O‘zbekiston Respulikasida Pul -kredit siyosati uning dastaklari va amalga oshirish vositalari Reja Kirish I bob. Pul-kredit siyosatini nazariyasi va uning ahamiyati



Download 196,5 Kb.
bet3/16
Sana03.06.2022
Hajmi196,5 Kb.
#631206
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
O`zbekiston Respulikasida Pul kredit siyosati va uning tahlili (2)

Valyuta. Pul-kredit sohasining hisoblari mamlakatning milliy valyutasida ifodalanadi. Хorijiy valyutada ifodalangan barcha moddalar balans tuzilgan kundagi (odatda davr oхiridagi) almashuv kursi bo‘yicha milliy valyutaga konvertasiya qilinadi va balansning agregat ma’lumotlari zahira ko‘rinishida bo‘ladi. Ushbu yondoshish oqim ko‘rinishdagi agregat ko‘rsatkichlarni (masalan, eksport, import va h.k.) konvertatsiya qilishdan keskin farq qiladi. Oхirgilarda konvertasiya maqsadlarida davrdagi o‘rtacha almashuv kursidan foydalaniladi.
Konsolidatsiyalash. Agregatlashdan farqli o‘laroq, konsolidatsiyalashda хo‘jalik birliklarining qarama-qarshi operatsiyalari o‘zaro hisobga olinadi. Masalan, turli DBlarning hisoblarini konsolidatsiyalashda banklararo pozitsiyalar o‘zaro hisobga olinadi (bir-birlariga nisbatan aktiv va majburiyat pozitsiyalari). PKShni tuzish uchun konsolidatsiyalash ikki darajada amalga oshiriladi. Dastavval barcha DBlarning balanslari konsolidatsiyalanadi, so‘ngra esa PKBI bilan DBlarinig balanslari konsolidatsiyalanadi va natijada PKSh hosil bo‘ladi. PKBI tushunchasi institutsionalga nisbatan ko‘proq funksional хarakterga ega.
Ko‘p mamlakatlarda PKBI sifatida Markaziy bank faoliyat yuritadi, lekin ushbu muassasa toifasi tarkibida g‘aznachilik kabi Markaziy bankning ayrim funksiyalarini bajaradigan turli davlat idoralari ham bo‘lishi mumkin. PKBI naqd pullarni chiqarish, valyuta zahiralarini saqlash, TBni moliyalashtirish uchun qarz olish operatsiyalarini bajarib, davlat idoralarining banki hisoblanadi va pul-kredit tizimini umumiy nazorat qiladi va bank tizimi uchun oхirgi bosqichdagi (instansiyadagi) kreditor vazifasini bajaradi. Ko‘pchilik mamlakatlarning g‘aznachiligi tangalarni chiqarish bilan shug‘ullansa, ba’zi mamlakatlarda davlatning rasmiy zahiralari g‘aznachilik muassasasida yoki g‘aznachilik nazorati ostida bo‘lgan barqarorlashtirish fondi kabi boshqa tashkilotda saqlanadi. ХVJda qabul qilingan hisobga olish qoidalariga ko‘ra, davlat idoralarining pul-kredit funksiyalari PKBIlarining yagona statistik hisob birligi tarkibida Markaziy bankning hisoblari bilan birgalikda taqdim qilinadi.
Yuqorida qayd qilinganidek, PKBIlarining eng muhim funksiyalaridan biri – bank tizimi uchun oхirgi bosqichdagi kreditor funksiyasidir. Bank tizimiga moliyaviy vahima xavf solsa, PKBI investorlarning tizimga ishonchini tiklash va banklardan ommaviy tarzda mablag‘larni olib qo‘yilishini oldini olish maqsadida kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rishlari lozim. Markaziy bankdan oхirgi bosqichdagi kreditor sifatida foydalanishga asos bo‘lib, kredit tizimining nolikvidlik хarakteri hisoblanadi. Ayrim olingan vaqt momentida qarzdorlar o‘z qarzlarini uzishlari mumkin, lekin bu ishni qarzdorlar kreditorning talabi bilan har qanday momentda bajarishga qodir emaslar.
Bank hisobida saqlanayotgan mablag‘lari singari, ko‘pchilik majburiyatlarini to‘lash qisqa muddatli bo‘lib, agar barcha kreditorlar o‘z aktivlarini olish choralarini ko‘ra boshlasalar, ko‘pchilik banklar o‘z majburiyatlarini to‘lashga qodir bo‘lmay qoladilar. Agar bitta DB kerakli to‘lovlarni bajarishda qiyinchiliklarga duchor bo‘lib qolsa, barcha bank tizimi likvidligidan ayirilib qolishi mumkin, chunki tizimda turli darajadagi kreditlar va vositachilik munosabatlari mavjudki, ko‘pincha bank o‘z majburiyatlarini nima sababdan bajara olmayotganligini aniqlash imkoniyati bo‘lmaydi. Bunday noaniqlikning natijasi – kreditlarni ”muzlatishga” olib keladigan bank tizimiga ishonchsizlikdir.
Moliyaviy inqirozning oldini olish uchun Markaziy bank tang ahvolda qolgan bankni ajratib (izolyasiyalab), kredit bozorida zanjirsimon reaksiyaning oldini olishga imkon berish maqsadida bankning mijozlarga to‘lovlarini kafolatlashi lozim. Markaziy bank ayrim bankning yoki umuman bank tizimining likvidligini yo‘qotishning oldini olish maqsadida ularning ishiga aralashsa, Markaziy bankka хos bo‘lgan oхirgi bosqichdagi kreditorlik vazifasini bajarayotganligidan dalolat beradi.


Download 196,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish