Profesional etika beshta tamoyilga asoslanadi:
1.
Yaxlitlilik. Siz barcha sohaning ishchan munosabatlarida sodiqlik va to‗g‗rilik
xususiyatiga ega bo‗lishingiz kerak
20
2.
Ob‘yektivlik. Ish jarayonida boshqalarga kasbiy va xizmat yuzasidan
ob‘yektiv bo‗lish, hamkasblaringizning ishiga tahdidlar bo‗lishi kerak emas.
3.
Kasbiy kompetentlik va ish haqida qayg‗urish.
4.
Konfedetsiallik, ya‘ni o‗z kasbiy sohangizdagi ma‘lumotlardan o‗z
manfaatlaringiz uchun foydalanish tavsiya etilmaydi.
5.
Kasbiy xulq-atvor. Har qanday sohada o‗z kasbingizga sodiq bo‗lish darkor.
Etiketga keladigan bo‗lsak, odob qoidalari etiket qoidalaridan ustun hisoblangan.
Zero, odob rasm-rusmlar – asosan tashqi ta‘sirga emas, balki ichki jihatlarga –
insoniylikni, xulq va axloqiylik uchun asos sifatida qaratilgan. Ya‘ni etiket ―muhimi
qandayligi emas, balki boshqalar uchun qanday ko‗rinishda‖ shiori ostida o‗zini
yo‗qotib qo‗ymaslik, aslzodalikning mavjudligini ko‗rsatishga intilish va shu bilan
jamoatchilikda ijobiy taassurot qoldirish bilan bog‗liq bo‗lgan. Odob insonlararo
munosabatlarni axloqiylashtirish hamda uni axloqiy anglash orqali takomillashadigan
tashqi va ichki go‗zallik uyg‗unligi sifatida namoyon bo‗ladi. Shu ma‘noda, ―Odob –
inson haqida yoqimli taassurot uyg‗otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat
hayotida burilish yasaydigan darajada muhim ahamiyatga ega bo‗lmaydigan, milliy
urf-odatlarga asoslangan chiroyli hatti-harakatlarni o‗z ichiga oladi‖. Bundan
tashqari, odob insonlarni ranjitmaslik, Jan Pol Sartr aytganidek, erkin jamiyatda erkin
bo‗lish, ya‘ni boshqalarni erkini ta‘minlashga, odamlarni axloqiylikka, ular orasida
munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan. Ushbu atamalarning ilmiy asosiga murojaat
qilsak, ularning mazmun-mohiyati yanada aniqroq namoyon bo‗ladi. Shu ma‘noda
etiketbirinchidan, inson va jamiyat o‗rtasida munosabatlarning qaysi axloqiy
mezonlarga asoslanishini belgilasa, ikkinchidan, siyosat va ijtimoiy voqelikni bir–biri
bilan ―murosayu – madora‖ qilishga chaqiruvchi tarbiya vositasi sifatida namoyon
bo‗ladi.
Garchi bu ikki soha insoniy munosabatlarini go‗zallashtirishga qaratilgan bo‗lsa-
da, ularning rivojlanishi individual xarakterga ega. Chunonchi, insonlararo
munosabatlarda Sharq e‘tiborni odob va axloqqa qaratib, uni pandnomalar orqali
rivojlantirgan bo‗lsa, G‗arbda esa etiket qoidalari diplomat munosabatlardagi hatti-
harakatlarga asoslanadi. Bu borada 1716 yilda Hamburgda nashr etilgan Montesning
―Yuqori tabaqali insonlar va ayollar bilan qanday mulozamat qilish hamda
ayollarning bizga nisbatan o‗zini qanday tutishi haqidagi kitob‖ deb nomlangan kitob
misol bo‗ladi. Unda turli tantanali qabullarning etiket bilan bog‗liq barcha
murakkabliklari tasnif qilingan.
O‗rta asrlarga kelib etiket qoidalari cherkov talablari asosida belgilandi.
Ruhoniylarning inson munosabatlarini boshqarishga bo‗lgan intilishi boshqa sohalar
kabi etiket qoidalari asosida munosabatlar tizimida turg‗unlikni paydo qildi. Ammo
yangi davrga kelib G‗arbda etiket rivojlana boshladi. Yuqori tabaqali kishilarning
moliyaviy imkoniyatlarini yo‗naltirish, ularning jamoatda o‗z o‗rniga ega bo‗lishiga
21
doir etiketning qoidalari takomillashdi. Yigitlarning uylanishi va qizlarnnig
turmushga chiqishi yoki moddiy imkoniyatlari kam yigitning o‗z mavqeini tiklab
olish uchun etiket juda katta ahamiyat kasb eta boshladi, hatto dasturxon atrofida
o‗zini tutish etiketi siyosiy darajaga ham yetdi. Biroq bu kabi munosabatlarda
me‘yorning buzilishi G‗arb ziyolilarini g‗ashini keltira boshladi. Sharqda esa bu
masalalarning barchasi axloqiy mezonlar asosida rivojlantirildi.
Misol uchun musulmon Sharqida taom tanovul qilish paytiga kelib qolgan
mehmon mezbonni rad yetishi, Alloh bergan rizqdan voz kechish, o‗zini Xudodan
ustun deb hisoblash deb tushunilar edi. Ya‘ni taom tanovul qilish ham ma‘lum
ma‘noda o‗ziga xos ibodat hisoblandi. Chunki inson kim ekanligini, hayotning
mayda-chuyda tashvishlarini, muhimi asosiy maqsad – o‗z-o‗zini anglashni unutib
qo‗ymaslik, tanovul paytida unga rizq bergan Zotning yerdagi ajoyibotlari, borliq
borasidagi mushohadaga chorlashi lozim edi. G‗arbda esa, taomga taklif qilingan
mehmon taklifni qabul qilishdan avval bashang va yuksak did bilan kiyingan bo‗lishi
shart edi. Agar mehmon taklifni qabul qilsayu, yuqoridagi qoidani unutsa, bu holat
mezbonga nisbatan haqorat tarzida qabul qilinishi mumkin edi. Ya‘ni, kiborli
jamiyatga ―arziydigan‖ inson bo‗lishdan ―toyilish‖ shu jamiyatga qarshi borish bilan
barobar bo‗lgan.
Shuning uchun etiket qoidalarini buzuvchi mayda-chuyda jihatlar, arzimagan
xatolar kechirilmas va kelajakka qattiq ta‘sir qilar edi. Bu esa Evropaning yuksak
darajadagi kiborli jamiyatida yashab kyetish oson emasligini va faqatgina a‘lo
insonlargina bu borada ijobiy natijalarga erishadilar, degan ma‘noni anglatar edi.
Bunday talablar keyinchalik bir qator olimlarni yillar davomida etiketga qarshi borish
va uni deyarli yo‗qqa chiqarishga intilishiga sabab bo‗ladi. Zero, o‗rta asrlarda
cherkov aqidalari paydo qilgan turg‗unlik bu paytga kelib sekin-asta o‗z ta‘sirini
yo‗qota boshlagan, ijtimoiy munosabatlar tizimida sharqning axloqiy qadriyatlariga
asoslana boshlagan edi. Shuning uchun axloqiy tarbiya masalasini etiket qoidalaridan
yuqori turishini nazariy jihatdan asoslashga harakat qilindi. Masalan, ruhiy tahlil
falsafasi bu borada o‗ziga xos yondoShuvni vujudga keltirdi.
Bu borada Sigzmund Shhoma Froyd ta‘limotiga ko‗ra, bolalik davrini boshidan
o‗tkazgan inson o‗zi yashab turgan jamiyatning axloqiy hamda estetik mezonlari
bilan hisoblashishga majburdir. Mayllarning o‗ziga xos kompensatsiyasi esa
bolalikdan odamlarda xayol o‗yiniga berilishni kuchaytiradi, keyinchalik ular
xayolotga, kuchli ishtiyoqqa aylanadi. Bu masalalarni Froyd «Shoir va xayolot» va
«Ruhiy tahlilga kirish. Ma‘ruzalar» degan asarlarida izohlab beradi. Uning nazdida
xayolot manbai onglanmaganlikda mavjud, onglanmaganlik – inson ruhi quvvatining
makoni. Inson bolalikdanoq tashqi olam cheklovlari hamda jamiyat ta‘qiqlari bilan
hisoblashishga majbur bo‗lar ekan, uning istaklari tufayli vujudga kelgan o‗zaro
ziddiyatlardan qutulish yo‗li bu – xayolot va uning asosida vujudga keluvchi san‘at.
22
Xayolotning paydo bo‗lishi nevroz va psixoz atalmish ruhiy kasallikka sharoit
yaratadi, zero, u keyinchalik turli ruhiy kasalliklarga olib boruvchi onglanmaganlikni
ongga kuchli ravishda yopirilishdan saqlaydi. Jamiyat inkor qiluvchi istak-
mayllarning Shaxs «men»idan siqib chiqarilishi albatta, uning ruhiyatiga salbiy ta‘sir
ko‗rsatadi. Bu esa inson ixtiyor erkinligi, uning tanlovini hurmat qilishga, erkinlikni
vasf qilishga olib keldi hamda etiket avvalgidek nufuzdagi hayot-mamot darajasidagi
amal emas, balki jamiyatda Shunchaki xulq-atvorni to‗g‗ri yo‗lga solishga intiladigan
soha darajasiga tushdi.
Etiketning mohiyatini tushuntirar ekan, faylasuf Abdulla Sher ―Etiket –
takallufning mayda-chuyda jihatlarigacha ishlab chiqilgan odob qoidalari sifatida
ijobiy, kishining ko‗zini quvontiradigan muomala hodisasi. Lekin ayni paytda, u asl
axloqiy asosini yo‗qotgan majburiy mulozamat tarzida ham namoyon bo‗ladi: etiket
qoidalarini bajarayotgan kishi aslida o‗z xohish-ixtiyoriga qarshi ish ko‗rayotgan
bo‗lishi ham mumkin‖, - degan fikrni bildiradi.
Axloq-odob qoidalar majmuiga, pandnomalarga ega bo‗lgan Sharq kishisida
―bizga etiketni o‗rganishning nima zaruriyati bor‖, degan savol tug‗ilishi tabiiy. Bu
borada etiketni fan sifatida o‗rganish, qolaversa, ijtimoiy-maishiy turmush tarzi
sog‗lomlashtirishga yo‗naltirilgan metodologik, axloqiy, iqtisodiy asoslar mavjud.
Shuningdek, etiketning muhim ahamiyati shundaki, diplomatik, biznesmen, rasmiy
qabullar va tashriflar kabi zamonaviy etiketlardan tashqari, milliy etiket ko‗rinishlari
ham mavjud. Ular milliy qadriyatlarni saqlab qolish, ularga nisbatan hurmat va
ehtirom bilan munosabatda bo‗lishga chorlaydi. Bu o‗ziga xos axloqiy- estetik
xususiyat kasb etadi. Ya‘ni, unda odob bilan go‗zallikning uyg‗unligini ko‗rishimiz
mumkin, qat‘iy odob qonun-qoidalari chiroyli hatti-harakatlar vositasida amalga
oshiriladi.
Avvalo, etiket mumtoz etika fanining axloqiy madaniyat ruknidagi sohasi
sifatida o‗tib kelinadi. Ammo axloqiy tafakkur rivoji axloqiy muammolarning
zamonaviy masalarini tadqiq qilishi natijasida kengaya boshladi. Bu holat natijasida
etiketni etika fanining alohida qismi sifatida tadqiq etishni taqozo qilmoqda.
Qolaversa, o‗tgan asrning oxiriga kelib dunyo ijtimoiy-ma‘naviy manzarasining
o‗zgarishi va axloqiy qadriyatlarga munosabatdagi ―zamonaviylik‖ ba‘zi axloqiy
qadriyatlarni noto‗g‗ri tushunilishi yoki ularga mensimaslik bilan munosabatda
bo‗lish kabi salbiy holatlarni vujudga keltirmoqda. Ayniqsa, insonlararo muomala va
muloqotdagi qo‗pollikni – to‗g‗rilik, kibr va riyoni – qadr-qimmat, odobsizlikni –
erkinlik, nomardlik, hiyla va haromni – uddaburonlik, kattalarga nisbatan
hurmatsizlikni – mustaqil fikrga egalik, madaniyatsizlikni – dangallik deya qabul
qilish achinarli holdir. Bundan tashqari, yuqoridagi salbiy holatlar har tomonlama
barkamol avlodni shakllantirish, iqtisodiy jihatdan barqarorlikka ega bo‗lish, axloqiy
munosabatlarni tartibga solish, o‗z sohasining ustasi sifatida jahon mutaxassislari
23
bilan bemalol raqobatlasha oladigan kadr bo‗lib yetishish yo‗lida olib boriladigan
ishlarga ham monelik qiladi.
Shuni ta‘kidlash zarurki, axloqiy tafakkur etiketni o‗z-o‗zicha axloqiy
anglashning muhim xususiyatlariga hamda axloqiy tamoyillar, me‘yorlar,
tushunchalarsiz qabul qilib uni ijtimoiy hayotga to‗g‗ridan-to‗g‗ri qo‗llash bilan
kutilgan natijani bermaydi. Chunki hozirgi zamon etiket mezonlari, qoidalari va
talablari barcha ijtimoiy hayot sohalarni qamrab olmoqda. Bugungi etiket inson
axloqiy munosabatlarini himoyalaydi. Biroq etiketning axloqiy talabi hisoblangan
nazokat, takalluf, iltifotda samimiylik, ya‘ni botiniy axloqning bo‗lmasligi yoki
sustligi amalga oshirilgan harakatlarni oqlamaydi. Shu ma‘noda, bu yo‗lda yuksak
axloqiy bilim va dunyoqarashga ega bo‗lmay turib, kutilgan natijaga erishish qiyin.
Zero, ulug‗lar aytganidek, ―Vaqtiki ma‘lum bo‗ldi, har kishiga ul ilmni bilmak
vojibdurkim, qilur amalida ul ilmga hojatmand bo‗lg‗ay. Bas, bilgilki, omi(lar)
hamisha xatardadurlarkim, agar bir amalni qilmoqni xohish qilsalar, ul amal ilmini
bilmagay...‖
Etiketning qoidalari – odobga, odob – xushxulqqa, xushhulq - axloqiylikka olib
boradi. Binobarin, axloq – jamiyat, zamon, ba‘zan umumbashariy ahamiyatga ega,
insoniyat tarixi uchun namuna bo‗la oladigan ijobiy hatti-harakatlar yig‗indisi,
insoniy kamolot darajasini belgilovchi ma‘naviy hodisa sifatida nafaqat shaxsni, balki
butun bir jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois etiketni
bugungi kunga kelib texnika asri kishisining zamon talablariga javob beradigan
madaniy maishiy turmush tarzini go‗zallashtirishga, o‗zaro munosabatlar tizimini
madaniylashtirishga xizmat qiluvchi fanning yangi tarmog‗i deyish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |