O‗zbekiston respublikasioliy va o‗rta



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/309
Sana11.01.2022
Hajmi1,82 Mb.
#352721
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   309
Bog'liq
этика ва этикет Дарслик

 
Qo‗shnilar 
Bir  «dom»da  turadigan  qo‗shnilar  garchi  bir-birlarini  yaxshi  tanishmasalar-da, 
ko‗rishishlari  shart.  Qo‗shnilarning  burchlari  ko‗pdir,  ammo  asosiysi  –  boshqalarga 
kamroq  xalaqit  berish.  Bu  quyidagini  bildiradi:  bolalarni  to‗polon  qilishlariga, 
derazadan  baqirishlari  va  sakrashlariga  ruxsat  berish;  radio  ovozini  baland  qilish; 
bolta bilan biror narsa maydalash, uydagilar bilan janjal qilish, trubada mashq qilish 
yaxshi  emas.  Agar  mehmondorchilik  yoki  ta‘mir  qilish  uchun  birovning  tinchini 
buzishga  to‗g‗ri  kelib  qolsa,  bu  haqda  qo‗shnilarni  ogohlantirib  qo‗yish  lozim.  Har 
holda  ular  bu  shovqinning  tugash  paytini  taxminiy  bilishadi  va  bir  oz  xotirjam 
bo‗ladilar. 
Tabiiyki,  qo‗shnilar  o‗z  telefonlaridan  foydalanishga  izn  berar  ekanlar,  faqat 
zaruriyat nuqtai nazardan ularni bezovta qilish mumkin. Qo‗shnichilik yuzasidan biz 
shakar,  dazmol  kabi  narsalarni  berib  turamiz,  ammo  ularni  o‗z  vaqtida  qaytarish 
shart. Bizning  buyumlarimizga  bo‗lgan  qo‗shnilarning  «hujumi»  chegaradan  chiqsa, 
unda  ularga:  «Afsuski,  chang  yutgich  yaxshi  ishlamayapti,  yordam  berolmayman» 


165 
 
dyeyishga to‗g‗ri keladi. To‗g‗ri, qo‗shnilarni xafa qilish yaxshi emas, ammo boshqa 
chora yo‗q. Qo‗shnilarning santexnikning manzilini olish uchun uyiga bostirib kirib, 
yana  qanday  yashashlari  bilan  qiziqish  yaramaydi.  Agar  qo‗shni  ushbu  manzilni 
yo‗lakda turib aytsa, buni shartli holat sifatida qabul qilishi lozim. 
Do‗kondan  qaytayotgan  qo‗shnining  xaltasi  bilan  qiziqish,  kim  qayerdan  pul 
topayotganini  g‗iybat  qilish  to‗g‗ri  emas.  Qiya  ochilgan  eshikdan  oyoq  tovush 
eshitilgandayoq,  kim  qayerga  kim  bilan  va  nima  uchun  ketayotganiga  qiziqish 
yaramaydi. Atrofdagilarning shaxsiy hayoti madaniyatli odamlar uchun mavzu bo‗la 
olmaydi. 
Zamonaviy  hayot  jabhasida  kimdir  devor  ortida  pianino  chalishi  kabi 
shovqinlarning  noqulayliklaridan  qutulishning  iloji  yo‗q.  Hech  qaysi  qonun  bunday 
«harakatlarni»  ta‘qiqlamaydi.  Ayniqsa,  bu  haqda  qo‗shnilar  bilan  kelishib  olish 
mumkin  bo‗lsa.  Bunday  vaziyatlarda,  masalan,  devorga  tovush  o‗tkazmaydigan 
narsalar  osib  qo‗ygan  ma‘qul.  Boshimizdan  do‗ppillagan  oyoq  tovushlari  ham  ko‗p 
noxushliklar  paydo  qiladi.  Tarbiyali  odamlarga  uyda  shippak  kiyib  yurish  katta 
mehnat talab qilmaydi. 
Umumiy  kvartirada  noxush  ziddiyatlar  ko‗p  bo‗ladi.  Aynan  uyda  boshqalarga 
qarshi  o‗laroq  erkinroq  yashashga,  o‗zi  istagan  narsa  bilan  shug‗ullanishga  har 
birimiz  intilamiz.  Eng  yomoni,  kundalik  mayda  ziddiyatlar  bora-bora  ―harbiy 
vaziyatni»  keltirib  chiqaradi.  Bu  darajaga  olib  kelmaslik  uchun  uning  oldini  olish 
lozim. Umumiy kvartirada umumiy joyni egallash masalasini oldindan kelishib olgan 
yaxshi.  Jamoat  sarhadlari  –  yo‗lak,  oshxona,  vannaxonada  «oyoq  uchida  yurgan» 
ma‘qul. So‗zlashuvda, uy kiyimida, hatti-harakatlarda e‘tiborli bo‗lish lozim. Yangi 
zamonaviy  falsafiy  yo‗nalish namoyondalaridan biri Jan  Pol  Sartr inson  faqat  erkin 
jamiyatdagina erkin bo‗la oladi degan g‗oyani ilgari suradboi.
38
 Boshqalarning erkini 
«bo‗g‗ib» qo‗yib, erkin yashashni umid qilish nodonlikdir. 
Uyingizning xonasida yashashiga qaramay, ijarachi ham tinch yashash huquqiga 
ega.  Bu  –  uning  xonasi,  unga  pul  to‗laydi.  Uy  egalari  bu  xonaga  eshikni 
taqillatmasdan kirmaydilar, qayerga ketyapti, qayerdan kelyapti, kimni qabul qilyapti, 
kim  ko‗ylagini  yuvib  beryapti,  nima  uchun  kefir  ichishni  yaxshi  ko‗radi, 
jamadonlarini  ko‗rish  yaramaydi.  Bularning  hammasi  ba‘zida  yodlab  turish  kerak 
bo‗lgan oddiy narsalardir. 
Shu o‗rinda ham ijarachi uy egalarining jihozlariga ehtiyotkor bo‗lishi lozim. Uy 
egasi  bilan  ijarachi  o‗rtasidagi  huquqlar  teng  emasligini  u  hamisha  yodda  tutmog‗i 
lozim.  Sirasini  aytadigan  bo‗lsak,  o‗sha  yerdagi  odatlarga  moslashishi  shart  emas. 
Budilnikdan  foydalanish  mumkin,  ammo  butun  uyni  oyoqqa  turg‗izish  shart  emas, 
uyda kiyish mumkin bo‗lgan xalat, pijamalarda yurish mumkin. Kiyimlar va narsalar 
                                                           
38
Sartr J.P. Ekzistensializm to‗g‗risida. A.Sher tarjimasi. «Jahon adabiyoti jurnali». – T., 2011, 2-soni. 


166 
 
har  joyga  tashlab  ketmaslikka,  o‗tkir  hidli  ovqat  tayyorlamaslik  va  boshqa  uy 
egalariga xush kelmaydigan narsalarni qilmaslik lozim.  

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish