O‗zbekiston respublikasioliy va o‗rta



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/309
Sana11.01.2022
Hajmi1,82 Mb.
#352721
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   309
Bog'liq
этика ва этикет Дарслик

O‗tirish. 
Azaldan  bu  narsaga  katta  e‘tibor  bilan  qaralgan.  Masalan,  o‗tirish 
qoidalari  to‗g‗risida  XVIII  asrda  Iogann  Zulser  tomonidan  nashr  etilgan 
("Qiz 


68 
 
bolaning  baxti  va  taxti  nimada")
.
  Bu  tajriba  hozirgi  kunda  ham  o‗z  ahamiyatini 
yo‗qotmagan. 
«To„g„ri o„tirish – bu san‟at».
 Bu quyidagini anglatadi: «Boshni o‗ta tikka yoki 
u yoqdan bu yoqqa osiltirib alanglayvergan holda tutmaslik lozim». So‗ng: "Qo‗llarni 
chalkashtirib  ko‗krakka  olib  borish,  belga  qo‗lni  qo‗yish,  qo‗lini  osiltirib  o‗tirish, 
yelpig‗ichni  o‗ynab  o‗tirish,  barmoqlarini  o‗ynash,  piyolani  aylantirib  o‗tirish, 
sochini yoki kiyimini to‗g‗rilab o‗tirish mumkin emas". Undan keyinggi ko‗rsatma: 
"Qaddini  tik  tutish,  o‗rindiqda  yalpayib  yotib  olish,  uchiga  o‗tirib  olish,  likillab 
o‗tirish va oyoqlarni chalishtirib o‗tirish nojoizdir!.." 
Stulda  bukchaymasdan,  kerilmasdan,  tirsak  bilan  tayanmasdan  to‗g‗ri  va  erkin 
o‗tirish  tavsiya  etiladi.  Stulda  o‗tirgan  holda  silkinish,  stulning  chetigagina  ilinib 
o‗tirish, unga minib olish mumkin emas. Stulga o‗tirganda ham, undan turganda ham 
ovoz chiqmasligi kerak.  
Stulni  taraqlatib  surmaslik,  balki  orqa  suyanchig‗idan  ushlab  joyidan  joyga 
ko‗chirish  lozim.  O‗tirgan  stulni  oyoq  bilan  taqqillatish  insonning  g‗ashiga  tegadi. 
O‗tirganigizda  tizzalaringiz  juftlashtirilgan,  oyoq  kaftlaringiz  bir-biriga  mumkin 
qadar yaqin qo‗yilgan bo‗lishi lozim, bir oyoqni salgina oldinga chiqarib qo‗yish ham 
mumkin. 
Oyoqlarni  chalishtirib  o‗tirish  erkak  va  ayolga  ham  yarashmaydi  hamda  o‗ta 
madaniyatsizlik  hisoblanadi.  Erkaklarning  oyoqlarini  kerib,  tizzasiga  qo‗li  bilan 
tayanib o‗tirishi ularning beso‗naqayligini va tarbiya ko‗rmaganligidan dalolat beradi. 
Tarbiya  ko‗rgan  odam  hech  qachon  va  hech  kimga  orqa  o‗girib  o‗tirmaydi. 
Davrada hamma vaqt boshqalarga yuz o‗girib o‗tirishga, buning iloji bo‗lmasa, aqalli, 
yonni o‗girishga harakat qilish kerak.  
Katta yoshdagi kishilar xonaga kirayotganida yoki chiqib ketayotganda yoshlar 
joyidan turishi shart.  
Oyoqlar  ko‗p  e‘tiborni  talab  qiladi.  Jamoat  transportida  yo‗lovchilarning 
oyoqlarini tutish holatiga e‘tibor bering. Biri yalpayib oyoqlarini cho‗zib, ikkinchisi 
oyoqlarini  o‗rindiq  ichkarisiga  berkitib  olgan.  Qo‗shni  oyoqlarini  chalishtirib,  yana 
kimdir  oyoqlari  bilan  o‗rindiqni  oyog‗iga  ilashtirib  olgan.  Albatta  bu  individual, 
biroq maqtovga arzimaydigan xususiyatlardir. 
Uyda o‗zingiznikilar oldida eng qulay vaziyatni tanlang. Biroq ko‗pchilik oldida 
to‗rt tomonga qarab oyoq-qo‗llarni cho‗zib o‗tirish yaxshi emas. To‗g‗risi – oyoqlarni 
to‗g‗ri  va  berkitganroq  holda  tutish  kerak.  O‗zbek  udumlarida  uyda  imkon  qadar 
erkaklar  uchun  keng  shalvar,  ayol-qizlar  esa  oyoqlariga  lozim  kiyishlari  oyoqlarni 
imkon qadar berkitishga intilishdan dalolat beradi. «Zamonaviylik» ko‗proq ko‗cha-
kuyda  bo‗lgani  yaxshi.  Chunki  tashqarida  barcha  u  darajadagi  e‘tiborsiz  narsalar  – 
hoh u tartibsizlik, hoh  kiyinish bo‗lsin – uyda ravshan ko‗rinishni unutmaslik lozim. 


69 
 
Har  qanday  reflektiv  harakatlarni  nazoratda  tutmoq  lozim.  Esnayveradigan 
odamlar  nafaqat  notanish  davrada,  balki  ishxona  va  uyda  ham  odamning  g‗ashini 
keltiradi. Madaniyatliroq kishi umuman odamlar oldida esnamaslikka harakat qiladi. 
Agar  buni  bildirmasangiz,  ichingizga  yutsangiz,  unda  esnash  mumkin.  Yo‗taldan 
tiyilish  mumkin  emas.  Yo‗talayotganda  boshni  boshqa  tomonga  burib  og‗izni  qo‗l 
bilan  yopiladi,  qattiq  yo‗talda  esa  og‗izga  dastro‗mol  tutgan  ma‘qul.  Sekinroq, 
ro‗molchaga aksirish mumkin, bunda boshni chekkaga burmasa ham bo‗ladi. Butun 
xonani 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish