O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Turkiston o’lka musulmonlar sho’rosi



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/507
Sana22.01.2022
Hajmi5,44 Mb.
#400278
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   507
Bog'liq
Ozbekiston tarixi (2)

Turkiston o’lka musulmonlar sho’rosi

. “Sho’roi Islom” tashkiloti tashabbusi bilan 1917-

yil 16-aprelda Umumturkiston musulmonlarining I qurultoyi chaqirildi. Qurultoy ancha vakolatli 

anjuman  bo’lib,  uning  ishida  Turkistonning  ko’plab  atoqli  kishilari  qatnashadilar.  Ular  orasida 

M.  Cho’qayev,  M.  Abdurashidxonov,  M.  Behbudiy,  U.  Asadullaxo’jayev,  Sh.  Lapin,  T. 

Norbo’tabekov, A. Z. Validiy, S. Yusupov, I. Shoahmedov va boshqalar bor edi. Qurultoy kun 

tartibiga  16  ta  masalaning  qo’yilishining  o’zi  ham  uning  katta  ahamiyatidan  darak  berardi. 

Qurultoyda  o’lkaning  bo’lajak  davlat  qurilishiga  alohida  to’xtalinib,  Turkistonga  keng 

muxtoriyat  huquqini beradigan demokratik Rossiya  federatsiyasi  tuzilishi g’oyasi  ilgari surildi. 

Qurultoyda  - 



Turkiston  o’lka  musulmonlari  sho’rosi

ni  tuzish  to’g’risida  qaror  qabul  qilindi. 

Turkiston  o’lka  musulmonlar  Sho’rosining  birinchi  yig’ilishida  uning  markaziy  organi  - 

Markaziy sho’ro tuzildi. Mustafo Cho’qayev Markaz raisi, Munavvar Qori rais muovini, Ahmad 

Zakiy  Validiy  kotib,  M.  Behbudiy,  U.Assadullaxo’jayev  va  boshqalar  a’zolar  etib  saylandilar. 

Markaziy  sho’ro  zimmasiga  o’lkadagi  barcha  tarqoq,  o’z  holicha  ish  yuritayotgan,  nizom  va 

dasturlariga ega bo’lmagan uyushma va tashkilotlarni birlashtirish, faoliyatini muvofiqlashtirish 

vazifasi  yuklandi.  Buni  uddalashda  Markaziy  sho’roning  joylarda  tashkil  etilgan  shu’ba 

(bo’lim)lari  muhim  rol  o’ynadi.  Jumladan,  Toshkent  shu’basini  M.  Abdurashidxonov, 

Samarqand  shu’basini  M.  Behbudiy,  Farg’ona  shu’basini  esa  Nosirxon  To’ra  Kamolxon  To’ra 

o’g’li boshqardi. Shu tariqa Turkistonda uchta hokimiyat organi vujudga keldi: 

1.Rossiya Muvaqqat hukumatining Turkiston Qo’mitasi; 

2.Ishchi, askar deputatlari soveti; 

3.Turkiston o’lka musulmonlari sho’rosi, uning markaziy organi - Markaziy sho’ro. 

O’lka xalqlarining rahnamolari bo’lgan jadidlar, ruhoniyat arboblari o’z sa’y- harakatlarida 

mahalliy,  hududiy  manfaatlar,  qiziqishlar  bilan  cheklanib  qolmay,  boshqa  mintaqalardagi 

musulmonlar ommasi, ularning ilg’or vakillari bilan ham yaqindan hamjihat bo’lishga intildilar. 

Shu  maqsadda  ular  1917-yilning  1-2-mayida  Moskvada  bo’lib  o’tgan  Butunrossiya 

musulmonlari  I  qurultoyida  ishtirok  etdilar.  Unda  musulmonlar  manfaatini  himoya  qiluvchi 

davlat  qurilishi  shaklan  milliy-hududiy,  federatsiya  asosidagi  demokratik  respublika  bo’lishi 




ta’kidlandi.  Qurultoyda  Butunrossiya  Musulmonlari  sho’rosi,  uning  Ijroiya  Qo’mitasi  ta’sis 

etildi.  Ijroiya  Qo’mitaga  o’lkamiz  vakillaridan  U.Asadullaxo’jayev  va  I.  Shoahmedovlar  a’zo 

etib saylandilar. 

Turkiston vakillari ishtirok etgan va 1917-yilning 21 - 31-iyul kunlari Qozon shahrida bo’lib 

o’tgan Butunrossiya musulmonlarining II qurultoyi ham Rossiya musulmon aholisining ozodlik 

va  mustaqillik  sari  harakatlanish  yo’lini  aniqlashtirish  va  muvofiqlashtirishda  muhim  qadam 

bo’ldi.  Unda  Turkiston,  Kavkaz  va  Qrimda  davlat  boshqaruvini  mehnatkashlarning  o’zlari  hal 

etishi,  musulmonlar  kurashini  tashkil  etish  uchun  Butunrossiya  Harbiy  Sho’rosini  ta’sis  etish 

to’g’risida qarorlar qabul qilindi. 

1917-yilning 17-20-sentabr kunlari Toshkentda bo’lib o’tgan Umumturkiston musulmonlari 

vakillarining  II  Qurultoyi  o’lka  xalqlari  xayotida  muhim  rol  o’ynadi.  Unda  500  nafar  vakillar 

ishtirok  etdi.  Qurultoyda  tarkibi  12  kishilik  Turkiston  o’lka  Qo’mitasi,  24  kishilik  “Mahkamai 

Sharia”  (parlament)  tashkil  etildi.  Qurultoyning  maxsus  qarorida  ularning  Rossiya  davlati 

konstitutsiyasiga muvofiq keladigan shariat qonunlari asosida faoliyat yuritishi ta’kidlangan edi. 

Qurultoyda “Sho’roi Islom”, “Sho’roi Ulamo”, “Turon”, “Ittihod” va shu kabi boshqa mahalliy 

milliy  tashkilotlarni  birlashtirib,  ular  negizida  yagona 



“Ittifoqi  Muslimin”

  (“Musulmonlar 

Ittifoqi”) siyosiy partiyasini tuzish g’oyasi ilgari surildi. Qurultoyda M. Behbudiy otashin nutq 

so’zlab,  hammani  birlikka,  jipslashishga  da’vat  etgandi.  “Ulug’  Turkiston”  gazetasi  qurultoy 

ruhini aks ettirib, Turkistonning o’z ichki ishlarini mustaqil hal etishga qodir bo’lgan o’lkaning 

mahalliy va milliy muxtoriyatini tuzish g’oyasini asosiy o’ringa qo’ygan edi. 

Shunday  qilib,  Turkistonning  ilg’or  ziyolilari  milliy  istiqlolga  erishish  yo’lida  o’lkadagi 

barcha  sog’lom,  vatanparvar  kuchlarni  birlashib,  jipslashib  harakat  qilishga  da’vat  etgandilar. 

Biroq,  afsuski,  Turkistonda  ayricha  faoliyat  yuritgan,  o’z  nafsoniyatiga  berilgan  hamda 

muxolifatchilik  ustivor  bo’lgan  ayrim  mahalliy,  milliy  tashkilotlar  mana  shu  yuzaga  kelgan 

imkoniyatlardan foydalana olmadilar. Bu esa, shubhasiz, vaziyatni ustamonlik bilan o’z izmiga 

burib yuborishga intilayotgan bolsheviklarga qo’l keldi. 

Muvaqqat  hukumatning  mamlakatni  jahon  urushidan  olib  chiqa  olmaganligidan,  agrar  va 

milliy  masalalarni  hal  etolmayotganligidan  bolsheviklar  ustamonlik  bilan  foydalandilar. 

Bolsheviklar  ilgari  surgan  “Butun  hokimiyat  Sovetlarga!”,  “Yer  dehqonlarga”,  “Xalqlarga 

tinchlik”  shiorlari  ularning  hokimiyatga  kelishlarida  ayniqsa  asqotdi.  Rossiya  poytaxti 

Petrogradda  1917-yil  24-25-oktabrda  davlat  to’ntarilishi  sodir  bo’ldi.  Uni  Lenin  boshchiligida 

bolsheviklar partiyasi zo’rlik bilan amalga oshirdi. 1917-yil 25-oktabrda bolsheviklar tomonidan 

Petrogradda  Butunrossiya  Sovetlarining  II  qurultoyi  chaqirilib,  unda  Lenin  boshliq  Sovet 

hukumati  - 



Xalq  Komissarlari  Soveti

  tuzildi.  Sulx  va  Yer  to’g’risida  dekretlar  qabul  qilindi. 

Sovet  hukumati  nafaqat  Markazda,  balki  shu  bilan  birga  sobiq  chor  Rossiyasi  tasarrufidagi 



barcha hududlarda ham o’z hokimiyatini o’rnatish harakatida bo’ldilar. 


Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   507




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish