Oʻzbekiston respuplikasi oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirligi muqimiy nomidagi qoʻqon davlat pedagogika instituti


BOB. GLOBALLASHUV DAVRIDA MILLIY TAʻLIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH ASOSLARI



Download 0,65 Mb.
bet7/22
Sana12.06.2022
Hajmi0,65 Mb.
#660453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Bog'liq
GLOBOLLASHUV SHAROITIDA MILLIY TAʼLIM TIZIMIDAGI ISLOHATLARNI AMALGA (2)

2.BOB. GLOBALLASHUV DAVRIDA MILLIY TAʻLIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH ASOSLARI
2.1. Taʻlim tizimidagi islohotlarda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning oʻrni
Har qanday mamlakatning qudrati uning intellektual salohiyati bilan belgilanadi. Bu esa bevosita taʻlim sifatiga bogʻliq. Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi ijodkor, maʻnaviy barkamol shaxsni shakllantirishda va yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda muhim nazariy asos boʻlib xizmat qildi.
Mamlakatimizda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning oʻz vaqtida oʻz vaqtida ishlab chiqilganligi va bugungi kunda uning samaradorligini dunyo mamlakatlari tan olmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev oʻz maʻruzalarida “Taʻlim sohasidagi zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari, internet tizimi, raqamli va keng formatli telekomunikatsiyalarning zamonaviy usullarini oʻzlashtirish, bugungi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan bunday ilgʻor yutuqlar nafaqat maktab, litsey va kollejlar, oliy oʻquv yurtlariga, balki har qaysi oila hayotiga keng kirib borishi uchun zamin tugʻdirishning ahamiyatini chuqur anglab olishimiz lozim” deb alohida taʻkidlaganlar. Zero, bularning hammasi davlat taʻlim muassasalarida tuzilmaviy oʻzgarishlarni, uzluksiz taʻlim va kadrlar tayyorlashni boshqarishning samarali tartibini joriy qilish, taʻlim sifatini nazorat qilish tizimini shakllantirishni talab qiladi. Binobarin, islohotlarning bugungi bosqichida taʻlim tizimi faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarish vazifasi qoʻyilmoqda.
Maʻlumki, taʻlim tizimi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning barcha boʻgʻinlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki mustaqil Oʻzbekistonni bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich oʻtish sharoitida vujudga keladigan muammolarni oqilona hal qila oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash faqat taʻlim muassasalarining zimmasiga yuklatilgan.
Oliy taʻlim tizimini tashkil etish va rivojlantirish uchun «Yangi pedagogik texnologiyalar tizimidan foydalangan holda talabalarni oʻqitishni jadallashtirish»ga erishish zarur, deb qayta-qayta taʻkidlagan.
Shu boisdan ham, barcha turdagi taʻlim muassasalari oʻqituvchi-pedagoglari pedagogik texnologiya metodlarini oʻrganib olishlari va taʻlim sifatini va kadrlar tayyorlash saviyasini oshirish uchun ularni amalda qoʻllashni egallashlari zarur.
Boʻlajak pedagog-oʻqituvchilarni oʻz mutaxassisliklari boʻyicha taʻlim muassasalarida fan asoslarini oʻqitishga yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishga tayyorlash ularni oliy oʻquv yurtida butun oʻqish davrida kompleks davrida amalga oshirilish kerak. Pedagogik, psixologik, falsafiy, sotsial va metodik hamda taʻlimning texnika vositalari va axborot texnologiyalariga doir bilimlarni ular tegishli fanlarni oʻrganish jarayonida oladilar, umumiy koʻnikma va malakalarni laboratoriya-seminar mashgʻulotlarida, maktab pedagogik amaliyot oʻtish davrida egallab boradilar.
Pedagogik texnologiyaning maqsadi – taʻlim jarayonining yetarli samaradorligini taʻminlash va talabalar tomonidan oʻqitishning koʻzlangan natijalariga erishish kafolatidan iboratdir.
Pedagogik texnologiyaning vazifasi:
Pedagogik texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha koʻnikmalarni shakllantirish hamda pedagogik texnologiyalarni loyihalash boʻyicha bilimlar va koʻnikmalarni shakllantirish.
Pedagogik texnologiyalarni oʻzlashtirish psixologiya, pedagogika, kasbiy taʻlim uslubiyoti va pedagogik mahorat fanlaridan olingan bilimlarga asoslanadi.
Pedagogik texnologiyaning bosh vazifasi ommaviy taʻlim sharoitida oddiy «oʻrtacha» pedagoglarga oʻqitishning samaradorligiga erishishini taʻminlash hisoblanadi.
Pedagogik texnologiyaning oʻrganish sohasi predmeti oʻqitish tizimi hisoblanadi.
Oliy taʻlim muassasalarida, oʻqitish – oʻquv materialining toʻla oʻzlashtirilish printsipiga tayanmogʻi lozim, yaʻni fanning oʻquv dasturiga asoslangan oʻquv materiali, guruhning barcha talablari tomonidan toʻla oʻzlashtirilishi zarur.
«Oʻquv materialining toʻla oʻzlashtirilishi» tushunchasi nimani anglatadi? Har qaysi mavzu boʻyicha oʻrnatilgan darajadagi bilim olishga erishilishi, oʻquv materialini toʻla oʻzlashtirish printsipini anglatadi. Chet elda oʻtkazilgan koʻp sonli tadqiqotlarga koʻra «talabalarning toʻla oʻzlashtrilishi» tushunchasi oʻquv materialining guruhdagi har bir talaba tomonidan 80-90% ga oʻzlashtirilishi tushuniladi, yaʻni har bir talaba oʻquv fanini oʻrtacha 85% ga oʻzlashtirishi zarur. Bunday natija faqat juda katta tajribali ajoyib professor-oʻqituvchilarda esa oʻquv materialining bunday oʻzlashtirilishini faqat iqtidorli talabalar berishi mumkin.
Bu sharoitda, qanday qilib talabalarning toʻla oʻzlashtirishiga erishish mumkin? Bunga erishishning uch yoʻli bor:
Birinchi yoʻl: oʻzlashtirish mezonini pasaytirish, hozirgi paytda shundan foydalanayapti, shuning uchun ham hozirgi paytda oʻquv materialini, oʻquv fanini 55% oʻzlashtirgan talaba oʻzlashtiradigan talaba deb hisoblanadi.
Oliy taʻlimning Davlat taʻlim standarti kadrlarning saviyasi va tayyorgarlik darajasiga qoʻyiladigan minamal talablar chegarasini belgilaydi. Agar bu minimal talablar 55% ga oʻzlashtirilsa, har bir fan boʻyicha talaba oʻzlashtirishining umumiy integral bahosi qancha boʻladi degan savol tugʻiladi. Tabiiyki, bu yoʻlning istiqboli yoʻqdir.
Ikkinchi yoʻl: professor-oʻqituvchilar tarkibini faqatgina oliy darajali ajoyib professor va dotsentlar asosila tuzish. Ularning har biri oʻziga xos oʻqitish usullari va yoʻllari tufayli tayyorgarlik darajasi butunlay har xil boʻlgan, talabalarni toʻla oʻzlashtirishni taʻminlaydilar. Haqiqatda, bir guruhda kirishdagi bali 80 dan 200 gacha boʻlgan talabalar oʻqishi mumkin. Bu yoʻl – haqiqatdan uzoq, ideallashtirilgan yoʻldir.
Talabalarning hammasi iqtidorli boʻlmaganidek, professor oʻqituvchilar tarkibining hammasi ham iqtidorli, oliy darajali boʻlmaydi.
Uchinchi yoʻl: oʻquv jarayoniga pedagogik texnologiyalarni joriy etish boʻlib, ular oʻqish va oʻrgatishning asosiy elementlarini oʻrnatib, oʻzida oliy darajadagi pedagog olimlarning oʻqitishdagi uslub va yoʻllarini mujassamlashtirgan boʻladi.
Ishlab chiqarishda, malakasi uncha yuqori boʻlmagan oddiy ishchi tayyor texnologiya boʻyicha oliy sifatli mahsulot ishlab chiqarganidek, oddiy oʻqituvchi, pedagogik texnologiyani qoʻllab, ajoyib natijalarga erishadi. Pedagogik texnologiyaning qimmati va ahamiyati aynan shu bilan belgilanadi.
Ommaviy oʻqitish sharoitida talabalarning toʻla oʻzlashtirishga erishishini taʻminlaydigan yagona toʻgʻri yoʻl – shu yoʻldir. Pedagogik texnologiya, ishlab chiqarish texnologik jarayoniga oʻxshab koʻzlangan (rejalashtirilgan) natijalarga erishishni kafolatlaydi.
Pedagogik texnologiyalarning oʻzi nima va u anʻanaviy taʻlimdan nima bilan farq qiladi?
Hozirgi kunda pedagogik adabiyotlar, taʻlim muammolariga oid maʻruzalar, rasmiy hujjatlarda «Progressiv pedagogik texnologiya», «Zamonaviy taʻlim texnologiyasi» iboralari keng qoʻllanilmoqda. Ammo «Pedagogik texnologiya» tushunchasi hali ham bir qolipga tushirilmagan, entsiklopediyalarda izohlanganicha yoʻq, mazmunining yagona talqini ham ishlab chiqilmagan va shuning uchun iboraning bir-biridan farqlanuvchi koʻpgina taʻriflari mavjud.
Respublikamizning pedagogik olim va amaliyotchilari ilmiy asoslangan hamda Oʻzbekistonning ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashgan taʻlim texnologiyalarini yaratish va ularni taʻlim amaliyotida qoʻllashga intilmoqdalar. Bu yerda nima uchun bugungi kunda pedagogik texnologiyalarning milliy nazariy asosini yaratish va amaliyotga tadbiq etish zarurati tugʻildi, degan savol paydo boʻlishi mumkin. Jamiyatimizga qanchadan-qancha bilimli kadrlarni va yuqori malakali olimlarni yetishtirib kelgan pedagogika klublari mavjudki, ularning eskirib, talabga javob bermay qolgan va mafkuralashtirilgan joylarini oʻzgartirib, milliy tus berib, foydalanaversa boʻlmaydimi? Degan mulohazalar ham yoʻq emas. Oʻzbekistonning shu kundagi pedagogik jamoatchiligining aksariyati, aynan mana shu yoʻldan bormoqda. Bu yoʻl ilojsizlikdan izlab topilgan boʻlib, qisqa muddat xizmat qilishi mumkin. Mustaqillikni qoʻlga kiritgan va buyuk kelajak sari intilayotgan jamiyatga bu yoʻl uzoq xizmat qilolmaydi. Chunki, birinchidan, maʻlum sabablarga koʻra jahon hamjamiyati taraqqiyotidan ortda qolib ketgan jamiyatimizning taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan oʻrin olishi uchun, axolii taʻlimini jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida eng ilgʻor pedagogik tadbirlardan foydalanish zarurligi; ikkinchidan, anʻanaviy oʻqitish tizimi yozma va ogʻzaki soʻzlarga tayanib ish koʻrishi tufayli «axborotli oʻqitish» sifatida tavsiflanib, oʻqituvchi faoliyati birgina oʻquv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib qolganligi; uchinchidan, fan-texnika taraqqiyotining oʻta rivojlanganligi natijasida axborotlarning keskin koʻpayib borayotganligi va ularni yoshlarga bildirish uchun vaqtning chegaralanganligi; toʻrtinchidan, kishilik jamiyati oʻz taraqqiyotining shu kundagi bosqichida nazariy va empirik bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega boʻlgan, aniq yakunga asoslangan texnik tafakkurga oʻtib borayotganligi; beshinchidan, yoshlarni mukammal tayyorlash talabi ularga eng ilgʻor bilim berish usuli hisoblangan obʻyektiv borliqqa tizimli yondashuv tamoyilidan foydalanishni talab qilishdadir.
Taʻlim texnologiyasi sanab oʻtilgan beshta sababiy shartlarning barcha talablariga javob beradigan taʻlimiy tadbirdir.
Bu zaruriyat shu vaqtgacha tahsil oluvchilar yopiq tafakkur paradigma (namuna, misol)lari asosida oʻqitilganligi, ularda oʻzgacha nuqtai nazarni tan olmaslik, faqat oʻz fikrini toʻgʻri deb bilish shakllanganligidandir. Bu hol har qanday taraqqiyotga gʻov boʻlib, shu paradigmada yurgan kishilarni inqiroz sari yetaklaydi.
Jamiyatimiz jadallik bilan taraqqiy etib, iqtisodiy va siyosiy mavqei kundan-kunga ortib bormoqda. Ammo ijtimoiy sohada va ayniqsa, taʻlim-tarbiyada depsinish va umumiy taraqqiyotdan orqada qolish sezilmoqda. Bunday noxush vaziyatdan chiqib ketish yoʻllaridan biri taʻlim-tarbiya jarayonini qabul qilingan davlat standartlari asosida texnologiyalashtirishdir.
Taʻlim jarayoniga mukamallik, aniqlik, yoʻlga solinganlik, tartiblilik, ravonlik, vazminlik alomatlarini berish orqali samaradorligini oshiruvchi tadqiqot olib borilgan.
Didaktikaning asoschisi Yan Amos Komenskiy XVII asrdayoq taʻlimning «Vaqt, fanlar va uslublarni mohirona taqsimlashni boshqa narsani talab qilmaydigan umumiy tartibdagi oʻqitishning yagona mukammal uslubi topilsa, hamma narsa toshlari toʻgʻri muvozanatlangan soatdek, faqat ana shunday mahorat yaratilgan asbobda erishish mumkin boʻlgan bexatolik bilan ilgarilaydi».
Zamonaviy pedagogikada ham, taʻlimni shunday modellari, unga nisbatan shunday yondashuvlar ishlanmoqdaki, ular taʻlimga, ishlab chiqarish – texnologik jarayon, maʻlum sharoitlarda va belgilangan vaqt ichida koʻzlangan taʻlim maqsadlariga erishishni kafolatlaydigan xarakterni berish imkoniyatini yaratadi.
T.S. Nazarovaning qayd etishicha, pedagogik texnologiya 70-yilarning boshlarida AQShda yuzaga kelgan boʻlib, uning asoschisi taniqli olimlar B.Blum, D.Kratvol, N.Gronlund, J. Kerrol, J. Blok, L. Anderson va boshqalardir.
Pedagogik texnologiya oqimi deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarga tez tarqaldi, YuNESKO kabi nufuzli tashkilot tomonidan tan olindi va qoʻllab-quvvatlandi va hozirgi kunda koʻpgina mamlakatlarda muvaffaqiyatli oʻzlashtirilmoqda, qoʻllanilmoqda. Koʻpgina mamlakatlar pedagogik texnologiyadan foydalanib, oʻquvchilar oʻzlashtirishini oshirishda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdilar. Masalan, Janubi Koreyada pedagogik texnologiya boʻyicha tajriba-sinov tarzida oʻqitayotgan 50 ming boladan 75 foizida anʻanaviy oʻqitishda faqat eng yaxshi oʻquvchilar erishadigan natijalar qoʻlga kiritilgan. Taʻlimni texnologiyalashtirishning asosini, taʻlim jarayonini, uning samaradorligini oshirish va taʻlim oluvchilarni, berilgan sharoitlarda va ajratilgan vaqt ichida vaqt ichida loyihalashtirilayotgan oʻquv natijalariga erishishlarini kafolatlash maqsadida toʻliq boshqarish gʻoyasi tashkil etadi. Bunday yondashishning mohiyati, taʻlim jarayonini tizimlashtirishdan – uni aniq rasmiylashtirilgan va detallari boʻyicha aniq elemntlarga boʻlib tashlash yordamida maksimal shakllantirishdan iborat.
Taʻlim texnologiyasining predmeti – taʻlim tizimini kontseptual asoslariga dalil keltirishdan, maqsadlarni qoʻyishdan, natijalarni shakllantirishdan, oʻquv materialini tanlash va strukturalashtirishdan, taʻlim modelini tanlashdan, to ularni amalga oshirishgacha, ularning optimallik va samaradorlik darajasini baholashgacha loyihalashtirishdan tarkib topgan.
Bizda taʻlim nazariyasi va amaliyotida oʻquv jarayoniga texnologik xarakterni kiritish 50-yillardan boshlangan. Ular anʻnaviy oʻqitish uchun texnik vositalar majmuasini yaratishda oʻz ifodasini topgan. Hozirgi vaqtda pedagogik texnologiyaga oddiygina «oʻqitishning texnik vositalaridan yoki kompyuterlardan foydalanish sohasidagi tadqiqotlar sifatida qaralmaydi: bu oʻqitish samaradorligini oshiruvchi omillarni tahlil qilish va qoʻllash yoʻli bilan qoʻllanilayotgan usullarni baholash vositasida taʻlim jarayonining tamoyillarini aniqlash va optimallashtirish usullarini ishlab chiqish maqsadidagi tadqiqotlardir»39 V.P. Bespalko boʻyicha, barcha taʻlim va tarbiya ishlarini pedagogik texnologiya yoʻliga oʻtkazish – oʻquv amaliyotini, pedagogik jarayonni qurish va amalga oshirishda ixtiyoriylikdan, uning har bir elementini va bosqichini tartibli asoslashga, obʻyektiv tashxis qilinadigan yakuniy natijaga iyetilishiga keskin ravishda burilishini ifodalaydi.
Maʻrifatli va rivodlangan mamlakatlarda muvaffaqiyat bilan qoʻllanib kelinayotgan taʻlim texnologiyalarini oʻrganb, xalqimizning milliy pedagogika anʻanalaridan hamda taʻlim sohasining shu kundagi holatidan kelib chiqqan holda Oʻzbekistonning milliy taʻlim texnologiyasini yaratish lozim.
Taraqqiyotni taʻminlashda ilm-fanning oʻrni va ahamiyati beqiyos ekanligi tan olingan haqiqat. Shu sababli, yurtboshimiz tomonidan mamlakatimizning kelajagini qoʻzda tutgan holda, bugungi kunda taraqqiy topgan davlatlar ilmiy jamoatchiligining eʻtibor markazida turgan, eng ilgʻor, istiqbolli ilmiy izlanish va tadqiqot ishlarini yurtimizda rivojlantirish maqsadida Fanlar akademiyasi va oliy taʻlim muassasalari tarkibida yangi laboratoriyalarni tashkil qilish, ularning rivojlangan mamlakatlardagi ilm-fan markazlari bilan samarali hamkorlik aloqalarini oʻrnatishga erishish taklif etilmoqdaki, bu ham oliy taʻlim muassasalarining ilmiy salohiyatini yanada oshirishga, ularning amaliyot bilan integratsiyalashuvini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Mazkur vazifalarning ijrosi milliy taʻlim tazimida ham maʻlum bir oʻzgarishlarni amalga oshirishni taqozo qiladi. Mamlakat maʻnaviy yangilanishining tarkibiy qismi boʻlgan oliy taʻlim tizimini ham modernizalash, texnik yangilash, innovatson gʻoya v texnologiyalarni taʻlim tizimiga joriy qilishga erishish bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Shu bois boʻlsa kerak turli davlat grantlari doirasida innovatsion gʻoyalarni joriy etish uchun keng koʻlamli faoliyat olib borilmoqda.
Taʻlim va innovatsiyalar bir tomondan, inson faoliyatining bir sohasi boʻlib, ular kelajakni aniqlashga taʻsir koʻrsatadi. Ikkinchi tomondan taraqqiyotning oʻziga xos usuli boʻlib kelajakka yaqinlashtiruvchi harakat hisoblanadi.. Bu ikki boshlangʻich asos taraqqiyot resurslarini rivojlantiruvchi ijtimoiy mexanizmdir. Bunda soʻz taʻlim rivojining usuli yoki vositasi sifatidagi taʻlim innovatsiyalari haqida boradi. Har qanday ijtimoiy harakatni jadallashtirish, aynan intellektual mazmunni birlashtirish orqali, yagona jarayonni tashkil qilish shakli sifatida namoyon boʻladi.


Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish