O‗zbekiston respublikasioliy va o‗rta


Oiladagi yoshi kattalar bilan munosabat



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/309
Sana11.01.2022
Hajmi1,82 Mb.
#352721
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   309
Bog'liq
этика ва этикет Дарслик

Oiladagi yoshi kattalar bilan munosabat 
Avvalambor  –  odob  va  tartib.  Odob  sizni  botiniy  munosabatlaringizga  yordam 
bersa, batartiblik tashqi masalarda muvaffaqiyat keltiradi. Ko‗p hollarda yosh oilalar 
ota-onalari  bilan  bir  uyda  yashashlariga  to‗g‗ri  kelib  qoladi.  Bunday  vaziyatlarda, 
albatta  yoshlar  kattalarni  hurmat  qilishlari,  ularga  qattiq  gapirmasliklari,  ularga 
nisbatan tavoze‘lik bo‗lmoqliklari kerak. Ularning fikrlariga va ixtiyorlariga hurmat 
bilan qarashlari lozim. 
Qaynona bilan birga yashash ko‗pincha ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Chunki 
uyda  birdaniga  ikkita  uy  bekasi  paydo  bo‗lib  qoladi.  Xo‗sh,  unda  ular  qanday 
huquqqa  ega  va  ro‗zg‗ordagi  bekalik  majburiyatlarni  qanday  taqsimlashi  mumkin? 
Bunday  vaziyatda  universal  javob  topilmaydi.  Ammo  ma‘lum  bir  qoida  va 
maslahatlar bor. 
Birinchidan uy bekalik huquqiga ikkalalari ham egadirlar. Kelin nafaqat o‗qish, 
ish  bilan  band  bo‗lib,  uy  ishlari  bilan  shug‗ullanishga  vaqti  bo‗lmasligi  mumkin. 
Ammo  baribir  uning  uy  bekalikda  huquqi  bor.  Ikkinchi  tarafdan,  qaynona  yoki  ona 
sog‗lig‗i  yaxshi  bo‗lmagani  uchun  uy  yumushlari  bajarishga  imkoni  bo‗lmasligi 
mumkin.  Lekin  u  hurmatga  loyiq,  uyning  to‗ri  uniki  bo‗lishi  lozim.  U  oilaviy 
tadbirlarning barchasida e‘zozli mehmon sifatida ishtirok etadi. 
Kelin  yoki  kuyovni  ko‗rgani  kelgan  yoshlar  bilan  onalarning  o‗tirish  unchalik 
shart  emas.  Odatga  ko‗ra  yosh  mehmonlar  kelishgach,  dasturxonni  ona  fotiha bilan 
ochib beradi. Kyetishda esa ham «javobni» ular berishlari lozim. 
Yoshi  kattalarning  yoshlar  tomonidan  qilingan  mulozamatini  juda  xush 
ko‗rishlariga  e‘tibor  berin  lozim.  To‗g‗ri,  hozirda  bunday  masalaga  e‘tibor 
bermaydigan  oilalar  ham  bor.  Oiladagi  sizga  bo‗lgan  yaxshi  munosabatdan 
g‗ururlanib, shirinso‗zlik va adablilikni unutmang. Doimo shirinso‗zlik bo‗lish joiz. 


163 
 
Ikkiyuzlamachilik  va  munofiqlikni  ishga  solmang!  To‗g‗ri  gapiring,  ammo  chiroyli 
gapiring.  O‗zini  hech  qachon  yerga  urmaslik  kerak.  Siz  tomonidan  so‗zlayotgan 
shirinso‗zlarning  hammasi  «yashash  uchun  bo‗lgan  kurash»  emas,  aksincha  odob 
yuzasidan ekanligini bildiring. Ayniqsa, qizg‗in, xursandchilik kunlarida hammaning 
oldida  qaynonangizni  charchab  qolishidan  «qo‗rqib»  unga  dam  olishni  maslahat 
bermang.  Umuman,  qarilikni  ta‘kidlab  turadigan  ifoda  usullaridan  saqlanish 
yaxshiroq.  
Qaynonalar  yoshlarning  shaxsiy  hayotiga,  ularning  o‗zaro  munosabatiga 
aralashmasliklari  lozim.  Bu  madaniyatsizlikdir  va  sizni  ularni  oldida  yerga  uradi. 
Ayrim  hollarda  qaynona  va  kelin  andishani  yig‗ishtirib  qo‗yib,  har  birlari  o‗z 
gaplarini  o‗tkazishga  harakat  qilishlarini  kuzatishimiz  mumkin.  Bunday 
kelishmovchiliklarni  oldini  olish  uchun  kattalar  yoshlarning  kiyinishida,  sochlarini 
turmaklashida,  yoqtirgan  kuy  va  ashulalari,  shuningdek,  ba‘zi  boshqa  masalalarda 
ularni o‗z  hollariga qo‗yishlari lozim. Yoshlar ham, o‗z navbatida iloji boricha ota-
onalarni  tushunishga  intilishlari,  ularning  g‗ashiga  tegadigan  noo‗rin  qiliq  va 
odatlardan o‗zlarini tiyilishlari kerak. 
Kelin  kelinligining  birinchi  kunidanoq  hamma  narsani  keragicha  bilishi,  katta 
tajribaga ega bo‗lgan  qaynonasi darajasida turishi juda qiyin. U ham mayli-ya, lekin 
bilishni  istamasa  qiyin.  Shuning  uchun  onalar  qizlariga  ovqat  pishirishni,  meva  va 
sabzavotlarni  qishga  sharbat,  tuzlama,  murabbolar  tayyorlashni,  uy-joyni  saranjom-
sarishta  tutishni,  did  bilan  mehmon  kutishni  va  shu  kabi  uy-ro‗zg‗or  ishlarini 
o‗rgatishga alohida e‘tibor berishlari zarur.  
Kelinlik  vazifasidan  tashqari  qaynona  va  qaynotalarning  ham  vazifasi  borligini 
unutmang.  Bir  nima  olishdan  asosiysi  –  mehringizni  ayamang.  Uy  va  o‗g‗lingizni 
ro‗kach  qilavermang.  Minnat  farzandning  shaxsiyatiga  tegadi.  Ota-ona  minnatni 
kechirishi  mumkin, lekin farzand 

 Chunki ota

ona o‗g‗liga bog‗liq bo‗lishni baxt 
deb  biladi,  ammo  farzand  ota-onaga  bog‗liq  bo‗lishni  umuman  xohlamaydi. 
O‗g‗lingiz bo‗lmasa, u boshqa kishiga turmushga chiqishi mumkin edi. Uyi bo‗lmasa, 
o‗g‗lingizga  qiyin  bo‗lardi.  «Mening  davrimda 

»  yoki  «Men  unday  qilardim, 
bunday  qilardim»  degan  gaplarni  kamroq  aytgan  ma‘qul.  Agar  yoshlarni  o‗z 
hayotlaridan mamnun bo‗lishlarini, shukr qilib yashashni o‗rgatmoqchi bo‗lsangiz – 
o‗zingiz  namuna  bo‗lish  lozim.  Bolalar  doimo  bolaligicha  qoladi.  Ular  sizning 
so‗zingiz  bilan  amalingiz  qandayligini  solishtiradilar.  Bolalarni  doimo  duo  qiling. 
Kattalar  kichiklarga  bizda  rahmat  demaydilar.  Ammo  yaxshi  niyat  bilan  qilingan 
samimiy duo kuchliroq ta‘sirga ega.  
Ba‘zida  ota-onani  oldida  o‗tirib,  ularni  ko‗nglini  oling,  hadyalarni  o‗zingiz 
qiling, kelin o‗zi topshirgan sovg‗a bilan, (garchi sizning hisobingizdan bo‗lsa ham) 
siz topshirgan sovg‗adan yer bilan osmonchalik farqi bor.  


164 
 
Qaynonalarga  bir  necha  maslahatlar:  juda  ko‗p  narsa  qaynonalarga  bog‗liq. 
Yoshlarning  hayotiga  aralashuvni  kamaytirishlari  maqsadga  muvofiqdir.  O‗zingizni 
tanbeh  beraverishdan  tiying.  Keliningiz  yoki  kuyovingizdan  onalik  da‘vo  qilmang 
(har holda ona bitta bo‗ladi). O‗g‗il oldida kelinni, qiz oldida kuyovini «muhokama» 
qilish munosabatlarni yanada ziddiyatlashtiradi. Hadeb shikoyat qilavermaslik kerak. 
Minnatdorlik  tuyg‗usi  nima  ekanligini  bilmagan  ota-onalar  o‗z  farzandlaridan  buni 
kutishlari  qiyin  masala.  So‗ralmagan  tanbeh  yoki  buyruqlardan  o‗zni  tiyish  zarur. 
«Xonangiz  betartib»  yoki  «Idishlarni  darhol  yuvib  qo‗yish  kerak»  qabilidagi 
«maslahatlar»  –  birovning  hayotiga  aralaShuvdir.  Garchi  yoshlar  bizga  yaqin 
bo‗lsalar-da, ularning o‗z hayotlari va oilalari borligini unutmaslik joiz. Bu esa ota-
onalarning  ham  o‗z  hayotlari  bor  ekanligini  anglatadi.  O‗z  hayotining  davomini 
bolalarda  davom  ettirmaslik  lozim.  Ular  o‗z  hayoti  uchun  o‗zlari  javob  berishlari, 
o‗zlari yashashlari joiz. Ushalmagan orzular, yoki armonlar, alam va ginalar bolalar 
hyotiga  ―o‗tib‖  ketmasligi  zarur.  Agar  bolalar  bilan  yashash  qiyin  bo‗lsa,  bu  ota-
onaning aybi. Bola tarbiyasida qandaydir xato o‗tgan. Shaxs bo‗lib voyaga yetgandan 
so‗ng, o‗zi ota-onalikka da‘vo qilayotgan bir paytda bunday aralaShuv befoyda. Men 
bolam  uchun  qayg‗uryapman  qabilidagi  ―bahonalar‖  sizni  hamon  tinch 
qo‗ymayotgan  nafs  ekanligini  unutmang.  Bunday  holatda  Zigmund  Froydning 
―sublimatsiya‖  nazariyasi  qo‗l  keladi.  Nafsni  boshqa  –  ijobiy  tomonga  yo‗naltirish 
maqsadga  muvofiq.  Ya‘ni  o‗z  hayotingizni  yo‗lga  qo‗ygan  ma‘qul.  Kerakli 
muolajalar, sanatoriy  yoki dam  olish  maskanlari, chiroyli shaharga sayohatlar, kitob 
mutolaasi  –  xullas  o‗zini  xursand  qilishning  yo‗llari  ko‗p.  Shunday  qilingki,  bolalar 
sizga talpinsinlar, siz ularga emas.  

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish