O‘zbekiston sanoati va qishloq xo‘jaligi front xizmatida



Download 1,52 Mb.
Sana30.03.2022
Hajmi1,52 Mb.
#517558
Bog'liq
10- sinf ózbekiston 17- mavzu

O‘zbekiston sanoati va qishloq xo‘jaligi front xizmatida

10-sinf O’zbekiston tarixi darsligi asosida 17-mavzu

Reja:

  • Urush yillarida O‘zbekiston sanoati.
  • O‘zbekistonning qurol-yarog‘ aslahaxonasiga aylantirilishi.
  • Qishloq xo‘jaligidagi ahvol.
  • Aholi turmushi va qiyinchiliklar.

Urush yillarida O‘zbekiston sanoati.


1941-yil sentyabr – dekabr oylarida respublika hukumati xalq xo‘jaligini harbiy izga solish, qaysi korxona qachon ishga tushirilishi to‘g‘risida, ichki resurslarni to‘la safarbar etish to‘g‘risida aniq vazifalarni belgilab berdi.
Toshkentdagi 63 ta, respublika hududidagi 230 ta sanoat korxonalari mudofaa mahsulotarini ishlab chiqara boshladi. Ko‘chirib kelingan zavodlar ham o‘z quvvatini oshirib bordi.

O‘zbekistonda 1942-yili yangi sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 2 baravar ko‘paydi. 1943-yilda esa sanoatning respublika xalq xo‘jaligidagi salmog‘i 75 foizgacha ortdi.


Harbiy ishlab chiqarish quvvatlarini oshirib borish zaruriyati sanoat qurilishini tobora ko‘paytirishni talab qilar edi.

Urush yillarida O‘zbekistonda 7 ta yirik gidroelektr stansiyasi, jumladan Oqqovoq, Qibray, Salor va Farhod GESlari qurildi, yangi ko‘mir va neft konlari ochildi, eskilaridan ko‘proq foydalaniladigan bo‘lindi.

O‘zbekistonning qurol-yarog‘ aslahaxonasiga aylantirilishi.

O‘zbekiston Ittifoqning asosiy jangovar aslahaxonalaridan biri sifatida 2000 dan ortiq samolyot, 22 mln dona minamyot, 500 000 dona snaryad hamda millionlab dona gimnastyorka, sanitar poyezdlar, paxtali ust-bosh, etik va askarlar uchun boshqa kiyimlar va mahsulotlarni frontga yetkazib berdi.

O‘zbekistonliklar front orqasining nihoyatda qiyin sharoitlarida Sovet Ittifoqi xalqlari bilan birga dushman ustidan g‘alabani fidokorona mehnatlari bilan ta’minlab bordilar va tarixda misli ko‘rilmagan xalq jasoratini namoyon qildilar.

Qishloq xo‘jaligidagi ahvol.

Barcha qiyinchiliklarga qaramay o‘zbek dehqonlari frontni zarur mahsulotlar bilan ta’minlash uchun fidokorona mehnat qildilar.


1941-yili davlatga 1,6 mln tonnadan ziyod paxta topshirildi. Sabzavot va poliz ekinlari, meva, pilla, jun, go‘sht topshirish majburiyatlari oshig‘i bilan bajarildi.

Kolxozchi dehqonlar va butun O‘zbekiston mehnatkashlarining kuchlari bilan Yuqori Chirchiq, Shimoliy Farg‘ona, So‘x-Shohimardon, Uchqo‘rg‘on kanallari, Kosonsoy va Rudasoy suv omborlari qurildi.

Shunday qilib, urush yillarida O‘zbekiston qishloq xo‘jalik ahli eng murakkab va og‘ir sharoitlarda mehnat qilib, 4 mln tonnadan ziyod paxta xomashyosi, 82 mln pud don va boshqa mahsulotlarni davlatga yetkazib berdi.

G’arbiy frontga oziq-ovqat va kiyim-kechak olib brogan delegatsiya (o’ngdan chapga ikkinchida delagatsiya rahbari Hasan Islomov)

Aholi turmushi va qiyinchiliklar.

Xususan, urush yillarida o‘zbek qishloqlarida ahvol og‘ir bo‘lgan. Kolxozlarda kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun majburiy ish kuni normasi 1,5 marta oshirilgan. Belgilangan mehnat normasini bajara olmagan kolxozchilar shafqatsiz jazolangan.

O‘zbek xalqining bag‘rikengligi va baynalmilal yordami.


O‘zbekistonga 1 mln nafardan ortiq kishi, jumladan, 200 000 bola evakuatsiya qilindi.

Turli millatga mansub yetim bolalarni o‘zbek xalqi o‘z farzandiday ardoqlab, ularni voyaga yetkazdi. Masalan, Toshkentlik oddiy temirchi Shoahmad Shomahmudovlar oilasi 15 bolani, kattaqo‘rg‘onlik urush nogironi Hamid Samadov 13 bolani, samarqandlik kolxozchi ayol Fotima Qosimova 10 bolani olib tarbiyaladi.

Urush yillarida milliy siyosatda kechirib bo‘lmas zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yildi. Totalitar tuzum rahbarlarining farmoyishi bilan Kavkaz xalqlari (chechenlar, ingushlar, qorachoylar, mesxeti turklari, bolqorlar va b.), qrim tatarlari va Volgabo‘yi nemislari 1943–1944-yillarda zudlik bilan mamlakatning sharqiy hududlariga ko‘chirilib yuborildi.


Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish