2.3. Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlashda pul-kredit dastaklarini takomillashtirish
Bugungi kunga kelib dunyo markaziy banklari, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatining bosh mezoni – bu narxlar barqarorligi, inflyasiyani nazorat qilish samaradorligidir.
Kelgusi istiqbolda inflyasiyani to‘laqonli targetlash tartibi va so‘mning erkin suzuvchi kursiga o‘tish – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining strategik muhim maqsadlaridan hisoblanadi. Ammo pul-kredit siyosatining yagona maqsadli mo‘ljali sifatida inflyasiyani to‘laqonli targetlash, umuman pul-kredit siyosatini takomillashtirishda bugungi kunda Markaziy bank oldida turgan muammolar va ularning yechimlarini topish makroiqtisodiy barqarorlik va izchil iqtisodiy o‘sishni ta’minlash nuqtayi nazardan muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mamlakatimizda moliyaviy bozorlar va umuman bozor iqtisodiyotining rivojlanish darajasini hisobga olib, bugungi kunda majburiy zaxira talablari Markaziy bank olib borayotgan monetar siyosatning tayanch instrumenti ekanligi asoslidir. Ammo jahon amaliyotida ushbu instrumentdan to‘liq voz kechilayotgan (Avstraliya, Kanada, Daniya, Yangi Zelandiya, Norvegiya va Shvesiya) yoki “zahira” instrumenti sifatida foydalanilayotgan bir paytda mamlakatimizda zaxira normalarining yuqori darajada va ushbu normalarning so‘nggi 5 yil mobaynida o‘zgarishsiz qoldirilayotgani munozaralidir. Tijorat banklari depozitlarining miqdori va muddatiga ko‘ra tabaqalashtirilmaganligi, hozirgi vaqtda depozit bazasining 50 foizdan ortiq qismini talab qilib olguncha depozitlar tashkil etayotganligi banklarning resurs bazasiga salbiy ta’sir etmoqda. Bular o‘z navbatida, Markaziy bankning majburiy zaxira instrumentini liberallashtirish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda.
Markaziy bank siyosiy va iqtisodiy mustaqillikning rasmiy belgilariga ega, ammo makroiqtisodiy boshqaruv amaliyotida u manfaatdor tomonlar tarafidan doimiy bosimga duchor bo‘ladi. Markaziy bank siyosati Hukumatning, jumladan Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan olib boriladigan umumiy iqtisodiy siyosatiga bog‘liq. Har yili Markaziy bank monetar siyosatning kelgusi yilga mo‘ljallangan maqsad va vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘tgan yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda joriy yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisida belgilab beriladigan vazifalarning bajarilishiga qaratiladi.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda inflyasiyaning o‘sishi asosan nomonetar omillar ya’ni raqobatning kamligi hisobidan yuz bermoqda. Bunda ayniqsa savdo va qurilish tarmoqlarining “hissasi” katta bo‘lib qolmoqda.
Hukumatning ta’rif siyosati, inflyasiyani nazorat qilish nuqtayi nazardan birinchi o‘rinda turishi zarur. Inflyasiyaning maqsadli mo‘ljallariga muvofiq ravishda kommunal xizmatlar (gaz, elektr va boshqalar), neft mahsulotlari, transport xizmatlari va boshqa tashqi omillar bo‘yicha narxlarning oshishini hisobga olish darkor. Ta’rifli boshqaruv inflyasiyaning maqsadli mo‘ljallariga bo‘ysunuvchi aloqada bo‘lishi zarur.
2015 yilda yalpi ichki mahsulot deflyatori prognozining 2014 yildagi 12,6 foizdan 12,1 foizgacha pasayishi, iqtisodiyotda ishlab chiqarish hajmi va samaradorligini oshirish hamda mahsulot tannarxini pasaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi va jahon bozoridagi xomashyo va tovarlar narxlari dinamikasining prognozini inobatga olib, 2015 yil uchun inflyasiya darajasi maqsadli ko‘rsatkichi 2014 yildagi ko‘rsatkichga (6-7 foiz) nisbatan pasaytirilib, 5,5-6,5 foiz doirasida belgilanmoqda.6 Inflyasiya darajasining belgilanayotgan maqsadli parametrlar doirasida bo‘lishini ta’minlash va yalpi ichki mahsulotning ko‘zda tutilayotgan o‘sish sur’atini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadlaridan kelib chiqqan holda, 2015 yilda o‘rtacha yillik pul massasining yalpi ichki mahsulotga nisbatini 1,0 foiz banddan yuqori bo‘lmagan miqdorida oshirish ko‘zda tutilmoqda.
Umuman olganda, yuqorida sanab o‘tilgan chora-tadbirlarning uyg‘unlikda amalga oshirilishi va monetar siyosat instrumentlarini qo‘llash mexanizmlarini bozor tamoyillari asosida takomillashtirib borilishi Markaziy bank tomonidan olib borilayotgan pul-kredit siyosatining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’sir kanallarini kuchaytirishga, bank tizimi likvidligini ta’minlashga va pul bozorida ijobiy foiz stavkalarining shakllanishiga xizmat qiladi.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlashda iqtisodiy siyosatning bevosita dastaklaridan foydalanish bilan bir vaqtda, uning fiskal va monetar dastaklaridan ham unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’milashda iqtisodiy siyosatning bilvosita dastaklari uning bevosita dastaklariga nisbatan ancha samarali bo‘lib, iqtisodiy o‘sishning o‘ziga xos «katalizatori» vazifasini bajaradi.
Xozirgi kunda tijorat banklari pul massasi oqimining asosiy qismini jamlaydilar va shu sababli ham pul kapitalining harakatida hal qiluvchi rol o‘ynaydilar. Har qanday jamiyat bank tizimini keskin inqiroz va larzalarsiz, barqaror faoliyat ko‘rsatishi, ularga o‘z mablag‘larini ishonib topshirgan omonatchilar va kreditorlarning manfaatlarini himoya qilish, xalqning ularga bo‘lgan ishonchini saqlab turish va shu yo‘l bilan mamlakatda yuz berishi mumkin bo‘lgan noxush iqtisodiy vaziyatlarni oldini olish maqsadida ushbu banklar faoliyatini tartibga solish jamiyat oldida turgan o‘ta dolzarb vazifalardan biri sanalanadi.
O‘zbekiston tijorat banklari o‘z faoliyatlari davomida qator muammolarga duch keladilar, ularni hal qilish esa iqtisodiyotimizning kelajakdagi tarakkiyoti uchun muxim xayotiy masaladir. Bu muammoni birinchi navbatda, ko‘pchilik bank mijozlarining qonikarsiz moliyaviy ahvoli keltirib chikaradi. Sir emaski, kachonlardir uz bank tizimlarini isloh qilgan mamlakatlarning qariyb barchasi u yoki bu darajada shu muammoni xal qilish zarurati bilan to‘qnashganlar.
Jaxon bank tizimida ruy berayotgan tub o‘zgarishlar, MDH mamlakatlari bank tizimiga ham tobora ko‘prok ta’sir ko‘rsatayotir. Xush, gap kaysi o‘zgarishlar to‘g‘risida bormoqda?
Birinchidan, bu o‘zgarishlar to‘lovlarning yangi integrasiya vositalarini yuqori sur’atlar bilan shakllantiradigan bank operasiyalarini kompyuterlashtirshning texnologik inkilobi bilan boglik. Bu jarayenlar talaygina moliyaviy xarajatlar talab kiladi, bank ishi kimmatlashadi, birok uning samaradorligi va uning tezkorligi oshadi, bu esa xarajatlar o‘sishini qoplaydi.
Ikkinchidan, bank ishida usib borayotgan raqobat banklarning kushilib ketishiga olib keladi, bu esa sarmoyalar bozorida va iqtisodning investisiyalar sohasida yangi sharoitlarni vujudga keltiradi. O‘zbekistonning bank tizimi unga kam quvvatli talay banklar kirganligi sababli, yakin vakt ichida bu ta’moyilning ta’sirini boshdan kechiradi. Bu xodisaga respublika bank xizmati bozorida anchagina raqobatbardosh va samarali bulgan chet el banklarining paydo bulishi ham yordam beradi.
Uchinchidan, bu an’anaviy bank xizmatlari bozoriga tobora shaxdam odimlar bilan kirib kelayotgan bankdan tashkari tuzilmalar bilan raqobatning kuchayishi. Jumladan, aholiga kredit kartochkalari bilan xizmat ko‘rsatish sohasida turli xildagi tijorat tuzilmalari faoliyat ko‘rsata boshlaydilar.
To‘rtinchidan, bank ishlariga bu xizmatlarning ko‘p sonli iste’molchilari ta’siri ortadi. Iste’molchi operasiyalarining tezligi va sifati, xisob-kitoblarning kulayligi, mijozlarning extiyojlariga dikkat-e’tibor karatilishiga nisbatan banklarga tobora kattik talablar kuya boshlaydi. Bank tizimi xozir xal qilinishi kiyin bulgan dilemmaning keskinlashuvi sharoitida turibdi. Kuyilmalarni jalb qilishda banklar ekspansiyasi va omonatchilarni zararlardan kafolatlash urtasida asosiy muvozanatsizlik mavjud. Kafolatlar moliya institutlariga kushimcha kuyilmalarni jalb qilish imkonini beradi. Kuyilmalar faoliyatining omonatchilar tomonidan boshkarilmasligi esa, banklarga bu kuyilmalardan foydalanishda keng imkon yaratib beradi. Bu ikki omilning uzaro uygunligi kreditlash xajmlarining usishi uchun sharoit yaratadi. Birok bu boshkarilmaslik g‘oyasining kuchayishi bilan xavf-xatar va kompensasiya urtasidagi muvozanatsizlik ortadi. Shuning uchun ham bank tizimini rivojlantirish va boshkarishga nisbatan samarali siyosat olib borish zarur. Bu vazifalarning barchasi bank menejmenti bilan boglikdir.
Ba’zi bir mijozlar kredit olish, uni tuldirish jarayonida oldingi davrdagi kabi kredit ob’yektlari buyicha xujjat tudiradilar, ba’zi bir mijozlar esa yangi usul yordamida kredit olish uchun xarakat kiladilar. Bularning barchasi xozirgi davr kredit berish tizimiga utish davrini boshidan kechirayotganidan xabar kiladi. Utish davrining asosiy kamchiliklari bulib esa quyidagilar xisoblanadi.
1. Turli tijorat banklari faoliyati xali ham eski kredit berish usullarining saklanib kolayotganligidir.
2. Tijorat va maxsus banklarning texnik jixatdan tulik rivojlanmaganligi, texnologiyaning to‘la-tukis bank operasiyalari joriy qilinmaganligidir.
Ma’lumki islohotlarning strategik maqsadlari sifatida quyidagilar belgilangan edi.
ijtimoiy yunaltirilgan bozor iqtisodiyotini boskichma-boskich isloh qilish, milliy boylikning usishini, kishilarning yaxshi xayot kechirish va faoliyatini ta’minlovchi baquvvat xamda dinamik rivojlanuvchi iqtisodiy tizimni yaratish;
mulchilikning turli shakllariga asoslangan iqtisodiyotni yuzaga keltirish, odamlarning mulkka bulgan munosabatlarini o‘zgartirish, xususiy mulkchilikni tashabbuskorlik va tadbirkorlikni har tomonlama rivojlantirishning asosi sifatida davlat tomonidan himoya qilishini ta’minlash;
korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy imkoniyatlar berish davlatning ularning faoliyatiga bevosita aralashuvidan voz kechish, iqtisodiyotni boshkarishning ma’muriy-buyruqbozlik usullariga barham berish, iqtisodiy vositalar va rag‘batlantirishlaridan keng foydalanish;
iqtisodiyotda moddiy, tabiy va mexnat resurslaridan samarali foydalanish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chikarish, jaxon iqtisodiy tizimiga ko‘shilishni ta’minlovchi chuqur tuzilmaviy islohotlarni amalga oshirish;
kishilar ongida yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish, ularning dunyoqarashini o‘zgartirish, har bir kishiga mehnat qilish sohasi va shakllarini mustaqil tanlash imkoniyatini berish.
Birinchi navbatda banklar, ularning muassislari kapitallashuv darajasini oshirish bo‘yicha boshlangan ishlarni oxiriga yetkazishi, o‘z nizom jamg‘armasi miqdorini belgilangan ko‘rsatkichlarga olib chiqishi lozim. Bugungi kunda banklarda omonatlarning ko‘payishiga, ularning bank tizimiga jalb etilishiga nimalar to‘sqinlik qilayotganini har tomonlama chuqur tahlil qilish va bu borada qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish kerak. Bu o‘rinda gap aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bo‘sh mablag‘larini bank sektoriga jalb qilishda ta’sirchan va uzoq muddatli rag‘batlantirish omillarini tashkil etish, iqtisodiyotning real sektoriga kredit ajratishni ko‘paytirish uchun banklarning imkoniyatini kengaytirish haqida bormoqda. Bu esa O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan tijorat banklari bilan birgalikda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlariga kreditlar ajratish, birinchi navbatda, investisiya maqsadlari uchun uzoq muddatli kreditlar ajratish mexanizmlarini yanada takomillashtirish va ularning hajmini oshirish, boshlang‘ich kapitalni shakllantirish, mikrokreditlar berish ko‘lamini kengaytirish borasidagi ishlarni davom ettirishni talab etadi.
Tijorat banklari umumiy kapitalini o‘stirish, shu jumladan ularning qo‘shimcha aksiyalarini chiqarish orqali oshirish, 2011-2015 yillarda uning o‘rtacha 2,1 martaga oshirilishini ta’minlash;
Xulosa qilib aytganda bank tizimini rivojlantirish va mustahkamlash masalasi doimo e’tiborimiz markazida bo‘lib kelmoqda va bu o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda. Biroq, bu boradagi ishlarni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish kerak. Nega deganda, aynan banklar, ta’bir joiz bo‘lsa, butun iqtisodiyotimizni oziqlantirib turadigan qon tomirlari hisoblanadi, mamlakatimizning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligi ko‘p jihatdan ularning samarali faoliyatiga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |