ETIKET BO‗YICHA MUOMALA QILISHNI BILISH
- avvalambor
suhbatni olib bora olish qobiliyatidir. Bu yerda ham umumqabul qilingan qoidalar
mavjud. Suhbatdoshingizni gapini bo‗lmasdan uni eshitishni o‗rganing. Zero,
suhbatdoshingizni hamdardlik, layoqatlilik, yaxshi niyatliligingizni ko‗rsatib, diqqat
va sabr-toqat bilan eshita olishning o‗zi - bu iste‘dod. Lekin bu iste‘dod tug‗ma emas
– har bir inson uni o‗zida hamda farzandlarida mujassam etib, tarbiya toptirishi
mumkin. Suhbatdoshingizni tinglayotib iloji boricha uning ko‗ziga qarashga harakat
qiling. Suhbatdoshingizning gaplariga tasdiq sifatida yo boshingizni silkitib yoxud
so‗zlar bilan suhbatga bo‗lgan jonli qiziqishni ko‗rsatishga harakat qiling.
225
Do'stlaringiz bilan baham: |