O'zbekiston ryespublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Download 6,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/408
Sana30.12.2021
Hajmi6,1 Mb.
#90276
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   408
Bog'liq
materialshunoslik

Tayanch  iboralar:  material,  kristall  va  amorf  jismlar,  kristall  panjara,  vakantsiya,  dislokatsiya, 
allotropiya, polimorfizm, birlamchi kristallanish, metallning xossasi. 
 
Materialshunoslik fani va uning qisqacha rivojlanish tarixi 
  
Materialning  texnikaga    yaroqliligi    uning  tuzilishiga  bog‟liqdir.      Materialning    tuzilishi  
deganda,    uning  bir    butunligini    ta„minlovchi,  ya„ni  ichki  va  tashqi    ta„sirlarga    faol  qarshilik 
ko‟rsatuvchi    ichki  bog‟lanishlar  tushuniladi.    Ana  shu  ichki  bog‟nishlarga  muvofiq  materialning 
xossalari  ham  o‟zgarishi  mumkin.    Demak,  materialning  xossalari    ularni  bir-biri  bilan    solishtirganda 
ajratish mumkin bo‟lgan falsafiy tushunchadir.  Bu tushuncha miqdor va sifat o‟zgarishlarni  o‟z ichiga 
oladi.   Materialning  tarkibi, tuzilishi hamda xossalari o‟rtasidagi amaliy bog‟lanishlarni  o‟rganadigan 
fan    materialshunoslik  deb  ataladi.    Materialning  tarkibi  deganda  shu  materialning  qanday  kimyoviy 
elementlardan  tuzilganligi    tushiniladi.    Materialning    tuzilishi    tushunchasi  ancha    keng  ma„nodagi 
tushuncha  bo‟lib, ko‟z yoki oddiy lupa bilan ko‟rib bo‟ladigan mikrotuzilish, maxsus (500-2000 marta 
katta  qilib  ko‟rsatadigan)  optik  asboblar  –  metallografik  mikroskoplar  yordamida  o‟rganiladigan 
mikrostuktura  hamda    100 000  marta  katta  qilib  ko‟rsatadigan    elektron    mikroskoplarda  yoki  rentgen 
nurlarini (

 = 5

10
-8

5

10
-12
m) ta‟sir ettirish bilan kuzatiladigan supmikroskopik  strukturalarni o‟z ichiga 
oladi. Materialning xossalari deganda, uning kimyoviy, fizik va mexanik xossalari tushiniladi.  
    
Insonlar dastavval tosh va suyak materiallarini makon va qurol uchun ishlatganlar.  Toshni qayta 
ishlab  qurol    yasaganlar.    Keyinchalik  toshdan  yerni  qayta  ishlaydigan  qurollar,  ya‟ni  ishlab  chiqarish 
vositalarini  yasaganlar.  Natijada  asta-sekin    yog‟ochni,  terini    va  qum-tuproqni  (  loyni)  qayta  ishlash  – 
sopol    sanoati  yaratila  bordi.  Bronza  davriga  kelib,  tosh  qurollarning  ahamiyati  yo‟qola  boshladi  va 
metallurgiya  sanoati  vujudga  kela  boshladi.  Metall  qotishmaning  tarkibini  o‟zgartirish  orqali  uning 
xossalarini  boshqarish  mumkinligi  ma„lum  bo‟ladi  va  bu  jarayon  amaliyotda  qo‟llanila  bordi.    Temir 
davriga  kelib  ishlab  chiqarish  kuchli  taraqqiyotga  to‟sqinlik  qilib  qoldi.  Osiyoda,  O‟rta  yer  dengizi 
atrofida,  Xitoy  hududlarida  ilk  bor  metallarni  qayta  ishlaydigan  korxonalar  vujudga  keldi.  Suv  va 
havodan  foydalanish  materialshunoslik  sanoatida  yangi  taraqqiyotni  ochdi.    Temir  eritib  tozalashda 
puflash  uchun  havodan    foydalanish    esa    suyuqlantirilgan  metallar  haroratini  oshirish  imkonini  berdi. 
Natijada metall qo‟shimchalardan to‟la tozalanib, uning sifati yaxshilandi. Metall ishlab chiqarishda pista 
ko‟mir  o‟rniga    kokslanadigan    ko‟mirdan  foydalanish    esa  davr  talabi  -  ishlab    chiqarishni  keskin 
oshirish natijasida vujudga keldi.  Kokslash texnologiyasinining kashf etilishi  metallurgiya sanoatini  tez 
rivojlantirdi.   
    
Po‟lat olishning  yangi-yangi usullari kashf etildi. Angliyada avval   G.Bessemer (1856), so‟ngra  
S.  Tomos  (1878),  Fransiyada  esa    P.Marten  (1864)    kabi  ixtirochilar  po‟lat  olishning  yangi  usullarini 
yaratishdi.  Materialshunoslik  fani  XIX  asrga  kelib,    mashinasozlikdagi  maxsus  fanga  aylanib  qoldi. 
Materialshunoslikning  fan  sifatida    takomillashishiga  talantli  rus  olimi  va  ixtirochisi  D.K.Chernovning 
(1839-1921) fazalar o‟zgarishi haqidagi nazariyasi juda katta turtki bo‟ldi. Fanning rivojlanishiga ko‟plab 
olimlar o‟z hissalarini qo‟shishdi. Jumladan, nemis olimi A. Ledebur metallar strukturasi tushunchasini, 
ingliz  fiziklari  F.Laves  hamda  V.Yum-Rozeri  yangi  tipdagi  fazalarni  kashf  etishdi  N.N.Benardos  va 
N.G.Slovyanovlar po‟latlarni payvandlash  mumkinligini ilmiy asosda isbotlab berishdi. Rus olimi  A. M  
Butlerov 1881 yili jismning kimyoviy tuzilish nazariyasini kashf qildi, 1909 yilda  S.V.Lebedev xossalari 
jihatidan  tabiiy  kauchukga  o‟xshash  sun„iy  kauchukni  sintez  qilib  oldi.  P.A.Rebinder  (1898-1972) 
tomonidan  kashf  qilingan,  yuza  aktivligini  oshiruvchi  moddalarning    qattiq  yuzaga  molekulyar    ta„sir 
etish mexanizmi yaratildi.  
    
Materialshunoslik  fanining  rivojlanishiga  rus  olimlari  S.S.Shteynberg,  N.S.Kurnakov, 
A.A.Bochvar,  A.A.Baykov,  N.I.Belyayev,  A.P.Gulyayev,    Yu.M.Laxtin,  Ya.S.Umanskiy  va  boshqalar, 
xorij  mamlakatlari  olimlaridan:  F.Osmon,  A.  Portevena,  Le-Shatele  (Fransiya);  R.Austen,  Yum-Rozezi 
(Angliya);  G.Gou,  Barret  (AQSh),  P.Gerens,  Tamman,  Martens  (Germaniya)  kabilar  sezilarli  darajada 
o‟z hissalarini  qo‟shishgan.  


 
 
 
24 
    
Shunday qilib, materialshunoslik fani o‟z tarixiga ega bo‟ldi, nisbatan qisqa  vaqt ichida juda ko‟p 
turdagi  materiallar  yaratildi,  eng  muhimi,  mashinasozlikning  ajralmas  qismi  bo‟lgan  materialshunoslik  
vujudga keldi.  
 

Download 6,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish