tasavvur qilish imkoniyatini beradi. Hayol mehnatning faqat so’nggi
natijasinigina emas, balki mehnatning oralik mahsulotlarini tasavvur
qilish imkonini beradi.
Hayol tafakkur bilan mahkam bog’langandir. Hayol ham tafakkur
singari kelajakni oldindan ko’rish imkoniyatini beradi. Hayol tafakkur
singari muammoli vaziyatda, ya’ni masala yechishning yangi usullarini
qidirib topishda yuzaga keladi. Tafakkur singari, hayol shaxsning
extiyojlariga asoslanadi. Extiyojlarni qondirishning real jarayonidan
oldin extiyojlarni qondirishning soxta, hayoliy jarayoni sodir bo’ladi,
ya’ni bu extiyojlarning qondirilishi mumkin bo’lgan vaziyatni jonli,
yorqin tasavvur qilish mumkin. Hayol jarayonlarida amalga
oshiriladigan voqelikni oldindan aks ettirish yorqin tasavvurlar tarzida
va konkret-obraz shaklida sodir bo’ladi. Shuning bilan bir paytda
tafakkur jarayonlarida oldindan aks ettirish olamni umumlashtirib,
vositali tarzda bilish imkonini beruvchi tushunchalar bilan ishlashda
sodir bo’ladi.
223
Hayolning qimmati shunday iboratki, u hatto tafakkur uchun
kerak bo’lgan to’la va zarur bilimlar bo’lmagan joyda ham biror qarorga
kelish hamda muammoli vaziyatdan chiqish imkonini beradi.
Fantaziya tafakkurning qandaydir bosqichlaridan «sakrab o’tish» va
har holda so’nggi natijani tasavvur qilish imkonini beradi. Ammo
muammoni yechish yo’lining kuchsiz tomoni ham xuddi mana
shundadir. Masala yechishning fantaziya tomonidan belgilangan yo’li
ko’pincha yetarli darajada aniq va qat’iy bo’lmaydi. Biroq muhitda
yetarli bo’lmagan ma’lumotlar bilan yashash va harakat qilish zarurati
kishida hayol apparatining paydo bo’lishiga olib keldi. Vaholanki,
atrofimizni o’rab olgan olamda o’rganilmagan sohalar hamisha qolar
ekan, bu hayol apparati hamma vaqt foydali bo’ladi.
Hayol o’zining faolligi bilan xarakterlanadi. Shuning bilan birga
hayol apparati faqat atrofdagi olamni o’zgartirishga qaratilgan shaxs
ijodiy faoliyatining sharti sifatida foydalanilishi mumkin va
foydalaniladi. Ayrim hollarda odam o’ziga hal qilib bo’lmaydigandek
ko’rinadigan masalalardan, turmushning og’ir sharoitlaridan, o’z
xatolarining ta’kibidan va shu kabilardan yashirinish uchun real
tasavvurlardan uzoq bo’lgan fantastika olamiga vaqtincha kirib ketadi.
Bu yerda fantaziya hayotda gavdalanmaydigan obrazlarni yaratadi,
amalga oshmaydigan va ko’pincha amalga oshirib bo’lmaydigan ish-
harakat programmalarini belgilaydi. Hayolning bunday formasi passiv
hayol deb ataladi.
Kishi passiv hayolni oldindan o’ylab yuzaga keltirishi mumkin:
jo’rttaga yuzaga keltirilgan iroda bilan bog’liq bo’lmagan, lekin hayotda
gavdalantirishga qaratilgan hayolning mana shunday obrazlari shirin
hayol deb ataladi. Qandaydir quvonchli, ёqimli, qiziqarli narsalara
haqida shirin hayol surish hamma odamlarga xosdir. Mana shunday
shirin hayollarda fantaziya mahsulotlari bilan ehtiyojlar o’rtasidagi
aloqa yengil namoyon bo’ladi. Ammo inson hayoliy jarayonlarida shirin
hayol kechirish hollari ko’proq bo’lsa, bu shaxsning passivligidan
dalolat beruvchi nuqson hisoblanadi.
Passiv hayol o’ylab qo’yilmagan tarzda ham yuzaga kelishi
mumkin. Bu asosan ong faoliyatining, ikkinchi signal sistemasining
susayishida, kishining vaqtincha harakatsizlik holatida, uyqusirash
holatida, uyquda (tush ko’rishda), ongning kasallikka uchrab
buzilishida (gallyusinasiyada) va shu kabilarda sodir bo’ladi.
224
Agar passiv hayolni oldindan o’ylab va o’ylamasdan qilingan
turlariga bo’lish mumkin bo’lsa, aktiv hayolni ijodiy va qayta tiklovchi
hayol turlariga bo’lish mumkin bo’ladi.
O’z asosida tasviriga muvofiq keladigan obrazlar sistemasini
yaratuvchi hayol qayta tiklovchi hayol deb ataladi. Xoh darslarni, xoh
badiiy adabiyotni o’qishda, geogrofik kartani va tarixiy tasvirlarni
o’rganishda hayol yordami bilan bu kitoblarda, xaritalar va hikoyalarda
aks ettirilgan narsalarni qayta tiklashga to’g’ri keladi.
Ijodiy hayol kayta tiklovchi hayoldan farq qilgan holda, original va
qimmatli moddiy mahsulotlarda amalga oshiriladigan yangi
obrazlarning yaratilishini taqozo qiladi. Mehnatda paydo bo’lgan ijodiy
hayol ehtiyojlarini qondirish yo’lini izlashda yaqqol tasavvurlar bilan
aktiv va maqsadga muvofiq ish tutadigan texnik, badiiy va istalgan
boshqa ijodiyotning ajralmas tomoni bo’lib qoladi.
Inson shaxsining qimmati ko’p jihatdan uning strukturasida
hayolning qaysi turi ustunligiga bog’liqdir. Agar o’smirlar va yoshlarda
konkret faoliyatlarda amalga oshiriladigan ijodiy hayollari passiv,
quruq hayolparastlikdan ustunlik qilsa, bu shaxsning taraqqiyot
darajasi yuksakroq ekanligidan dalolat beradi.
Hayol jarayonlari idrok, xotira va tafakkur jarayonlari kabi
analitik-sintetik xarakterga ega. Hayolning mohiyati tasavvurlarni
qayta tuzish jarayonidan va o’zimizdagi mavjud obrazlar asosida yangi
obrazlar yaratishdan iboratdir. Hayol, fantaziya real voqelikni yangi,
kutilmagan hamda odatdan o’zgacha qo’shilish va bog’lanishlarda aks
ettirishdan iboratdir.
Insonning bilish jarayonlarida xayol yoki fantaziya katta
ahamiyatga ega. Xayol sеzgi, idrok, tafakkur jarayonlari bilan uzviy
bog`liq bo`lib, borliqni yangi bo`yoqlarda, o`z xohishi, istagi, tasavvuri
shaqlida aks ettirishidir. Ko`rgan, eshitgan, qisqasi o`z tajribasidan
o`tkazgan narsa hodisalarni ko`z oldiga kеltirish - qayta tiklovchi, o`z
istagi xohishi asosida yangi obrazlar yaratib tasavvur qilish - ijodiy
xayol shaqlida bo`ladi. Ijodiy xayol - fantaziya dеb ham aytiladi. (Shoir,
yozuvchi, ixtirochi - konstruktor uchun zarur sifatlar).
Ijodiy xayol ijodkor-ixtirochi uchun, yozuvchi yoki rassom uchun
juda zarurdir. Ijodkor o`z boshidan kеchirgani, bilgani doirasidan vaqt
va fazo jihatidan ilgarilab kеtadi.
Xayoliy yoki yangi obraz yaratishning bir nеcha usullari bor:
225
1) agglyu-tinatsiya - еlimlash, bir nеcha obrazdan yangi obraz
yaratish - masalan - suv parisi, kеntavr, uchar ot - pеgas va hokazo
fantastik obrazlarni yaratish.
2) gipеrbolizatsiya - bo`rttirish yoki kichraytirish (Gullivеr
sarguzashtlarini eslang).
3) qayd etish-narsa va hodisalarning eng muhim bеlgilariga
diqqatni jalb qilish (O`rtoqlik hazili, sharj).
Bulardan tashqari tipiklashtirish, orzu xayol (uchar gilam -
samolyot), qayd etish, tipiklashtirish shaqlida ham bo`ladi.
Bolalar o`yini ham, konstruktor tasavvuri ham ijodiy xayol, lеkin
mazmuni va opеratsiyalari bir-biridan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |