turli guruhlar o’rtasida bitimlar tuzilib, ijtimoiy kelishuvlar va murosasozliklar mustahkamlanib boradi (Qirg’izboev M. Fuqarolik jamiyati: siyosiy partiyalar, siyosiy mafkuralar, siyosiy madaniyatlar. -T.: Sharq,1998,25-28-betlar.).

Manfaatlar guruhlarning yana bir funkoiyasi - davlat, hukumat va partiyalarning turli darajalarda qarorlar qabul qilishi uchun axborotlar to’plash va ularni etkazib berishdan iborat. Shuningdek, manfaatlar guruhlari faoliyatida keng ishtirok etish uning a'zolari huquqiy va siyosiy madaniyatlarining shakllanishiga, demokratik jamiyat sharoitlarida jamoat ishlarida faol ishtirok etishlarini rag’batlantirishga amaliy tajriba sifatida katta yordam beradi.

Nodavlat notijorat tashkilotlar ichida faqat siyosiy partiyalargina siyosiy faoliyat bilan bevosita shug’ullanishi mumkin. Siyosiy partiyalarning davlat bilan xalq ommasi o’rtasidagi munosabatlarida turli ijtimoiy qatlam va guruhlarning siyosiy manfaatlarini va irodalarini ifodalashi muhim ahamiyat kasb etadi. Siyosiy manfaatlar deb, ijtimoiy faoliyat sub'ektlarining o’z holatini siyosiy kurash vositasida barqarorlashtirish va yaxshilashning ob'ektiv va sub'ektiv imkoniyatlarini anglashga aytiladi. Siyosiy manfaatlar sub'ektlari asosan ijtimoiy birliklar, individlar va tashkilotlardan iboratdir. Ijtimoiy birliklar sinfiy, etnik, kasbiy, hududiy, demografik, mehnat jamoasi va oilaviy xarakterlarga ega bo’ladi. Tashkilotlar esa davlat, jamoat, konfessiya, lobbi, ta'sir ko’rsatish hamda manfaatlar guruhlari va ijtimoiy harakatlar shakliga ega bo’ladi.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, o’z oldiga erkin, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishni maqsad qilib qo’ydi. Mazkur maqsadga erishish jarayonida bosqichma-bosqich fuqarolik jamiyatining tarkibiy institutlarini, xususan, uning muhim bo’g’ini hisoblangan jamoat tashkilotlarini jamiyat hayotidagi o’rni va rolini mustahkamlash va oshirish borasida tub islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Zero, islohotlar ko’p qirrali va uzoq davom etadigan jarayon bo’lib, unda ijtimoiy-siyosiy barqarorlik hamda olib borilayotgan islohotlarning sifati va samarasi ko’p jihatdan jamoatchilikning ishtirokiga bog’liq, shu jihatdan, uni shakllantirishda muayyan ijtimoiy institutlarga, xususan, jamoat tashkilotlariga muhim o’rin beriladi. Binobarin, samarali faoliyat yuritadigan jamoat tashkilotlarini shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini barpo etish yo’lidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

O’z navbatida, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan fuqarolik jamiyati institutlarini quyidagi mezonlar bo’yicha tasniflash mumkin:



  1. Download 68,4 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish