ziyolilarni qatag’on qilish maqsadida ataylab uyushtirilgan navbatdagi uydirmasi edi.
1929 yilning ikkinchi yarmida O’zSSR Oliy Sudining raisi Sa’dulla Qosimov qamaladi.
ishga ataylab siyosiy beriladi. «Qosimovchilar» «respublikadagi millatchi tashkilotlar bilan
sanoatlashtirishga kengroq jalb etish maqsadida tashkil etilgan ommaviy sotsialistik musobaqa.
1935 yil avgustda Donbassdagi «TSentralnaya-Irmino» shaxtasining ko’mir qazuvchisi
A.G.Staxanov o’z mehnatini yangicha tashkil etib, bir smenada 102 tonna ko’mir qazidi va o’sha
vaqtdagi normani 14 hissa ortig’i bilan bajardi. Bu ko’mir qazishda jahonda misli ko’rilmagan
rekord bo’ldi. Uning ketidan boshqa shaxtyorlar va boshqa sanoat tarmoqlarida ishlovchi
mehnatkashlar anashunday zarbdor mehnat samaralarini qayd qila boshladilar. Lekin
staxanovchilik harakati bora bora rasmiyatchilikka aylana bordi. Oshirib ko’rsatishlar, qo’shib
yozishlar avj oldi. Aksariyat hollarda moddiy boylik yaratuvchilar zo’r berib qilgan mehnatlari
g’ayridemokratik shakllaridan biri bo’lib, unda jamiyat hayotining barcha sohalari ustidan davlat
hokimiyat organlari to’liq nazorati o’rnatiladi. Siyosiy erkinliklar bo’g’ilib, ommaviy axborot
vositalariga tsenzura (davlat nazorati) o’rnatiladi. Erkin fikr ta’qiqlanadi va qatag’on qilinadi.
Byurokratiya
(fr. bureau – yozuv stoli, ish kabineti, devonxona. yunon. kratos – qudrat,
hokimiyat) –davlat va jamiyatni xalqdan ajralgan holda u bilan hisoblashmasdan ma’muriy
buyruqbozlik yo’li bilan boshqarish usuli. Byurokratik boshqaruvda xalqqa berilgan va’dalar
faqat qog’ozda qolib ketib, u hech qachon amalda bajarilmay qoladi. Ana shu qog’ozbozlik va
to’rachilik ma’muriy boshqaruv tuzilmalardan tortib ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha
jabhalariga kirib boradi. Hukumat va yuqori tashkilotlarning buyruq-ko’rsatmalari amalda
bajarilmagan bo’lsa ham qog’ozda bajarilgan qilib ko’rsatiladi. Qog’ozda aks ettirilgan
ko’rsatkichlar va yutuqlar hayotga tadbiq etilmaydi.
Sobiq SHo’rolar davlatida byurokratizm bu kapitalistik jamiyatga xos xususiyat, sotsialistik
tuzumda byurokratizmga yo’l qo’yilmaydi deb balandparvoz shiorlar ilgari surilgan bo’lsa-da,
byurokratiyaning asl ko’rinishlari aynan sho’rolar jamiyatida gullab yashnadi.
SHovinizm
(frantsuzcha «chauvinisme»)-millatchilikning keskin ko’rinishlaridan biri, bir
millatning ikkinchisidan ustun qo’yish. SHovvinistik siyosat millat yoki xalqlar o’rtasida o’zaro
dushmanlik munosabatlarini keltirib chiqarishga qaratilgan siyosat shovinistik siyosat deb
yuritiladi.
Ateizm
(fr. «theos» xudo, gr. «a» inkor yuklamasi). -Xudosizlik, xudoni inkor etish.
Marksizm-leninizm g’oyalariga ko’ra xudoning mavjudligini inkor etish. Sobiq sho’rolar davrida
kommunistik partiya tomonidan ommoviy ravishda targ’ib qilingan g’ayriinsoniy ta’limot.
Ma’lumki, din dunyo, inson, mavjudodlarning kelib chiqishini, hayotning mazmuni va
ma’nosini, insonning yashashdan maqsadlari kabi savollarga javob beruvchi dunyoqarash shakli
xisoblanadi.
SHo’rolar davrida dinga qarshi olib borilgan xuruj va xujum, tashviqot va targ’ibot oxir-
oqibatda, istibdodchilar kutgan natijani bermadi va din faqatgina qoloqlikning, savodsizlikning,
fan yutuqlarini bilmaslikning natijasi deyish nihoyatda yuzaki fikr ekanligini, din inson
tafakkuri, madaniyati, ma’naviyati, ruhiyati, kundalik hayoti bilan juda murakkab
bog’langanligini ko’rsatdi. Din har bir jamiyat, davlat va mamlakatning madaniy, ma’naviy,
ruhiy hayotida hamma vaqt ma’lum o’rinni tutgan va bundan keyin ham shunday bo’lib koladi.
Darhaqiqat, bugungi Amerika Qushma SHtatlarining milliy volyutasi-dollarning orqa tomoniga
«In god wee trust» -ya’ni «Biz xudoga ishonamiz» degan so’zlar yozib qo’yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: