O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Davlat tuzumi va boshqaruv tizimi



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/144
Sana08.02.2022
Hajmi1,77 Mb.
#435728
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   144
Bog'liq
Ozbekiston tarixi Maruza

Davlat tuzumi va boshqaruv tizimi.
Xonlik mutlaq monarxiya bo‘lib, oliy 
hukmdor - xon davlat boshligi edi.
 
Ma’muriy jihatdan xonlik hududi 15 ta viloyatga 
(Pitnak, Hazorasp, Xonqa, Urganch, Qo‘shko‘pir, G‘azovat, Qiyot, Shohabbos, 
Toshhovuz, Ambar-Manoq, Gurlan, Ko‘hna Urganch, Xo‘jayli, Chumanoy va 
Qo‘ng‘irot) va 2 ta noiblikka bo‘lingan. Viloyatlar shahar va masjid qavmlarini 
(qismlarni) o‘z ichiga olgan. Masjid qavmlari obro‘li oqsoqollar, qozilar va miroblar 
tomonidan boshqarilgan. 
Davlat boshlig‘i
– xon hokimiyati vakolati nasldan naslga o‘tgan. Muhammad 
Rahimxon I o‘z hukmdorligi davrida davlat boshqaruvi tizimida islohot o‘lkazgan. 
Unga ko‘ra xon huzurida yuqori ma’muriy organ – Oliy Kengash ta’sis etilgan. Oliy 
Kengash davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vazifasini 
bajargan. Oliy Kengashga xonning o‘zi rahbarlik qilgan. Oliy Kengash ishida 
xonning yaqin qarindoshlari, mehtar, qo‘shbegi, devonbegi, naqib, shayxulislom, 
bosh qozi, inoq, otaliq va biylar qatnashganlar. Ohy Kengash majlisi haftada bir 
marta o‘tkazilgan va unda davlatning ichki va tashqi siyosatiga oid eng muhim 
masalalar muhokama etilgan. 
Ayni paytda, xonlik hayotiga oid kundalik masalalarni hal etish uchun Kichik 
Kengash ham ta’sis etilgan. Bu kengash ishida xondan tashqari mehtar, qo‘shbegi, 
devonbegi, naqib va shayxulislom qatnashganlar. 
Xonlikda mehtar bosh vazir hisoblangan. U xon safarga chiqqan paytlarda 
xonlikni idora qilgan. Mehtar va qo‘shbegi mamlakat miqyosida soliqlar yig‘ilishiga 
javobgar bo‘lganlar. 
Xonlikda 3 ta devon (vazirlik) ham faoliyat ko‘rsatgan. Bular xo‘jalik, ijtimoiy-
siyosiy va harbiy ishlar bilan shug‘ullanuvchi devonlar edi. Ularning faoliyatiga 


105 
devonbegi rahbarlik qilgan. Xonlikning qo‘shiniga yasovulboshi qo‘mondonlik 
qilgan. 
Xonlik tarkibidagi qozoq va qoraqalpoqlar esa o‘zlarining biylari, turkmanlar esa 
ularning vakili tomonidan boshqarilgan. Ularning lavozimlari nasldan naslga meros 
bo‘lib o‘tsa-da, nomzodini xon tasdiqlashi shart bo‘lgan. 
Yer egaligi. 
Xonlikning asosiy boyligi yer hisoblanardi. Bu yerlar sug‘oriladigan 
(axya) va sug‘orilmaydigan (adra) yerlardan iborat edi. Egalik shakliga ko‘ra, Xiva 
xonligining yerlari ham uchga bo‘lingan:
 
1. Davlat yerlari (podshohi). 2. Xususiy mulk (xususiy yerlar). 3. Vaqf yerlari. 
Xon va uning qarindoshlari, oliy martabali boshqa turli amaldorlar, ruhoniylar, 
savdo-sotiq tabaqalari barcha yerlarning deyarli yarmiga egalik qilishgan. 
Amaldorlarning yerlari 2-3 ming tanobni tashkil etgan. Xon va uning qarindoshlari 
undan ham katta hajmdagi yer maydonlariga egalik qilishgan. Qolgan yerlar davlat 
ixtiyoriga olingan (vaqf yerlaridan tashqari). Davlat yerlarida va xususiy mulk 
yerlarida ijarachi dehqonlar mehnat qilganlar. 
Davlat yerini ijaraga oluvchilar 
bevatan,
xususiy yerlarni ijaraga oluvchilar 
koranda,
vaqf yerlarini ijaraga oluvchilar esa 
vaqfchi
deb atalgan. 
Xonning qarindoshlari o‘z xususiy yerlaridan davlatga soliq to‘lamas edilar. 
Davlat soliqlaridan ruhoniylar, katta amaldorlar, tarxon yer olganlar ham ozod etilgan 
edilar. Biroq soliqni bu yerlarda ishlovchi ijaradorlar, ya’ni mehnatkashlar 
to‘lashgan. 
Suv tanqisligi tufayli dehqonchilik qiyin sharoitda olib borilardi. Shu bois 
Amudaryodan suv chiqarishga e’tibor berildi. XVIII asrning 70-yillarida Davkor 
ko‘li yonida kanal, XIX asr boshlarida esa Lavzan, Qilich Niyozbiy, Katta Xonobod 
kanallari qurildi. Bu tadbirlar yerlarni sug‘orish holatini yaxshilashga ko‘maklashdi. 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish