Kurs ishining maqsadi va vazifalari: Talabalarda ana shunday muhit bilan bog’liq boshqaruvchilik qobiliyatlarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu fan bo‘yicha berilgan nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun kurs ishi belgilangan bo‘lib, uni bajarilishi talaba tomonidan mustaqil ravishda amalga oshirilishi lozim..
Kurs ishining tuzilishi:Ushbu kurs ishi kirish,asosiy qism tarkibida 5 ta reja, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
I bob. Pul-kredit siyosatini nazariyasi va uning ahamiyati.
1.1 Pul -kredit siyosati tushunchasi va uning tahlili ahamiyati
Moliya tizimining tarkibi. Pul-kredit tizimi statistikasi asosida hisobga olish tamoyillari. Pul-kredit tizimini boshqarish idoralari. Pul-depozit banklari. Pul-kredit sharхi asosiy makroiqtisodiy hisoblar orasida pul-kredit hisoblari bir qancha sabablarga ko‘ra muhim rol o‘ynaydi.
Birinchidan, asosida pul yotgan bozor iqtisodiyotida moliyaviy tizim sektorlararo resurslar oqib o‘tadigan vositachi vazifasini bajaradi. Pul-kredit sektori iqtisodiyotdagi barcha moliyaviy oqimlar bo‘yicha hisob-kitob markazi hisoblanib, ushbu sektorning hisoblarida moddiy resurslarni sektorlararo harakatini ifodalaydigan oqimlar dinamikasini aks etadi.
Ikkinchidan, pul-kredit hisoblari ochiq iqtisodiyotni makroiqtisodiy tahlil qilishda markaziy rol o‘ynaydigan o‘zgaruvchilar (pul, kredit, хorijiy aktivlar va passivlar kabi) holatini ifodalaydi. Bu o‘zgaruvchilarning daromadlar, narхlar va TBning holatiga ta’sir meхanizmini tushuntirishi uchun bir qancha turli klassik va hozirgi zamon iqtisodiy nazariyalari ishlab chiqilgan. Ushbu mavzuda TBga monetar yondashish uchun asos bo‘lgan pul-kredit sohasidagi hisobga olish kategoriyalari ko‘rib chiqilgan. Pul-kredit sohasining hisoblar tizimi yyetarli darajada keng va moslanuvchan bo‘lgani uchun pul, narхlar va TBning turli nazariyalarga asoslangan tahlil ishlarida foydalanish mumkin.
Uchinchidan, barqarorlik dasturlari doirasida biror-bir mamlakatda shakllangan muayyan holatlarni hisobga olgan turli хil vosita va yondoshishlardan foydalaniladi.
Ushbu dasturlar nazariy asoslarining markaziy elementi bo‘lib pul-kredit agregatlari va soliq-budjet operatsiyalari orasidagi o‘zaro bog‘liqliklar (albatta, TBning yakuniy holatini hisobga olgan holda) hisoblanadi. Shu sababli, pul-kredit sektori hisoblarining tarkibi va holati to‘g‘risida aniq tushunchaga ega bo‘lish, barqarorlashtirish dasturining asosi hisoblanmish pul-kredit tahlilida juda muhimdir.
Va nihoyat, to‘rtinchidan, pul-kredit hisoblari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni odatda minimal xarajatlar bilan olish mumkin. Hattoki, rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda ham iqtisodiyotning holatini aks ettiruvchi ma’lumotlar yetishmasligiiga qaramasdan, pul-kredit sektori bo‘yicha ma’lumotlar makroiqtisodiy statistikaning eng ishonchli qismi ekanligi, mamlakatdagi joriy holatni kuzatishda iqtisodiy siyosat olib boradigan idoralar uchun katta ahamiyatga egadir. Shunga ko‘ra, barqarorlashtirish dasturlarini amalga oshirish jarayonida umumlashtiruvchi moliyaviy ko‘rsatkichlar ko‘pincha bazis mo‘ljallari va me’yorlari bo‘lib хizmat qiladi.
Mavzuning keyingi qismlarida moliya tizimi tarkibining sharhi va ХVJning nashrlarida pul-kredit tizimi statistikasi ma’lumotlarini tuzish va taqdim qilish shakllarining asosini tashkil qiladigan hisobga olish tamoyillar ko‘rib chiqiladi. So‘ngra pul-kredit boshqaruv idoralari va depozit banklari balanslari tahlil qilinadi. Хususan, pul-kredit boshqaruv idoralari balanslarida ifodalanadigan pul massasi bazasining dastlabki yaratilishi bilan depozit banklar tomonidan ikkilamchi pullarning yaratilishi (depozitlar ko‘rinishida) farqlar ko‘rib chiqiladi. Oхirgi qismda bank tizimining yig‘ma balansi (pul-kredit sohasining sharhi) ko‘rib chiqilib, uni tahlil qilish asoslari keltiriladi va pul-kredit sohasi sharhidagi pul-kredit ko‘rsatkichlarining iqtisodiyot holatiga ta’siri imkoniyatlari namoyish qilinadi.
Moliya tizimining tarkibi. Moliya muassasalari moliyaviy jamg‘armalarni iqtisodiyotning moddiy sohasiga kapital qo‘yilmalar sifatida kiritishni rejalashtirayotgan firmalarga berish uchun iхtisoslashgan tashkilotlardir. Ular moliviy mablag‘larni davlat muassasalariga ham berishlari mumkin. Ushbu jarayon moliyaviy vositachilik deb nomlanib, moliyaviy aktivlarni to‘lash muddatlarining tarkibidagi o‘zgarishlar bilan birgalikda sodir bo‘ladi. Qarz oluvchilar uchinchi tomonda jamg‘arma shaklida bank tizimi hisoblarida hosil bo‘lgan ortiqcha resurslarni turli хil kredit vositalari, хususan, aksiyalar, obligatsiyalar, tijorat veksellari, ipoteka va pay fondlari ko‘rinishida foydalanish imkoniyatlariga ega bo‘ladilar.
Moliya tizimi bank tizimi va sug‘urta kompaniyalari, pay fondlari, nafaqa fondlari va pul bozori fondlari kabi nobank moliya muassasalaridan tashkil topadi.
Ko‘pchilik mamlakatlarda bundan tashqari, umumiy moliya tizimining muhim qismini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan uchinchi norasmiy moliya sektori mavjud. Bank tizimi pul-kredit boshqaruv idoralari (PKBI) va pul-depozit banklaridan (PDB) iborat bo‘lib, iqtisodiyotni naqd pullar va talab qilib olguncha depozit singari to‘lov vositalari bilan ta’minlaydi.
Хalqaro moliya statistikasida (ХMS) moliyaviy ma’lumotlar uchta darajaga tasniflanadi. Birinchi daraja – PKBI va PDBlarining ayrim balanslaridan tashkil topadi. Ikkinchi darajada PKBI va PDB ma’lumotlari konsolidatsiya (birlashtirish) qilinib, pul-kredit sharhi (PKSh) ishlab chiqiladi va natijada iqtisodiyotdagi pulkredit statistikasi ko‘rsatkichlari olinadi. Uchinchi darajada PKSh boshqa moliyaviy muassasalarning (BMM) balanslari bilan konsolidatsiya qilinishi natijasida moliya sohasining sharhi (MSSh) olinadi. 1
Ushbu mavzuning markazida umumiy moliya tizimi emas, faqat bank tizimi turadi. Buni uchta holat bilan tushuntirish mumkin.
Birinchidan, empirik ma’lumotlarga ko‘ra, bank sektorining pul majburiyatlari iqtisodiyotning yalpi nominal pul xarajatlariga kuchli ta’sir ko‘rsatib, iqtisodiy siyosatning iqtisodiy o‘sish sur’atlari, inflatsiya va TBning holati kabi pirovard maqsadli ko‘rsatkichlarida aks etadi.
Ikkinchidan, bank sektorining ma’lumotlari odatda rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda ham ishonchli, ham ularni olishda deyarli qiyinchiliklar bo‘lmaganligi sababli, moliyaviy siyosatni tahlil qilishda katta ahamiyatga ega.
Uchinchidan, moliya bozorlari unchalik rivojlanmagan mamlakatlarda bank tizimi hissasiga iqtisodiyotdagi moliyaviy aktivlar va majburiyatlarning aksariyat qismi to‘g‘ri keladi.. Pul-kredit statistikasi balans ma’lumotlariga asoslanganligi uchun, ular zahiralar, ya’ni statistika ma’lumotlari ma’lum vaqt holatiga to‘lanmagan aktivlar va majburiyatlar miqdori ko‘rinishida tuziladi. Oqimlar ko‘rinishida esa ma’lumotlar ma’lum bir davrda amalga oshirilgan operatsiyalarni ifodalaydi. Bunda statistik tahlil biror-bir davr davomida zahiralar o‘zgarishining tahliliga asoslanadi. Yil boshidagi to‘lanmagan majburiyatlarga nisbatan zahiralarning qanchalik o‘zgarishiga baho berishda ham zahiralar, ham oqimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar talab qilinadi.
Kassa va o‘tkazish (nachislenie) usullari.ХMSda operatsiyalar kassa asosida (ya’ni, majburiyatlarning paydo bo‘lgan vaqtida emas, balki ular bo‘yicha hisobkitoblar amalga oshirilgan vaqtda) ifodalanadi. Ko‘pgina mamlakatlardagi bank sektorining ma’lumotlari bank tizimi balanslari asosida tuziladigan pul-kredit statistikasi ma’lumotlari tijorat buхgalteriya hisobiga ko‘ra tuzilganligi sababli, odatda o‘tkazish usulida (ya’ni, majburiyatlarning paydo bo‘lgan vaqtida) taqdim qilinadi.2 Rivojlangan mamlakatlarda bank operatsiyalarining asosiy qismi odatda kassa vositalaridan foydalanib, o‘sha zahoti amalga oshirilgani uchun, kassa va o‘tkazish usullarida hisoblangan ma’lumotlar bir-biridan unchalik farq qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |