O’zbekiston resublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Mа’ruzа o’qitishdа tехnik vоsitаlаrdаn fоydаlаnish



Download 66,11 Mb.
bet14/87
Sana20.06.2022
Hajmi66,11 Mb.
#683569
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   87
Bog'liq
2 5404843452955364946word

3.Mа’ruzа o’qitishdа tехnik vоsitаlаrdаn fоydаlаnish.
Dars jarayoni har ikki tomon bir butun bo’lib, birlashgan holda tashkil etiladi. Uning amaliy ifodasi qo’yilgan maqsadga ko’ra erishilgan natijada o’z aksini topadi. Metodlarning obektiv jihatini didaktik prinsip nuqtayi nazaridan talqin etish, uning nazariyasini ishlab chiqish, amaliyotda qo’llanishi zarur bo’Igan eng yaxshi me- todlarni tavsiya etish, mantiqiy tanlash muammolarini muvaffaqi- yatli yechish imkonini beradi.
Metodlarni optimallashtirish uchun esa pedagoglar mahorati, ijodiy yondashish zarur bo’ladi. SHuning ham o’qitish metodlari yuqori darajadagi san’at bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi.
SHarq mutafakkirlari ham bilishning metodlariga katta e’tibor bilan qaraganlar. 0’quv jarayonini tashkil etish va o’qitish metod­lariga alohida e’tibor bergan alloma Aristoteldan so’ng «ikkinchi muallim» deb nom qozongan Abu Nasr Forobiy o’qitish metodlari haqidagi traktatlarida ta’lim oluvchilarga turli bilimlar berish bilan birga mustaqil holda bilim olish yo’Harini ham ko’rsatgan, bilim olish zarurligiga shak-shubhasiz ishontirish lozimligini ta’kidlagan2.
Hozirgi terminlardan foydalanib, SHarqning qomusiy alloma- larining o’qitish metodlarini bilishning umumiy qonunlariga mu- vofiqligini aniqlasa bo’ladi. Ular foydalangan o’qitish metodlarini bir necha guruhlarga ajratish mumkin. Bular Ibn Sino qo’llagan ko’rgazmali-tajriba metodlari, Abu Rayhon Beruniy, Al Xorazmiyning ko’nikma va malakalarni shakllantirish metodlari, Forobiy va Al Xorazmiyning bilimlarni tekshirish metodlari va boshqalardir. Ularning hanumsi o’quvchi-talabalarning faoliyatini kuchaytirish, mantiqiy tafakkurini rivojlnntirish maqsadini ko’zlagan.
Ma’lumki, ta’lim-tarbiyada metodlar qator funksiyalarni bajaradi. Metodlar yordamida qo’yilgan maqsad amalga oshiriladi. O’qituvchi o’quvchi-talabalarni bilim olishga da’vat qiladi. Bilishni faollashtirishning asosiy, ayrim paytlarda esa yagona stimulyatori bo’lib xizmat qiladi. Metodlar yordamida o’qituvchi o’quv jarayo­nini kechishi va natijasini diagnostika qiladi, zarur o’zgartirishlar kiritadi.
Pedagog, psixolog mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, metod­lar o’quv-tarbiya jarayonida quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
Ta’lim berish:
Metodlar yordamida ta’limning maqsadi amalga oshiriladi. Metodlar o’qituvchi va o’quvchilarning nazariy hamda amaliy bilimini ta’lim olish borasidagi vazifalarni bajarishga qaratadi.
Kamolotga boshlash funksiyasi:
0’quvchi, talabalarni fikrlash doirasini, bilim olish, aqliy rivoj- lanish sur’atini tezlashtirishda, qiziquvchanligini oshirishda o’z ifodasini topadi.
Tarbiyalash funksiyasi:
O’quv materialini o’rganish, o’zlashtirish jarayoniga mustaqil qarash, fikrlash, iroda xususiyatlari, axloqiy, ma’naviy qarashlarning shakllanishiga olib keladi.
Bilim olishga da’vat etish, istak, xohish uyg’otish funksiyasi:
Metodlar talabalarni bilim olishga da’vat qiluvchi vosita hisoblanadi. Asosiy, gohida bilishga qiziqtiruvchi, istak, xohish tug’diruvchi yagona stimulyator vazifasini bajaradi.
Nazorat funksiyasi:
Metodlar yordamida o’qituvchi o’quvchi, talabalarning bilimini nazorat qilibgina qolmay, o’quv jarayoni natijalariga ko’ra unga zarur o’zgartirishlar kiritadi.
Dars jarayonidagi metodlar qo’llash imkoniyatlariga ko’ra quyidagi sifatlarni o’z ichiga oladi:

  1. Bilim berish, idrok etish, o’zlashtirish, e’tiqodni ta’min- lovchi metodlar. Bu guruhga ma’ruza, talabalarning mustaqil ishlari, mustaqil tahsil olish bo’yicha ishlar, ishlab chiqarish jarayonlarini kuzatish, maslahatlar, ko’rsatmalar berish, ommaviy axborot, dasturlashtirilgan materiallarni idrok etish va boshqalar kiradi.

  2. Bilimlarni tatbiq etish va mustahkamlash, malaka va ko’nik- malarni hosil qilish, e’tiqodni chuqurlashtirish metodlari. Bu gu­ruhga seminar, amaliy, laboratoriya mashg’ulotlari, nazorat ishlarini bajarish, dasturlashtirilgan o’qitish kabinetlaridagi mashg’u-lotlar, ishlab chiqarish amaliyoti kiradi.

  3. Bilimlar, e’tiqodlami shakllantirish, talabalarning kasbiy tay- yorgarligini aniqlash metodlari. Bu o’quv jarayonining reytinglari, kollokviumlar, suhbat o’tkazish, kurs va bitiruv malakaviy ishlari, davlat attestatsiya natijalarini baholash kabilarni o’z ichiga oladi. .

Metodlarni ajratib turuvchi sifatlarga: birinchi guruhda bilimni idrok qilish va o’zlashtirish, ikkinchi guruhda tatbiq etish va mustahkamlash, uchinchi guruhda attestatsiya va olingan bilimlar darajasini aniqlash kiradi.
Metodlarni fanlarni o’rganishdagi qo’llashdagi qamroviga ko’ra uch guruhga bo’lish mumkin: umumiy metodlar, turkum fanlarni o’rganishda qo’llaniladigan va xususiy metodlar
Dars o’tishning umumiy metodlari barcha fanlarni o’rganishda qo’llaniladi. Masalan, savol-javob, suhbat, tarqatma materiallardan foydalanish kabilar.
Ayrim metodlarni esa ma’lum turkum fanlarni o’qitishdagina qo’llash mumkin. Bularga masala yechish, munozara kiradi.
Xususiy metodlar faqat ayrim olingan fanni o’rganishda qo’llaniladigan metodlar yoki usullar bo’Iib, u o’rganilayotgan fan­ning xususiyatidan kelib chiqib qo’llaniladi.
Didaktik tadqiqotlar mashg’ulot o’tkazishni dialektik jarayon sifatida o’rganadi. Unga ko’ra:

  • o’qitish metodlari tizimi dinamikada, harakatda, ta’lim tizimida yuz berayotgan barcha o’zgarishlarni hisobga olgan holda o’zgaradi, rivojlanadi, deb qaraladi.

  • Barcha metodlar bir-biri bilan aloqador. Biri ikkinchisini to’ldiradi, biri ikkinchisiga bog’liq.

  • Metodlarni qo’llashning turli-tuman modifikatsiyalari mavjud boiib, ular dars o’tish shakllari va vositalari bilan qo’shilib ketadi.

Dastlab, dars berish metodlarini tasniflashga an’anaviy jihatdan yondashilib, o’rganiladigan bilim manbalariga ko’ra guruhlarga ajratilgan. Bunday guruhlanishning ijrosi qadimgi falsafiy va pedagogik qarashlarga borib taqaladi. Bunday manbalar, qadimda uchta: amalda sinash, ya’ni praktika (tajriba), ko’rgazmali, og’zaki (so’z orqali) ifodalangan.

  • tа’lim dаsturlаridа nаzаrdа tutilgаn, fаn, tехnikа vа tехnоlоgiyaning, iqtisоdiyot vа mаdаniyatning hоzirgi zаmоn tаrаqqiyoti dаrаjаsigа mоs kеlаdigаn bilimlаr оlish;

  • institutinstitut fаоliyatining hаmmа tоmоnlаrigа dаhldоr o’tа muhim mаsаlаlаrning hаl etilishidа ishtirоk etish, tа’lim jаrаyonining bоshqа ishtirоkchilаriniig qаdr-qimmаtini kаmsitmаgаn hоldа o’z fikr- mulоhаzаlаrini erkin vа оshkоrа ifоdа etish;

  • o’zining insоniy qаdr-qimmаtini hurmаt qilinishini tаlаb etish;

  • O’zbеkistоn Rеsublikаsining аmаldаgi qоnun hujjаtlаridа, institutning ichki nоrmаtiv hujjаtlаridа bеlgilаngаn imtiyozlаrdаn fоydаlаnish;

  • o’quv fаnlаrini o’zlаshtirish jаrаyonidа turli хil qiyinchiliklаr yuzаgа kеlsа, prоfеssоr-o’qituvchilаrdаn yordаm оlish;

  • institutning bаrchа imkоniyatlаridаn fоydаlаngаn hоldа bilim оlish vа ko’nikmаlаr hоsil qilish uchun turli shаkllаrdа fаоllik ko’rsаtish;

  • sоrt bilаn shug’ullаnish, institutning ijtimоiy hаyotidа ishtirоk etish huquqigа egа.


Download 66,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish