O’zbekiston resublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti



Download 66,11 Mb.
bet5/87
Sana20.06.2022
Hajmi66,11 Mb.
#683569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87
Bog'liq
2 5404843452955364946word

Mutaxassislik fanlarni o’qitish metodikasi (uslubiyati) esa shu fanni o’rganish, o’qitish metodlarini o’rganadi. Mutaxassislik fanlarni o’qitish metodikasining maqsadi nazariy va amaliy ta’lim berishning qonuniyatlari, turli metodlarini o’rganishdir.
Boshqachasiga aytganda metodika- bu dars o’tishda o’qituvchiga qo’yiladigan talablarni rializatsiya qilishni amalga oshiradigan turli metodlarning majmuidir.
Dars o’tish o’qituvchidan fanni puxta bilishnigina emas, balki o’z bilimini ustalik bilan magistrlar ongiga yetkazishni ham talab qiladi. Magistrlar fanni puxta o’zlashtirishlari uchun uni o’rganishda qo’llaniladigan metodlar katta ahamiyatga ega. Mazkur fanning maqsadi kasb ta’limi (muxandis-pedagog) yo’nalishi bo’yicha tahsil olayotgan magistlarni fanni o’rganishda qo’llaniladigan an’anaviy va interaktiv metodlar bilan tanishtirish va kelajakda o’z faoliyatlarida qo’llash va yangi usullarni yaratishni o’rgatishdir.
Mutaxassislik fanlar faqatgina nazariy emas, balki amaliy fanlardir. Ular bevosita amaliyotga tayanadi, aniq ma’lumotlar, dalillar, raqamlar hisob-kitoblarga asoslanadi. Mutaxassislikni o’rgatuvchi, maxsus bilim beruvchi fanlar xilma- xil.
Umumkasbiy fanlar. Ular mutaxassislikni, unga xos bo’lgan texnik qonunlar, tamoyillarning amal qilishini yaxlit holda o’rganadi. Bularga, eng avvalo, avtomobillar nazariyasi fani kiradi. U barcha texnik fanlarga asos bo’lib xizmat qiladi. Mashinasozlikning qonun-qoidalarini bilish, shu fanni o’rganishdan boshlanadi.
Metodika, bir tomondan o’rganilayotgan fanda erishilgan yutuqlar, ikkinchi to­mondan, pedagogika fanining rivojlanishi bilan boyib boradi, rivojlanadi.
Fanning rivojlana borishi bilan o’rganish metodlarining roli ortib boradi. Metodlarsiz qo’yilgan maqsadlarga erishib bo’lmaydi. O’qituvchining metodik mahorati, dars o’tishning yangi metodlarini o’zlashtirishiga yetarli e’tibor berilmas ekan, ta’lim sifati oshmaydi. O’qituvchilarning metodik mahoratini oshirishga qilingan xarajatlar, ularni bunga rag’batlantirish «minimal xarajat qilib, maksimal samara» olish imkonini beradi.
Didaktika, uning tamoyillari va o’quv jarayonini tashkil etish
Metodika va didaktika uzviy bog’liqdir. Metodika deganda bilish faoliyatining shakllari va metodlari majmui haqidagi fan tu- shunilishini ko’rib o’tdik. Bu fan didaktikaning bo’limidir.
Didaktika (yunon - didaklikos - o’qitadigan, o’rgatadigan) - pedagogikaning bilim olish, ta’lim va tarbiya nazariyasiga oid sohasi. U magistrlarning bilim olish, o’zlashtirish va ko’nikmalar hosil qilish jarayoniga xos ta’lim printsiplari, uslublari va o’quv jarayonini tashkil qilishga oid hamma masalalarni o’rganadi.
Didaktika termini dastlab nemets pedagogi Volfgang Ratke (Ratixiya) (1571-1635) tomonidan o’qitish san’atini ifodalovchi tushuncha sifatida ishlatilgan.
Ratixiya davridan boshlab, uning asosiy vazifasi- nimani va qanday o’qitish kerak, qachon, kimni, nima uchun o’qitish kerak masalalarini yechish deyarli o’zgargani yo’q.
Hozirgi kunda o’zbekistonda didaktika sohasi avvalgi erishilgan yutuqlarni saqlab qolgani holda yangiliklar bilan boyitilib, yangi bosqichga ko’tarilmoqda.
Mamlakatimizda didaktikaga tarbiyadan alohida holda qaralmaydi. U yoshlarni tarbiyalashdagi umumiy maqsad va vazifalardan kelib chiqadi.
YOshlarga ta’lim berish jarayoni jamiyat taraqqiyoti, fan-texnika taraqqiyoti, jamiyatning o’z oldiga qo’ygan maqsadi bilan chambarchas bog’liq. Ta’lim va tarbiyaning mazmuni, maqsadining o’zgarishi didaktika prinsiplari, uslublari va tashkiliy shakllarining ham o’zgarishiga, rivojlanishiga sabab bo’ladi.
Barcha fanlarni o’rganishda didaktik printsiplar muhim o’rin tutadi.
Didaktik printsiplar dars mazmuni va darsni tashkil etishga tegishlidir. Didaktik tamoyillarga o’qitish va o’qish jarayonida qoidalar sifatida rioya qilinishi zarur.
Ular bir-biriga bog’lanib ketadi, quyidagi printsiplar o’qitish va o’qish jarayonini samarali tashkil qilish bo’yicha qoidalar bo’lib, ular uzoq vaqt davomidagi tajribaga asoslangan.

Download 66,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish