Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigiyenasi fanini o‘qitishdan maqsad - nazorat ostidagi ob’ektlarda davlat sanitariya nazorati olib borish uchun nazariy va amaliy tayyorgarlikni ta’minlash, mulkchilikning shakllaridan qat’iy nazar turli ta’lim muassasalarida Davlat sanitariya nazorati o‘tkazishda amaliy ko‘nikmalarni o‘rganish..
Fanni vazifaci: -bolalar va o‘smirlar jamoasi salomatlik holati va jismoniy rivojlanishini o‘rganish va taxlil qilish;
-bolalar va o‘smirlar salomatlik holatiga tashqi muhit omillarini tasirini gigiyenik baholashni o‘rganish;
- bolalar va o‘smirlar muassasalarini loyihalashtirish, qurish va qayta qurishda davlat sanitariya nazorati olib borish, bolalar jihozlarini ishlab chiqarish ustidan davlat sanitariya nazorati olib borish;
- bolalar talim tarbiya sharoitini gigiyenik baholash;
- bolalar va o‘smirlar muassasalarida xodimlar va tarbiyalanuvchilar orasida sog‘lom turmush tarzini tashkillashtirish;
Fan bo‘yicha talabalarning bilim ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi.
Talaba: -hozirgi bosqichda BO’Gning dolzarb muammolari;
-hozirgi sharoitda bolalar va o‘smirlar salomatlik holatini saqlash va mustahkamlashda SEO va JSX boshqarmasi vazifalari;
- SEO va JSX boshqarmasi BO’GB ishining konuniy xujjatlari va vrachning asosiy ish haqida;
- BO’GB vrachining ish rejasi va to‘ldirish tartibi haqida;
-xatlar, ma’lumotnomalarni va dalolatnomalar turlari haqida;
- sanitariya tekshirish turlari va samaradorligini baholash haqida ;
-bolalar jamoasi kun tartibini o‘rganishning uslubiy asoslari haqida;
-maktabda o‘quv jarayonini o‘rganishning uslubiy asoslari haqida;
-organizmning funksional holati va ishlash qobiliyatini o‘rganishning uslubiy asoslari haqida
-TTMlarda ovqatlanishni tashkillashtirish va maxsulotlarni tarqatishda joriy sanitariya nazoratining xususiyatlarini;
-to‘g‘ri tana holatini baholash mezonlari haqida;
-jihozlarni asosiy o‘lchamlari;
-differensiya, distansiya;
-jixozlarni joylashtirish;
-bolalar va o‘smirlar bo‘yi va salomatlik holatiga mos qilib jixozlarni tanlashni;
-organizmning funksional holati va ishlash qobiliyatiga ta’sir etuvchi ekzogen, endogen, tabiiy va ijtimoiy-gigiyenik omillar;
-umumta’lim maktabida dars jadvali tuzishni baholash mezonlari;
-bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan maktab-internatlarda maxsuslashtirilgan va sanator-sog‘lomlashtiruvchi muassasalarda kun tartibi va dars jadvalani tuzishning xususiyatlari;
-bolalarga ta’lim berishda kompyuterlardan foydalanishning gigiyenik aspektlari;
-xronometraj, xronorefleksometriya, tremorometriya; dinamometriya; aktografiya; anketa so‘rov usuli va x.k.
-umumta’lim maktablarida mehnat ta’limi darslarini tashkillashtirish xususiyatlarini;
-turli kasblarni tanlash uchun kasbiy maslahat va kasbga ajratishni tibbiy asoslari;
-maktab o‘quvchilar va o‘smirlarni kasbga yo‘naltirishning ahamiyati;
-kasbiy shifokor maslahatining asosiy mezonlari;
-o‘smirlar organizmiga asosiy kasbiy ishlab chiqarish omillarining ta’siri;
-kasbiy maktablarda o‘quv-ishlab chiqarish jarayonining xususiyatlarini;
-bolalar va o‘smirlar muassasalarida laborator-instrumental tekshirish ishlarini olib borishni bilishi va ulardan foydalana olishi;
- maktabgacha ta’lim tashkiloti loyihasini ekspertiza qilish va gigiyenik baxolash;
-umum ta’lim maktablari loyihasini ekspertiza qilish va gigiyenik
baxolash;
- bolalar o‘yinchoklarini gigiyenik baholash;
-bolalar va o‘smirlar kiyimini sanitariya gigiyenik baxolash;
-umum ta’lim maktab darsliklarini sanitariya gigiyenik baholash;
-maktabgacha ta’lim muassasalari kun tartibini sanitariya gigiyenik baholash;
- umum ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini gigiyenik baholash.
-jismoniy tarbiyaning tashkil etilishi va yaratilgan sharoitlarini gigiyenik baholash:
-bolalar va o‘smirlarning jismoniy rivojlanishini gigiyenik
baholash;
-jismoniy yuklamaning fiziologik egriligini sanitar gigiyenik baxolash;
-maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni maktabga yetukligini baxolash;
-bolalar poyabzallarini sanitar gigiyenik baholash;
-maktab jihozlarni sanitar gigiyenik baholash;
-o‘smirlarni kasbga yo‘naltirilishini gigiyenik baho berish amaliy ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.