Ishlab chiqarish jarayoni
Ishlab chiqarish jarayoni deb, xom ashyo va yarim mahsulotlarni tayyor
mahsulotga aylantirib beruvchi barcha jarayonlar yig’indisiga aytiladi.
Bunga: ishlab chiqarishni tashkil etish, korxona va zavodlarga keltirilgan
xom ashyo, yarim mahsulotlarni tashqaridan keltirish, zavod va korxonalar ichida
sexdan sexga tashish, quyma, bolg’alangan, shtamplangan, payvandlangan va jihoz
turdagi tanavorlarni tayyorlash, mexanik, termik, kimyoviy-termik va jihoz
ishlovlar berish, detallarni o’lchamlari va sifatini nazorat qilish, qism (uzel) va
mashinalarni yig’ish, sinovdan o’tkazish, bo’yash, qaytadan detal va qismlarga
ajratish, qog’ozlarga o’rash, yashiklarga va omborxonalarga joylashtirish, tayyor
mahsulotlarni buyurtmachi tashkilotlariga jo’natish kabi jarayonlarni o’z ichiga
oladi. Ishlab chiqarish jarayoni korxona va zavodlarning turli uchastka va sexlarida
bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: