O‗zbekiston respublikasioliy va o‗rta


Dasturxonatrofida o‗zini tutish



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/309
Sana11.01.2022
Hajmi1,82 Mb.
#352721
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   309
Bog'liq
этика ва этикет Дарслик

Dasturxonatrofida o‗zini tutish 
Stol oldida o‗zini tutishning qoidalar shundayki, unda kichik doirada qat‘iy amal 
qilishi  unchalik  shart  bo‗lmagan,  lekin  ko‗pchilik  oldida  bu  qoidalarni  buzish 
mumkin emas bo‗lgan talablardan iboratdir. Mehmonga aytilgan vaqtga borish lozim. 
5

10  daqiqa  vaqtliroq  borish  esa  undan  yaxshiroq  bo‗lardi.  Umuman  olganda  har 
qanday joyga kechikib borish odobsizlikdir. Doimiy ravishda hamma joyga kechikib 
boradigan odam atrofdagilar orasida hurmatini yo‗qotadi.  
Mezbonlar  odatda  kechikkanlarni  15  daqiqadan  ortiq  kutmaydilar.  Mehmon 
keladigan  vaqtda  eshik  ochiq  turishi  kerak.  Ularni  eshik  oldida  samimiyat  va 
ochiqko‘ngillik  bilan  kutib  olish  lozim.  Mezbon  kelganlarni  ust  kiyimini  echishga 
yordam  bermog‗i,  qo‗l  yuvganida  sochiq  tutish  kerak.  So‗ng  ular  uyga  taklif 


187 
 
qilinadilar.  Agar  siz  mehmonga  kechikib  kelgan  bo‗lsangiz  va  barcha  mehmonlar 
allaqachon  stol  atrofiga  o‗tirgan  bo‗lsalar  ikkinchi  xatoga  yo‗l  qo‗ymang  –  ularni 
aylanib  chiqib  salomlashib  yurmaslik  zarur.  Faqatgina  uy  bekasi  bilan  ko‗rishib, 
kechikkanlik uchun uzr so‗rash kerak.  
Mezbon  bunday  holatda  o‗rnidan  turmaydi  va  kechikish  sabablarini  surishtirib 
ketmaydi.  Mehmonlarni  joylariga  o‗tkazar  ekanmiz,  ularga  qulaylik  tug‗dirishga 
harakat  qilishimiz  lozim.  Stulni  ayollar  uchun  erkaklar  surib,  o‗tkazadilar.  (Agar 
erkak  va  ayol  birga  o‗tiradigan  marosim  bo‗lsa)  stol  atrofida  mezbon  ruxsati  bilan 
hamda  ayollar  o‗tirgandan  so‗ng  o‗tiriladi.  O‗zbek  mentalitetida  esa  kattalar  va 
erkaklar o‗tirgandan so‗ng o‗tiriladi.  
Mehmondorchilik  ustida  biror  bir  kamchilik  sezilib  qolsa, 
“ishda edim, qo„lim 
tegmadi” 
degan bahonalar bilan o‗zini oqlash to‗g‗ri emas. Mehmon huzurida bolalar 
sho‗xlik  qilsa,  ularga  tanbeh  bermaslik  kerak,  mehmonning  izzat-nafsiga  malol 
kelishi mumkin. Bolalarni mehmon kelishidan oldin yoki boshqa xonaga olib chiqib 
tartibga chaqirib qo‗yish kerak. Bolalar ham  yoshligidan  shu qoidaga amal qilishga 
o‗rganadi.  
Umuman, bolalarni kelgan mehmon bilan ko‗rishgandan so‗ng yumshoqlik bilan 
chetlatilgani  ma‘qul,  chunki  yosh  bola  dasturxon  atrofida  o‗zini  tutishni  yaxshi 
bilmaydi,  sizni  va  mehmonni  noqulay  vaziyatga  tushirib  qo‗yadi.  Natijada  shirin 
suhbatga xalal yetadi, gurungning fayzi ketadi. 
Mehmonni  kuzatayotganda  ostonada  xayrlashish  bilan  chegaralanmaslik  kerak. 
Mehmonni yaxshiroq kutib ololmaganligi uchun uzr so‗ramaslik joiz. Bu takabburlik 
alomati  sanaladi.  Mehmondan  minnatdorchilik  izhor  yetishini  kutib  turmay  uning 
kelganligi uchun tashakkur bildirish lozim. 
Yana shuni esda tutish kerakki, quyuq ovqat mehmonga chap tomondan, suyuq 
ovqat  va  ichimliklar  esa  o‗ng  tomondan  taklif  etiladi.  Bo‗shagan  idish  –  tovoq 
mehmonning  o‗ng  tomonidan  o‗ng  qo‗l  bilan  yig‗ishtirilib,  patnisga  ustma-ust 
taxlanadi,  qoshiq,  sanchqi  va  pichoqlar  likopchalar  yoniga  sekingina  qo‗yiladi.  Bu 
vaqtda mehmonlarning yordami talab qilinmaydi. Mehmonning yordami kerak bo‗lib 
qolganda odob va hurmat doirasidan chetga chiqmaslik talab qilinadi.  
Uy  bekasi  ovqatni  avvalo,  mehmonlarga  tutadi,  o‗ziga  eng  oxiri  oladi. 
Mehmonlarni  barcha  ovqatlardan  tanovul  qilib  o‗tirishlari  uchun  uy  bekasi 
g‗amxo‗rlik  qiladi.  Bo‗shagan  likopchalarni  uy  bekasi  yig‗ishtirib  oladi,  uzoqda 
o‗tirgan  mehmonlar  bo‗sh  likopchalarni  to  uy  bekasiga  yetib  kelguncha  qo‗ldan-
qo‗lga  uzatishi  yoki  shu  oiladagi  qizning  qo‗liga  berishi  mumkin.  Onasiga  qizi  va 
o‗g‗li yordam berib, bo‗sh idishlarni oshxonaga olib chiqib kyetishlari mumkin.  
Agar oldingizga olib kelingan ovqatni yyeyishni istamasangiz, uni olmasligingiz 
mumkin, lekin bunga odob qoidasiga amal qilgan holda javob berish kerak bo‗ladi. 
Ovqatni, taomlarni taklif yetish kerak, ammo majburan egizish yaramaydi.  


188 
 
 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish