O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Davlatlararo kengash tuzildi. Orolni qutqarish xalqaro



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/107
Sana07.07.2022
Hajmi1,77 Mb.
#755537
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   107
Bog'liq
O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi to

Davlatlararo kengash tuzildi. Orolni qutqarish xalqaro 
jamg‘armasi ta’sis etildi.
 
1993-yil avgustda 
Nukusda
Orol dengizi havzasi muammolari bilan 
shug‘ullanuvchi Davlatlararo kengash va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasining 
qo‘shma majlisi bo‘ldi. 1994-yil 11-yanvarda Nukusda Markaziy Osiyo mamlakatlari 
boshliqlarining Rossiya Federatsiyasi davlat delegatsiyasi (Yuriy Yakovlev, RF Bosh 
.vaziri o‘rinbosari) ishtirokida konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada Orol 
dengizi havzasidagi ahvol bilan bog‘liq ko‘pgina masalalar, Orolni qutqarish xalqaro 
jamg‘armasi mablag‘lari qanday to‘planayotgani muhokama qilindi, faoliyati 
ma’qullandi. Ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan yaqin 3-5 yil ichida bajarilishi 
lozim bo‘lgan muayyan vazifalar belgilandi. Orol dengizini qutqarish bo‘yicha Dav-
latlararo kengash Nizomi tasdiqlandi hamda uning ijroiya organining rahbari 
tayinlandi. Bu masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilindi. 
1994-yil 30-aprelda Cho‘lponota shahrida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘izis-
ton o‘rtasida yagona iqtisodiy makon tuzish to‘g‘risida uch tomonlama shartnoma 
imzolandi. O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Prezidentlarining 1994-yil iyul 
oyi boshida Almati shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvida o‘zaro integratsiyani 
kuchaytirish bo‘yicha, Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot bankini tuzish 
to‘g‘risida bitimlar imzolandi. Tomonlar Davlatlararo kengash hamda uning doimiy 


227 
ijroiya organini, shuningdek, Bosh Vazirlar kengashi, Tashqi ishlar vazirlari 
kengashi, Mudofaa vazirlari kengashini ta’sis etdilar. O‘zbekiston, Qozog‘iston va 
Qirg‘izision o‘rtasida Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot banki tashkil etildi. 
Shu tariqa, Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati (MOIH) tashkil topdi. 
1995-yil 15-dekabrda Jambulda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston 
Respublikalari Davlatlararo kengashining navbatdagi majlisi bo‘ldi. Prezidentlar 
2000-yilgacha bo‘lgan iqtisodiy integratsiya va birinchi navbatda sarmoya sarflanishi 
lozim bo‘lgan loyihalar dasturlarini hayotga joriy etish, kommunikatsiya tarmoqlarini 
rivojlantirish masalalarini muhokama etdilar. Integratsiya dasturida 53 ta loyihalar 
ishlab chiqildi. BMT rahnamoligida harakat qiladigan Qozog‘iston, Qirg‘iziston va 
O‘zbekiston Respublikalarining tinchlikni saqlash kollektiv batalyonini tashkil qilish 
haqida qaror qabul qilindi. Uch davlatning tinchlikni saqlash kollektiv batalyoni 
shakllantirildi. 
1997-yil 9-10-yanvar kunlari Bishkekda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston 
davlat boshliqlarining kengashi bo‘lib unda 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish