Turkistonda sovet hokimiyatining o’matilish.
Bolsheviklar Markazda siyosiy hokimiyatni
qo’lga kiritgach, Turkistonda ham sovet hokimiyatini qaror toptirishga intildilar. Turkistonda
sho’rolar hokimiyatini o’rnatish g’oyatda murakkab jarayonda kechdi. Buning boisi, avvalo,
oktabr g’oyalarining mahalliy tub joy aholining dili va shuuriga botmaganligidadir. Negaki, bu
zamin aholisi bolsheviklar partiyasi dasturida nazarda tutilgan sotsialistik o’zgarishlar orqali
hamma narsani umumlashtirish va milliylashtirishni yoqtirmasdi. Mahalliy xalq o’zining tarixan
tarkib topgan, asrlar davomida shakllangan o’ziga xos turmush tarzini, yashash sharoitini,
xo’jalik yuritish, idora qilish tartib-qoidalarini bir lahzada tubdan o’zgartirishni xohlamasdi. Bu
narsa uning ongi, tafakkuriga, milliy o’zligi va ma’naviy qiyofasiga mos kelmasdi. Ayniqsa
bolsheviklarning
ateistik
ruhdagi mafkurasi, uning hujumkor yo’nalishi islom qadriyatlari doimo
e’zozlanib kelingan bu yurt odamlarining ruhiyati va dunyo qarashi bilan singisha olmasdi. Bir
so’z bilan aytganda, mahalliy tub yerli aholi tabiiy ravishda oktabr g’oyalarini qabul qilmadi va
unga moyillik ko’rsatmadi. Biroq begona maslak va g’oyalar bolsheviklar partiyasi va uning
Turkistondagi yalovbardorlari tomonidan kuch va zo’rlik bilan o’lka xalqlariga majburan
tiqishtirildi.
Toshkentda faoliyat ko’rsatayotgan, asosiy tarkibi yevropalik aholi vakillaridan iborat
harbiy qismlar, ishchi otryadlari mahalliy bolshevistik tashkilotlar boshchiligida qurolli
qo’zg’olon yo’li bilan sovet hokimiyatini qaror toptirishga kirishdilar. Bolshevik V.S.Lyapin
boshchiligida inqilobiy qo’mita tuzildi va qo’zg’olon boshlandi. 1917-yil 27-oktabr oqshomida
Toshkentda boshlangan qo’zg’olon natijasida 1-noyabrga kelib Muvaqqat hukumatning
Turkiston Qo’mitasi ag’darildi. General Korovichenko va Muvaqqat hukumatning Turkiston
Qo’mitasi a’zolari qamoqqa olindi. Toshkentda Sovet hokimiyati o’rnatildi. Turkiston o’lkasida
sovet hokimiyatini o’rnatish jarayoni qonli, fojiali voqealar bilan bog’liq holda kechdi.
Jumladan, Farg’ona viloyatida sovet hokimiyatini o’rnatish jarayonida, Marg’ilonda 7 ming,
Andijonda 6 ming, Namanganda 2 ming begunoh kishilar qirg’in qilindi. Samarqand,
Kattaqo’rg’on, Yangi Buxoro, Termiz va boshqa shaharlarda ham sovet hokimiyati o’rnatildi.
Turkistonda sovet hokimiyati organlarini tuzish vaqtida ham bolshevik yo’lboshchilarning
ulug’davlatchilik va
shovinistik
siyosati to’la kuch bilan namoyon bo’ldi. 1917-yil 15-22-noyabr
kunlari Toshkentda Turkiston ishchi, askar va dehqon deputatlari sovetlarining Ш O’lka
qurultoyi hokimiyat masalasini o’zboshimchalik va biryoqlamalik bilan hal etdi. Unda bolshevik
Kolesov boshchiligida
Turkiston Xalq Komissarlari Soveti
tuziladi. Uning tarkibiga 7 bolshevik
va 8 ta so’l
eser
vakillar kiritildi. Uning tarkibiga butun o’lka aholisining 95 foyizini tashkil
etuvchi yerli millat aholisidan esa birorta ham vakil kiritilmadi.
Vaholanki, oktabr o’zgarishi rahnamosi Lenin imzo chekkan “Rossiya xalqlari huquqlari
Deklaratsiyasi”, “Ezilgan va ekspluatatsiya qilinuvchi xalq huquqlari Deklaratsiyasi”, “Rossiya
va Sharq musulmonlariga” xitobnomasi hamda boshqa hujjatlarda millatlarning ozodligi, erki,
huquqlari rasman e’tirof etilgan edi. Amalda esa ulug’ davlatchilik siyosati yuritildi.
Sovetlar mahalliy aholining asriy orzularini ruyobga chiqarishni emas, balki aksincha uni
har sohada kamsitish, milliy va diniy qadriyatlarini tahqirlash yo’lidan bordilar. Sovet
hokimiyatining mahalliy aholining xususiy mulklarini tortib olish, hamma narsani Sovetlar
manfaatlari yo’lida umumlashtirish yo’lida amalga oshirgan g’ayritabiiy faoliyati pirovard
oqibatda o’lka halqlarining keskin norozilik harakatlarining kuchaya borishiga sabab bo’ldi.
Sovet hokimiyati Turkiston jilovini qo’lga olib, o’zining avval e’lon qilgan balandparvoz
va’dalaridan voz kechib, o’lka xalqlariga qarata olib borgan ikkiyuzlamachilik va munofiqlik
siyosatiga javoban yurtning millatparvar rahnamolari faol harakatga keldilar. 1917-yil
Do'stlaringiz bilan baham: |