O'zbekiston ryespublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Pо‟lat qizdirilganda unda sodir bо‟ladigan о‟zgarishlar



Download 6,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/408
Sana30.12.2021
Hajmi6,1 Mb.
#90276
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   408
Bog'liq
materialshunoslik

Pо‟lat qizdirilganda unda sodir bо‟ladigan о‟zgarishlar 
              Pо‟latni  termik  ishlash  Fe-Fe
3
C  tizimining  holat  diagrammasiga  asoslanadi.  Shuning  uchun  bu 
diagrammaning pо‟latlarga oid qismini keltirib о‟tamiz (21 - rasm). 
21  -  rasmda  tasvirlangan  diagrammadan  kо‟rinib  turibdiki,  Ac
1
  nuqtadan  (727 
0
C)  pastda  evtektoiddan 
oldingi    pо‟latlar  perlit    bilan  ferrit  donalaridan,  evtektoid  pо‟lati  perlit    donalaridan,  evtektoiddan 
keyingi  pо‟latlar  esa  perlit  donalari  bilan  sementitdan  iborat.  Termik  ishlaganda  pо‟latni  qizdirishdan 
maqsad - unda austenit strukturasini hosil qilishdir. 
 


 
 
 
62 
 
21 - rasm.  Fe-Fe
3
C holat diagrammasining pastki chap (po‟latlarga oid) qismi. 
 
            Pо‟lat  qizdirila  borganda  unda  sodir  bо‟ladigan  о‟zgarishlar  bilan  tanishamiz.  Evtektoiddan 
oldingi,  masalan,  tarkibida  0,4%  uglerod  bо‟lgan  pо‟lat  (21  -  rasm,  1-1)  qizdirilganda  а  (Ас
1
)  nuqtada 
perlit austenitga aylana boshlaydi, ferrit esa о‟zgarmaydi, а nuqtadan в  nuqtaga tomon ferrit austenitda 
eriy  boradi,  harorat  в  nuqtaga  yetgach  (Ас
3
),  ferritning  juda  kо‟p  qismi  austenitda  erigan  bо‟ladi.  в 
nuqtadan yuqorida esa pо‟lat faqat austenitdan iborat bо‟ladi. Ferritning hammasini austenitda eritish va 
austenit strukturasini bir jinsli qilish uchun pо‟latni kritik nuqtadan yuqoriroq haroratgacha qizdirish va 
shu  haroratda  ma„lum  vaqt  tutib  turish  kerak.  Pо‟lat  kritik  nuqtadan  qanchalik  yuqori  haroratgacha 
qizdirilsa,  shu  haroratda  tutib  turish  vaqti  shunchalik  qisqa  bо‟ladi.  Ammo,  harorat  kо‟tarilaversa, 
austenit donalari yiriklasha boradi, pо‟lat sovitilganda hamma donalar yirikligicha qoladi. Pо‟latni termik 
ishlashda  esa  hamma  vaqt  pо‟lat  donalarini  maydalashga  harakat  qilinadi,  chunki  mayda  donali 
pо‟latning mexanik xossalari yirik donali pо‟latnikidan ancha yaxshi bо‟ladi. 
           Endi,  evtektoiddan  keyingi  pо‟latlar  qizdirilganda  ularda  bо‟ladigan  о‟zgarishlarni  kо‟rib 
chiqaylik. Misol tariqasida tarkibida 1,2 % uglerod bо‟lgan pо‟latni olamiz (21 - rasm,  II-II). Bu pо‟lat  
qizdirilganda d (Ас
1
) nuqtada perlit austenitga aylana boshlaydi, sementit esa о‟zgarmaydi. d nuqtadan с 
nuqtagacha  sementit  austenitda  eriy  boradi,  harorat  с  (Асm)  nuqtaga  yetgach  sementitning  juda  ko‟p 
miqdori austenitda erigan bо‟ladi, с nuqtadan yuqorida esa pо‟latning strukturasi faqat austenitdan iborat 
bо‟lib qoladi. Evtektoiddan keyingi pо‟latlarning strukturasi faqat austenitdan iborat bо‟lishi uchun ular 
Acm  kritik  nuqtadan  yuqoriroq  haroratgacha  qizdirilishi  va  shu  haroratda  ma„lum  vaqt  tutib  turilishi 
lozim,  ammo  haroratni  keragidan  oshirib  yuborish  yaramaydi,  aks  holda  pо‟lat  donalari  yiriklashib 
ketadi. 

Download 6,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish