O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


ag‘darilishi. XXSR. Yosh buxoroliklar. Buxoro amirligining ag‘darilishi. BXSR



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/507
Sana22.01.2022
Hajmi5,44 Mb.
#400278
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   507
Bog'liq
Ozbekiston tarixi (2)

ag‘darilishi. XXSR. Yosh buxoroliklar. Buxoro amirligining ag‘darilishi. BXSR.

 

XX  asr  boshlarida  Turkistonda  uchta  ma’muriy  birlik:  Rossiya  imperiyasi  O’rta  Osiyoni 

zabt etganidan keyin tuzilgan va uning tarkibiga mustamlaka sifatida qo’shib olingan 

Turkiston 

general-gubernatorligi

, shuningdek, yuzaki ravishda mustaqil bo’lgan, ammo, Rossiyaga qaram 

hisoblangan 

Buxoro amirligi

 va 


Xiva Xonligi

 mavjud edi. Hududining kattaligi va aholisining 

ko’pligi jihatidan Turkiston general-gubernatorligi eng yirik  edi. O’lkadagi 5 mln.dan ko’proq 

aholi  (o’zbeklar,  tojiklar,  qirg’izlar,  qozoqlar  va  turkmanlar)  islom  diniga  e’tiqod  qiluvchi 

musulmonlar  edi.  Rossiyadan  ko’chirib  keltirilgan  rusiyzabon  aholi  o’lkadagi  aholining  10/1 

qismidan ham kam edi. 

1917-yilga  kelib  Rossiya  imperiyasi  o’zinig  so’nngi  kunlarini  boshidan  kechirayotgan  edi. 

Ma’lumki Possiya imperiyasi Antanta ittifoqi tarafida turib 1914-yildan Birinchi jahon urushiga 

kirgan  edi.  Urushdagi  harbiy  mag’lubiyatlar  va  xo’jalikdagi  vayronagarchilik  imperiyani  tang 

ahvolga  solib  qo’ydi.  Bu  esa  1917-yilning  23-27-fevralida  ro’y  bergan  pus  burjua  inqilobiga 

sabab bo’di.  

23-fevralda  Petrogradda  stixiyali  tarzda  namoyishlar  boshlanib,  ularni  tarqatish  uchun 

yuborilgan hukumat askarlari ham qo’zg’olonchilar tomoniga o’tib keta boshladilar. 27-fevralda 



qo’zg’olonchilar shaharning muhim joylarini, hukumat idoralarini egallaydilar. Nikolay II (1894-

1917)  taxtdan  voz  kechdi.  Ko’p  asrlik  Romanovlar  sulolasi  hukmronligi  ag’darildi.  Natijada 

Rossiyada  tarixda  kamdan-kam  uchraydigan  hodisa  -  ikki  hokimiyatchilik  vujudga  keldi. 

Ularning  birinchisi  burjuaziya  vakillaridan  iborat  Muvaqqat  hukumat,  ikkinchisi  Ishchi,  askar, 

dehqon deputlari sovetlari edi. 

Agar  burjuaziya  Muvaqqat  hukumati  mamlakatni  yuqoridan  turib  boshqaradigan  organ 

sifatida  faoliyat  yuritib,  asta  -  sekinlik  bilan  hokimiyat  muruvvatlarini  o’z  qo’liga  olib  borgan 

bo’lsa,  ishchi,  askar,  dehqon  deputatlari  sovetlari  esa  hokimiyatni  quyidan  boshqarishda 

qatnashib bordilar. Ularning hokimiyat organi - Petrograd Soveti huddi shu yo’nalishda faoliyat 

yuritdi. 

Podsho  Rossiyasining  mustamlakachilik  asorati  ta’sirida  bo’lib  kelgan  Turkiston  o’lkasi 

hayotida  ham  bu  davrga  kelib  sezilarli  tarixiy  voqealar  sodir  bo’ldi.  Podsho  Rossiyasining 

mustamlakachilik  boshqaruv  organi  -  Turkiston  General-gubernatorligi  tugatildi.  Uning  o’rniga 

Muvaqqat  hukumatning  1917-yil 7-apreldagi  qaroriga binoan kadet N.N.Shchepkin  raisligida 9 

kishidan  4  nafari  tub  yerli  aholi  iborat  Rossiya  Muvaqqat  hukumatining 

Turkiston  Qo’mitasi

 

tashkil  etildi.  Viloyatlarda  harbiy  gubernatorlik  tizimi  barham  toptirilib,  viloyat  komissarlari 



instituti  vujudga  keltirildi.  Shuningdek,  Rossiyada  faoliyat  yuritayotgan  bolsheviklar, 

mensheviklar  va  eserlar  partiyalarining  Turkistondagi  mahalliy  tashkilotlari  yetakchiligida 

o’lkaning  bir  qator  yirik  shaharlarida  ishchi,  askar  deputlari  sovetlari  tashkil  topdi.  Tez  orada 

mahalliy  aholi  vakillaridan  iborat  musulmon  ishchi  va  askar  deputlari  sovetlari  ham  tuzila 

boshlandi.  Muvaqqat  hukumatning  1917-yil  may  oyi  boshlarida  chiqargan  farmoniga  binoan 

Turkistondan jalb qilingan mardikorlar o’z ona yurtlariga qaytib kela boshladi. 

Yurt  istiqboli  va  istiqloli  uchun  qayg’uruvchi  vatanparvar,  hurriyatparvar  kuchlar  harakat 

qila boshladi va tashkiliy jihatdan uyusha bordi. Bu jarayonda ozod va mustaqil Turkiston uchun 

ko’p yillar fidoyilik bilan kurashib kelgan jadidlar harakatining rahnamolari alohida o’rin tutdi. 

Ular  mahalliy  aholining  siyosiy  ongini  o’stirish,  hal  qiluvchi  kurashlarga  yetaklab  borish 

maqsadida o’lkaning ko’plab shaharlarida vaqtli matbuot nashrlari - gazeta va jurnallar chiqara 

boshladilar.  Masalan,  Toshkentda  “Xurshid”,  “Sadoi  Turkiston”,  “Turk  eli”,  “Najot”, 

“Kengash”,  “Sho’roi  islom”,  Samarqandda  “Oyna”,  “Hurriyat”,  Buxoroda  “Turon”,  “Buxoroi 

sharif”,  Qo’qonda  “Sadoi  Farg’ona”,  “Tirik  so’z”  nomli  matbuot  nashrlari  o’z  sahifalarida 

markazdagi  siyosiy  vaziyatni,  joylardagi  ahvolni,  o’tkir  ijtimoiy-siyosiy  masalalarni  yoritishda, 

mahalliy aholi ommasini siyosiy-g’oyaviy jihatdan tayyorlab borishda muhim rol o’ynadi. 

Abdulla  Avloniy  tomonidan  Toshkentda  1917-yil  aprelidan  chiqarila  boshlagan  “Turon” 

gazetasining ilk sonida “Yashasin xalq jumhuriyati” shiori birinchi bor yangragan edi. Unda aniq 

maqsad-maslak:  “Musulmonlar  orasida  ko’p  yillardan  buyon  davom  etgan  umumga  zo’rlik, 



bid’at  odatlarni  bitirmak,  kelajakda  bo’ladigan  jumhuriy  idoraga  xalqni  tayyorlamoq”  g’oyasi 

ilgari surilgan edi. 

Xuddi  shuningdek,  Munavvar  Qorining  o’sha  yili  “Najot”  gazetasining  26-mart  sonida 

bosilgan  «Xurriyat  berilmas,  olinur”,  degan  xitob  ham  jadidlarning  xalq  ozodligi  va  istiqloli 

yo’lida jiddiy kurashga bel bog’laganliklaridan dalolat berardi. 


Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   507




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish