165
dyeyishga to‗g‗ri keladi. To‗g‗ri, qo‗shnilarni xafa qilish yaxshi emas, ammo boshqa
chora yo‗q. Qo‗shnilarning santexnikning manzilini olish uchun uyiga bostirib kirib,
yana qanday yashashlari bilan qiziqish yaramaydi. Agar qo‗shni ushbu manzilni
yo‗lakda
turib aytsa, buni shartli holat sifatida qabul qilishi lozim.
Do‗kondan qaytayotgan qo‗shnining xaltasi bilan qiziqish, kim qayerdan pul
topayotganini g‗iybat qilish to‗g‗ri emas. Qiya ochilgan eshikdan oyoq tovush
eshitilgandayoq, kim qayerga kim bilan va nima uchun ketayotganiga qiziqish
yaramaydi. Atrofdagilarning shaxsiy hayoti madaniyatli odamlar uchun mavzu bo‗la
olmaydi.
Zamonaviy hayot jabhasida kimdir devor ortida pianino chalishi kabi
shovqinlarning noqulayliklaridan qutulishning iloji yo‗q. Hech qaysi qonun bunday
«harakatlarni» ta‘qiqlamaydi. Ayniqsa, bu haqda qo‗shnilar bilan kelishib olish
mumkin bo‗lsa. Bunday vaziyatlarda, masalan, devorga tovush o‗tkazmaydigan
narsalar osib qo‗ygan ma‘qul. Boshimizdan do‗ppillagan oyoq tovushlari ham ko‗p
noxushliklar paydo qiladi. Tarbiyali odamlarga uyda shippak kiyib yurish katta
mehnat talab qilmaydi.
Umumiy kvartirada noxush ziddiyatlar ko‗p bo‗ladi. Aynan uyda boshqalarga
qarshi o‗laroq erkinroq yashashga, o‗zi istagan narsa bilan shug‗ullanishga har
birimiz intilamiz. Eng yomoni, kundalik mayda ziddiyatlar bora-bora ―harbiy
vaziyatni» keltirib chiqaradi. Bu darajaga olib kelmaslik uchun uning oldini olish
lozim. Umumiy kvartirada umumiy joyni egallash masalasini oldindan kelishib olgan
yaxshi. Jamoat sarhadlari – yo‗lak, oshxona, vannaxonada «oyoq uchida yurgan»
ma‘qul. So‗zlashuvda, uy kiyimida, hatti-harakatlarda e‘tiborli bo‗lish lozim. Yangi
zamonaviy falsafiy yo‗nalish namoyondalaridan biri Jan Pol Sartr inson faqat erkin
jamiyatdagina erkin bo‗la oladi degan g‗oyani ilgari suradboi.
38
Boshqalarning erkini
«bo‗g‗ib» qo‗yib, erkin yashashni umid qilish nodonlikdir.
Uyingizning xonasida yashashiga qaramay, ijarachi ham tinch yashash huquqiga
ega. Bu – uning xonasi, unga pul to‗laydi. Uy egalari bu xonaga eshikni
taqillatmasdan kirmaydilar, qayerga
ketyapti, qayerdan kelyapti, kimni qabul qilyapti,
kim ko‗ylagini yuvib beryapti, nima uchun kefir ichishni yaxshi ko‗radi,
jamadonlarini ko‗rish yaramaydi. Bularning hammasi ba‘zida yodlab turish kerak
bo‗lgan oddiy narsalardir.
Shu o‗rinda ham ijarachi uy egalarining jihozlariga ehtiyotkor bo‗lishi lozim. Uy
egasi bilan ijarachi o‗rtasidagi huquqlar teng emasligini u hamisha yodda tutmog‗i
lozim. Sirasini aytadigan bo‗lsak, o‗sha yerdagi odatlarga moslashishi shart emas.
Budilnikdan foydalanish mumkin, ammo butun uyni oyoqqa turg‗izish shart emas,
uyda kiyish mumkin bo‗lgan xalat, pijamalarda yurish mumkin. Kiyimlar va narsalar
38
Sartr J.P. Ekzistensializm to‗g‗risida. A.Sher tarjimasi. «Jahon adabiyoti jurnali». – T., 2011, 2-soni.
166
har joyga tashlab ketmaslikka, o‗tkir hidli ovqat tayyorlamaslik va boshqa uy
egalariga xush kelmaydigan narsalarni qilmaslik lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: