SOMATOMETRIK KO’RSATKICHLARNI ANIQLASH
Somatometriya - tana uzunliklari, diametrlari, aylanalar va tana og’irligini o’lchashdan iboratdir. Uzunliklarni o’lchash: tana uzunligi (tik holda) organizmdagi plastik jarayonlar holati bilan tavsiflanadi va yog’och bo’y o’lchagich yoki metall antropometr yordamida o’lchanadi. Yog’och bo’y o’lchagich 2 metrli yog’och ustundan iborat bo’lib, keng platformaga mahkamlangan. Yog’och ustun bo’yicha mufta bilan planshyotka harakatlanadi. Ustunning ikki yon tomonidan santimetrlarga bo’lingan: bir tomonidan hisoblash platformadan boshlansa, ikkinchi tomonida o’tirg’ichdan boshlanadi. Bo’y o’lchagich maydonida o’tirgan holda bo’yini o’lchash uchun ochiladigan o’tirg’ich o’rnatilgan. O’tirg’ich balandligi bolalar uchun 25 santimetr, kattalar uchun 35-40 santimetrli bo’lishi kerak.Tekshiriluvchining turgan holatda bo’yini aniqlash uchun platformaga yelkasi bilan turg’aziladi. Tekshiriluvchi qaddi-qomatni tik, yelkalarni to’g’ri tutib, qo’llarni tanasi bo’ylab cho’zgan holatda oyoqlarni birlashtirib turadi.Bunda tekshiriluvchining tovoni, dumbasi va kuraklararo qismi bo’y o’lchagichni vertikal taxtasiga tegib turishi kerak. Boshini shunday to’tish kerakki bunda ko’zning pastki burchagi bilan quloqning yuqori burchagidan o’tgan chiziq bir gorizontal tekislikda yotsin. (1- rasm)
Bo’y o’lchagichning siljuvchi taxtasi shu turgan holatda boshning eng yuqori sagital chizig’igacha suriladi. Bo’y o’lchash platformaning vertikal taxtasi bo’yicha olib boriladi. O’lchash aniqligi 0,5 santimetr. Ikki yoshgacha bo’lgan bolalar tana uzunligini o’lchashga moslashtirilgan bo’y o’lchagich 100-120 santimetrli yog’och doskadan iborat bo’lib, ikkita planshyotkaga ega. Ulardan biri (siljimaydigan) bola kallasini ushlab turish uchun xizmat qiladi, ikkinchisi bola oyoqlariga keltiriladi. O’lchash vaqti bola yelkalari bo’y o’lchagich doskasiga to’g’rilanadi, oyoqlari oldinga uzatiladi, tovoni to’g’ri burchak ostida bukiladi, bosh ko’zning tashqi burchagi va quloqning yuqori burchagi bir vertikal chiziqda joylashtiriladi. Doska yonida shtrixlangan lineykasi bor. Yog’och bo’y o’lchagich bilan o’tirgan vaqt turgan holatda tana uzunligi o’lchanadi. (2-rasm)
Antropometr bilan tananing turli uzunliklari o’lchanadi. Antropometr bir xil uzunlikdagi 4 ta metall shtangalardan iborat. Antropometrni umumiy uzunligi 2 metr. Yuqori shtanga oxiriga harakatsiz mufta qotirilgan, unga lineyka qo’yiladi. Ikkinchi mufta antropometrning butun uzunligi bo’yicha siljib yuradi, unga ham lineyka biriktirilgan. (3-rasm) Antropometrning butun uzunligi 1mm li bo’lakchalardan iborat shkalalardan tashkil topgan. Bu pastdan yuqoriga qarab o’lchanadi. Bosh tomondan yuqoridan pastga o’lchanadigan 100 sm li shkalasi bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |