29
odam har qanday vaziyatda ham insoniylikni unutmasligi, hyech qachon do`stlikka
xiyona qilmasligi lozim. Haligi ikki hamtavoq bir xum oltin vasvasasiga uchib,
do`stlik rishtasini uzmaganlarida
jonlari omon qolar, boy-badavlat, farovon hayot
kechirishardi
30
XULOSA
Maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarga ma`naviy-axloqiy tarbiya
berish, xususan, ma`naviy-immunologik tarbiya
berish yordamida yoshlarni
ma`naviy yetuk va intellektual salohiyatli bo`lib shakllanishiga asosiy poydevor
bo`la oladi. Bu orqali bolalardagi mafkuraviy immunitetni shakllantirishga
erishiladi va uzluksiz ta`lim tizimining keyingi turlarida ham amalga oshiriladi.
Ushbu jarayonda bolalar ma`naviy sifatlarni shakllantirish,
ulardagi har xil
illatlarga nafrat uyg`otishda mustaham asos bo`la oladi. MTM pedagogik jamoa
faoliyati ham bog`chadagi bolalarni ma`naviy yetuk qilib tarbiyalashda muhim rol
o`ynaydi. Ayniqsa, MTMdagi “Ma`naviyat saboqlari” mashg`ulotlarini samarali
tashkil etishda ularning kasbiy mahorati muhim ahamiyat kasb etadi. Bu
“Ma`naviyatli odam kim”, “Vatan qahramonlari, deb kimni aytamiz” va
“Vatanimiz ramzlari” mavzulari bo`yicha olib borilgan mashg`ulotlarda yaqqol
sezildi. Shularni e`tiborga olganda “Ma`naviyat saboqlari” mashg`ulotlarning
namunaviy mavzulari va MTMda ma`naviy ishlar bo`yicha
amalga oshiriladigan
tadbirlar rejasi mazkur tadqiqot ishining ahamiyatini yanada oshiradi.
MTMda ta`lim va tarbiya jarayonini tashkil etish, uyushtirish va ularga
tegishli tayyorlangan materiallar hamda ularga mos tarbiyachi va murabbiylarning
metodik tayyorgarligi bog`chada ma`naviy tarbiya berishning pedagogik shart-
sharoitlarining optimal variantini tanlab olishga imkon berdi. Xulosa o`rnida shuni
ta`kidlash mumkinki, agarda tarbiyachi va murabbiylar ushbu tadqiqotda erishgan
yutuqlar bo`yicha
faoliyat yuritishsa, bolalardagi shakllangan ahloqiy tasavvur
(qarash, fikr yuritish, mulohaza, odoblilik, ezgulik,
ahloqiy adolatlar, ahloqiy
munobatlar) ahloqiy e`tiqodni yuksaltirishga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Shu sababli
MTMda ma`naviy - axloqiy tarbiya yaxlit pedagogik jarayondir.Unda bolalarning
ijtimoiy ahloqiy va ijtimoiy huquqiy
me`yorlariga
ongli munosabati
shakllantiriladi. Demak, MTMda bolalarni yaqin atrofni o`rganishga, tengdoshlari
bilan barqaror aloqalarni o`rnatishga, o`z-o`zini anglashga o`rgatish, ularning
31
barkamol shaxs bo`lib yetishishida muhimdir. Bunda ahloqiy tarbiyani to`g`ri
amalga oshirish Hazrati Ali ta`kidlaganidek tarbiyaning qo`yidagi tamoyiliga javob
bera oladigan shaxsning tayyorlashga ma`naviy asos yaratgan bo`lamiz: “Kishidagi
uchdan bir iymon-bu hayotdir; yana bir uchdan bir iymon aql,
qolgan uchdan bir
iymon esa-saxovat va oliyjanoblik bo`ladi”.
Do'stlaringiz bilan baham: