3.Оliy tа’lim. Magistriаt vа mаgistrаturа.
5А312701- “Intellektual transport tizimlari” mutaxassisligi bo`yicha tayorlanayotgan mutaxassislar ishlab chiqarilayotgan va chiqarilishi rejalashtirilayotgan avtomobillarning konstruktsiyasi va ishlab chiqarish texnologiyasini tahlil qilish va ilmiy tadqiqotlar olib borish kerak bo`ladi. Shu maqsadda magistrlar quyidagi mezonlarga javob berishlari kerak:
avtomobilsozlikdagi yutuq va muammolar, yangiliklar, soha istiqbollari;
avtomobilsozlikda loyihalash jarayonlari, texnologik kartalarni ishlab chiqish tartibi;
avtomobilsozlikda ishlatiladigan jihozlar, qurilmalar, moslamalar va asboblar haqidagi mahlumotlar;
avtomobil detallarini va ularni yig’ma chizmalarini EHM dasturi yordamida bajarish to’g’risida bilimga ega bo’lish;
avtomobilsozlikdaga masala yoki muammolarni tahlil qilish uchun dasturlarni tanlash.
B) bajarilishi lozim:
magistrlar avtomobillarning tuzilishi, mashina va mexanizmlarning kinematikasi, detallar, zvenolar va qismlarning shartli belgilanishlarini chizmalarda tasvirlash, mashinalarini siklogrammalarini qurish, boshqarish sistemasining ishlashi bo’yicha malakaga ega bo’lishi kerak;
mustaqil o’rganish uchun berilgan savollar va masalalarni bajarishda ALT larini qo’llay olishi.
C) tasavvurga ega bo’lishi kerak:
jaxon avtomobilsozligidagi erishilgan yutuqlar, barcha avtozavodlarning ish yuritish uslublari va qoidalari;
Olingan bilimlar quyidagi amaliy masalalarni yechish uchun yetarli darajada malaka hosil qilishga yetarli bo’lishi kerak:
- loyihalanayotgan mashina yoki jihozning ishlash texnologiyasi va sharoitlarini ALTni qo’llash nuqtai nazaridan taxlil qilishni bilishi kerak;
- loyihalanayotgan avtomobil, mashina yoki jihozni ish, jarayonlarini ish sharoitlari va maxsulotlari xossalarini hisobga olgan xolda modellashtirishni, mashinalar konstruktiv arametrlarining geometrik nisbatlarini to’g’ri aniqlash ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;
- mashina va jihoz ishchi qismlarini loyihalash tizimlari va usullarini tanlash, avtomobil, yoki jixozning umumiy tuzilishi tizimini ALT asosida ishlab chiqish, loyihalash va ishchi xujjatlarini ALT asosida tayyorlash malakalariga ega bo’lishi kerak.
Magistrlar ushbu fanni o’zlashtirishi uchun qo’yilgan vazifalarni va talablarni yaxshi bilishlari kerak. “Avtomobilsozlik va traktorsozlik” mutaxassisligini bitirib chiqqan bakalavrlar mamlakatimiz iqtisodiyotining turli mulkchilik shaklidagi korxonalarda ishlaydilar, shuning uchun ular turli mulkchilik sharoitlarida transort vositalaridan samarali foydalanish, qolaversa loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslarini bilishlari shart.
5А312701- “Intellektual transport tizimlari” mutaxassisligining umumta`lim fanlaridan biri bo`lib, u magistrrda kasbkorlik ilmiy g`oyalari va amaliy ko`nikmalarni shakllantirish, murakkab ishlab chiqarish masalalariga nazariy yondoshishda muhim ahamayatga ega. Ushbu fanni o`rganish uchun magistrr quyidagi fanlarni o`zlashtirgan bo`lishlari shart: “Oliy matematika”, “Informatika”, “Fizika”, “Chizma geometriya”, “Nazariy mexanika”, “Materiallar qarshiligi”, “Mashina detallari”, “Trans`ort vositalari tuzilishi va nazariyasi”, “Avtomobillar eks`luatatsiyasi” “Ishonchlilik nazariyasi va diagnostika asoslari” va boshqa fanlar.
O`quv jarayoni bilan bog`liq ta`lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy- edagogik darajada dars berish, muammoli ma`ruzalar o`qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg`or edagogik texnologiyalardan va mul`timedia vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o`ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo`yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.
Asosiy qismda fan mavzulari mantiqiy ketma- ketlikda keltiriladi. Har bir mavzuning mohiyati asosiy tushunchalar va tezislar orqali ochib beriladi. Bunda mavzu bo’yicha magistrlarga DTS asosida yetkazilishi zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalar to’la qamrab olinishi kerak.
Asosiy qism sifatiga qo’yiladigan talab mavzularning dolzarbligi, ularning ish beruvchilar talablari va ishlab chiqarish ehtiyojlariga mosligi, mamlakatimizda bo’layotgan ijtimoiy- siyosiy va demokratik o’zgarishlar, iqtisodiyotni erkinlashtirish, iqtisodiy- huququy va boshqa sohalardagi islohotlarning ustuvor masalalarini qamrab olishi, hamda fan va texnologiyalarning so’ngi yutuqlari e’tiborga olinishi tavsiya etiladi.
Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturi- milliy tаjribаning tаhlili vа tа’lim tizimidа jаhon miqyosidаgi yutuqlаr аsоsidа tаyyorlаngаn hаmdа yuksаk umumiy vа kаsb-hnаr mаdаniyatigа, ijоdiy vа ijtimоiy fаоllikkа, ijtimоiy siyosiy hаyotdа mustаqil rаvishdа mo’ljаlni to’g’ri оlа bilish mахоrаtigа egа bo’lgan, istiobоl vаzifаlаrini ilgаri surish vа hаl etishgа qоdir kаdrlаrning yangi аvlоdini shаkllаntirishgа yo’nаltirilgаndir.
Mаzkur dаsturning mаqsаdi- tа’lim sоhаsini tubdаn islох qilish, uni o’tmishdаn qоlgаn mаfkurаviy kаrаshlаr vа sаrqitlаrdаn to’lа хаlоs etish, rivоjlаngаn dеmоkrаtik dаvlаtlаr dаrаjаsidа, yuksаk mа’nаviy vа ахlоqiy tаlаblаrgа jаvоb bеruvchi yuqоri mаlаkаli kаdrlаr tаyyorlаsh Milliy tizimini yarаtishdir.
O’qishdagi muvaffaqiyatlar tan olinishi va baholanishi kerak. Bu o’quvchi va o’qituvchi o’rtasida doimiy aloqa bo’lishini talab qiladi. Natijalar esa maxsus «Baholash varaqalari» da qayd qilinishi kerak.
Didaktik tamoyillar o’qituvchi faoliyatining yo’l-yo’rig’i sifatida xizmat qiladi, alohida olganda esa tushunarlilik prinsipini qo’llab- quvvatlaydi.
O’qitishning asosiy qoidalari:
tushunarlidan - tushunarsizga;
yaqindan - uzoqqa;
osondan - qiyinga;
aniqdan - mavhumga;
umumiydan - xususiyga, umumlashtirilgandan-yakkaga;
xususiydan - umumiyga.
O’qish va o’qitish didaktik xatti-harakatlar bilan bog’liq. Didaktik xatti-harakatlarga o’qituvchining darsga tayyorgarlik ko’rishi, uni o’tkazish va baholash faoliyati kiradi.
Bu faoliyat quyidagi savollarda o’z ifodasini topadi:
Kimlar o’qitiladi?
Kimlarni o’qitish kerak?
O’qitish orqali qanday maqsadlarga erishish mumkin?
Maqsadga erishish uchun nimani, qanday o’qitish kerak?
Nazariy va amaliy darsiarda qaysi metodlarni qo’llab, dars o’tish kerak?
Nazariy va amaliy darslami qanday sharoitda o’tkazish kerak?
0’qishni qanday tashkil qilish kerak?
Ko’zlangan maqsadga erishishni tekshirish uchun natijalar qanday baholanadi?
Dars berishning shakllari, uslublari turli-tuman. Maqsad, o’ti!ayotgan dars har bir talabaning ongiga yetib borsin. Bu yerda hal qiluvchi rolni didaktik sakkizburchak va o’quv jarayonining mazmuni o’ynaydi.
Didaktik sakkizburchak.
O’qish (o’rganish)ning maqsadi
CHizmadan ko’rinib turibdiki, o’quv jarayonini qanday o’tishi qo’yilgan maqsad bilan uni amalga oshirish birligidan iborat.
O’qituvchi, dars beruvchi sifatida har safar qanday qilib, qaysi usul bilan dars o’tsam qo’yilgan maqsadga erishaman deb o’z oldiga savol qo’yib, o’ylab ko’rsa, dars o’tishning aynan mavzuga mos keladigan uslubini topishi mumkin.
Dars o’tishning uslubini tanlash quyidagilarga bog’liq:
O’qitilayotgan guruhning darsga tayyorgarlik darajasi.
O’rganiladigan predmet.
Darsda o’tiladigan mavzu.
o’tiladigan mavzuning mazmuni.
Dars o’tishda qo’llash mumkin bo’lgan texnik vositalarning mavjudligi va boshqalar.
Darsni qanday o’tish borasida aniq bir qarorga kelishda, asosiy mo’ljal olishda darsni nimaga qaratilganligi muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |