3-modda.
O’zbekiston Respublikasi to‘la davlat hokimiyatiga ega, o‘zining
milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari
tizimini mustaqil belgilaydi.
4-modda.
O’zbekiston Respublikasining davlat chegarasi va hududi dahlsiz va
bo’linmas bo’lib, uning xalqi o‘z xohish-irodasini erkin bildirmasdan turib
o‘zgartirilishi mumkin emas.
5-modda.
O’zbekiston
Respublikasida
O’zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasi va uning qonunlari ustundir. O’zbekiston Respublikasi Davlat
idoralarining tizimi hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatiga
ajratish tartibi asosida quriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |