O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/144
Sana08.02.2022
Hajmi1,77 Mb.
#435728
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   144
Bog'liq
Ozbekiston tarixi Maruza

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


96 
8-mavzu. O‘rta Osiyo hududlarining xonliklarga bo‘linib ketishi, unig 
sabablari va oqibatlari 
REJA: 
1.
Buxoro xonligining tashkil topishi va ijtimoiy-iqtisodiy hayoti. 
2.
Xiva xonligi. Siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayot. 
3.
Qo‘qon xonligi. Xo‘jalik va madaniy hayoti. 
Tayanch so‘z va iboralar.
 
Dashti Qipchoq. Shayboniylar. Xiva xonligi. 
Qo‘ng‘irotlar. Buxoro xonligi. Abdullaxon II. Ashtarxoniylar. Buxoro amirligi. 
Mang‘itlar. Qo‘qon xonligi. Minglar. Toshkent bekligi. Davlat boshqaruvi. Davlat 
lavozimlari. O‘zaro va ichki kurash. Qoloqlik sabablari.
Sohibqiron Amir Temur vafot etgach, uning saltanati asta-sekin parchalana 
boshlandi. 
Amir 
Temur 
vorislari 
temuriylar 
1405-yildan 
1506-yilgacha 
Movarounnahr va Xurosonda hukmronlik qildilar. Deyarli bir asr mobaynida ulkan 
saltanat amalda ikki davlatga bo‘linib, o‘zaro toju-taxt uchun kurash XV asr oxiriga 
kelib Samarqand temuriylarini ham, Xirot temuriylari hokimiyatini ham zaiflashtirib 
qo‘ygan edi.
1428-yilda Jo‘jining beshinchi o‘g‘li Shaybon naslidan bo‘lgan 
Abulxayirxon
(1412-1468) Dashti Qipchoqda yangi davlat – 
Ko‘chmanch O‘zbeklar davlati
ga asos 
soladi. Tarixiy manbalarda bu davlat ,,O‘zbek ulusi“ (o‘zbeklar mamlakati) deb ham 
ataladi. 
1446-yilda Abulxayirxon Sirdaryoning o‘rta oqimida joylashgan shaharlar – 
Sig‘noq, Oqqo‘rg‘on, Arquq, O‘zgan va Suzoqni bosib oladi. O‘z davlatining 
poytaxtini Turadan Sig‘noqqa ko‘chirdi. Bu endi Abulxayrxonning temuriylarga 
qarshi kurashga kirishganligining tasdig‘i edi. U 1451-yilda o‘zidan madad so‘ragan 
temuriyzoda Abu Said Mirzoga Samarqand taxtini egallashda yordam berish 
bahonasida yurish boshladi. Abulxayrxon ko‘rsatgan yordami evaziga kattadan katta 
sovg‘alar bilan o‘z yurtiga qaytadi. Minnatdorchilik tariqasida Abu Said Mirzo 
Ulug‘bekning qizi Robiya Sultonbegimni Abulxayrxonga xotinlikka beradi. 
Abulxayrxon keyin ham bir necha bor Movarounnahr ishlariga aralashdi. Shu 
tariqa u Movarounnahrda borgan sari o‘z nuluzining ortishiga erisha olgan. 
1468-yilda Abulxayrxon vafot etishi bilanoq, u tuzgan davlat parchalanib ketdi. 
Abulxayrxonning nabirasi Muhammad Shayboniyxon (1451-1510) ko‘p yillik 
kurashdan so‘ng XV asrning 80-yillariga kelib Dashti Qipchoqda hokimiyatni 
egallashga muvaffaq bo‘ladi. 90-yillardan boshlab o‘zaro kurashlar va ichki nizolar 
tufayli tobora zaiflashib borayotgan temuriylar hududi bo‘lgan Movaronnuhrda ham 
o‘z hukmronligini o‘rnatish uchun harakat boshlaydi. Shayboniyxon avval Sig’noq, 
Sabron, Yassi shaharlarini, 1500-yil Samarqandni, 1503-yil Toshkent va Farg’onani, 


97 
1504-yil Hisor, Qunduz, Badahshon, Balxni, 1505-yil Xorazmni, 1507-yil Xuroson 
temuriylarining poytaxti Xirotni, keyinroq Eronning Mashhad va Tus shaharlarini 
ham egallaydi.
1502-yilda Eronda shoh 
Ismoil
(1502-1524) yangi bir sulola – 
Safaviylar sulolasi
(1502-1722)ga asos soladi. Xurosonga egalik qilish masalasida Shayboniyxon va 
Ismoil Safaviy o‘rtasida nizo kelib chiqadi. 1510-yil Marv yaqinidagi jangda 
Shayboniyxon Eron qo‘shinlaridan mag’lubiyatga uchrab jang maydonida halok 
bo‘ladi. 
Shayboniyxon halok bo‘lgach, Bobur Mirzo shoh Ismoil yordamida 
Movarounnahrni shayboniylardan qaytarib olish uchun kurash boshladi va nihoyat, 
1511-yilning kuzida Samarqandni uchinchi marta qo‘lga kiritdi. Bobur Samarqandni 
egallagach, noilojlikdan islomning shiyalik yo‘nalishiga e’tiqod qiluvchi shoh 
Ismoilni oliy hukmdor deb e’lon qildi. Bu esa Samarqand xalqining Bobur Mirzodan 
yuz o‘girishiga sabab bo‘ldi. Chunki Movarounnahr aholisi, Boburning o‘zi ham 
islomning sunniylik yo‘nalishiga e’tiqod qilganlar. Shayboniylar ham shu yo‘nalishda 
edilar. 1512-yilning aprel va noyabr oylarida Shayboniyxonning ukasi Mahmud 
Sultonning o‘g’li Ubaydulla Sulton boshchiligida shayboniylar qo‘shini bilan bo‘lib 
o‘tgan har ikki jangda Bobur Mirzo qo‘shini mag‘lubiyatga uchradi. Noyabr oyidagi 
jangda shayboniylar shoh Ismoilning Bobur Mirzoga yordam uchun yuborgan Ahmad 
(“najmi soniy”) qo‘shinini ham mag‘lub eltlllar. 
Bobur endi Movarounnahrdan tamoman umidini uzib, yana Kobulga qaytdi va 
1526-yilga qadar Kobulni idora qildi. So‘ngra Kobulni ikkinchi o‘g‘li Komron 
Mirzoga qoldirib, o‘zi Hindiston sari yurish boshladi va u yerda 332 yil hukmronlik 
qilgan 
Boburiylar saltanati
(1526-1858)ga asos soldi. 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish