2-MAVZU. PROFESSIONAL ETIKA VA KASBIY ETIKETNING
VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI
ETIKETNING KELIB CHIQISHI, MAQSADI VA ZAMONAVIY
AHAMIYATI
Professional etika axloqiy madaniyat tizimida yaqqol ko‗zga tashlanadi. Chunki
inson voyaga yetib, bir kasbning boshini tutgach, o‗z kasbi doirasida odamlar bilan
muntazam munosabatda bo‗ladi. Bu munosabat, bir tomondan, hamkasabalar
davrasida ro‗y bersa, ikkinchi jihatdan, u kasb talabiga binoan uchrashadigan turli
toifadagi odamlar bilan yuzaga keladi. Ayni paytda, kasbiy odob axloqiy
madaniyatning eng yuksak shakllaridan biri; uning jamiyat axloqiy hayotidagi o‗rni
yuksak.
Har bir jamiyatda muayyan guruhlar borki, egallagan kasblari ularni boshqa
jamiyatdoshlariga nisbatan imtiyozli darajaga olib chiqadi. Ko‗pchilik jamiyat
a‘zolarining hayot-mamotlari, sog‗ligi, ma‘naviy sog‗lomligi, huquqiy himoyasi,
ilmiy salohiyatining namoyon bo‗lishi kabi omillar huddi shunday imtiyozli kasb
egalarining o‗z kasbiy burch mas‘uliyatini qay darajada his yetishlariga, halollik va
vijdon yuzasidan ish ko‗rishlariga bog‗liqligi hammaga ma‘lum.
Shuningdek,
sharqning buyuk notig‗i Husayn Voiz Koshifiyning
―Futuvvatnomai sultoniy yohud javonmardlik tariqati‖ nomli kitobida Professional
etika va kasbiy odob muammolariga atroflicha to‗xtalib o‗tadi. Xususan, kitobning
beshinchi bobining o‗n to‗rtinchi, o‗n beshinchi va o‗n oltinchi fasllari turli kasb
egalari odobiga bag‗ishlangan. Masalan, o‗n to‗rtinchi fasl «Kasb-kor va savdo-tijorat
odobi haqida» deb nomlanadi va umuman kasb egasi, ayni paytda, savdo-tijorat ahli
odobi qonun-qoidalarini o‗zi ichiga oladi. Koshifiy yozadi:
«Bilgilkim, hamma kasblarga birday taalluqli qisqacha qoida-adablar mavjud,
shuningdek, har bir kasb uchun alohida odob ham bor.
Agar barcha kasblar uchun zaruriy odoblar xulosasi nechta, deb so‗rasalar,
sakkizta deb aytgil: birinchidan, o‗z kasbini haromdan, shubhali mol-mablag‗dan pok
saqlasin. Ikkinchidan, rizq-ro‗zi zarurati uchungina kerakli kasb bilan shug‗ullansin,
kasbni mol-dunyo to‗plashga sarflamasin. Uchinchidan, kasbni obro‗y olish, yaxshi
nom chiqarishning sababi, deb bilsin. To‗rtinchidan, moli harom odamlar
(amaldorlar, poraxo‗rlar, qaroqchilar, o‗g‗rilar, qimorbozlar, kazzob do‗kondorlar)
bilan muomala qilmasin...»
1
.
Koshifiy sotuvchi odobi, xaridor odobi, xodimlar (xizmatkorlar) odobi,
maddohlar odobi singari masalalarda ham xuddi shunday asosli fikrlar bildiradi.
1
Husayn Voiz Koshifiy.Futuvvatnomai Sultoniy/H.Komilov tarjimasi.- Toshkent:A. Qodiriy nomidagi xalq merosi
nashriyoti,1994.-B 6970.
.
17
Garchand, «Futuvvatnomai Sultoniy» javonmardlik (jo‗mardlik) tariqati
darveshlariga atab yozilgan bo‗lsa-da, unda ilgari surilgan axloqiy tamoyillar va
g‗oyalar umummintaqaviy, umuminsoniy qamrovga ega. Zero, buyuk forsigo‗y
o‗zbek shoiri Pahlavon Mahmud ma‘lum ma‘noda yangilagan bu tariqat darveshlik
xirqasini kiygan, lekin zarur bo‗lsa, barcha qurollar turini ishga solib, Vatan
himoyasiga otlanishni birinchi galdagi vazifasi deb bilgan erkparvar insonlar
sulukidir. Shu bois mazkur kitobda diniylik dunyoviylikdan ajratilmaydi, ular bir-
birini to‗ldirishi bilan inson hayotini axloqiylashtiradigan, go‗zallashtiradigan
hodisalar sifatida talqin etiladi. Javonmardlikning harbiylashtirilgan nasroniylar
ritsarlik ordenlaridan farqi ham shunda.
Koshifiy ilgari surgan axloqiy g‗oyalar hozirgi kunda ko‗p jihatdan o‗z ta‘sir
kuchini yo‗qotgan emas. Ayniqsa, uning tijoratchi, sotuvchi va xaridor odobiga doir
qoidalarini zamonaviy bozorlarimiz, tijorat markazlarimiz va do‗konlarimiz
devorlariga yozib qo‗yish ayni muddao bo‗lur edi.
Shuni alohida ta‘kidlash zarurki, kasb etikasida burch asosiy mezoniy tushuncha
hisoblanadi. Chunki, burch mohiyatan jamiyat, davlat va shaxslarga nisbatan
muayyan individdagi munosabat, ular oldidagi majburiyatdir. U vijdon, e‘tiqod,
mas‘uliyat kabi tushunchalar bilan mustahkam bog‗liq. Umuman, hayotda insonning
har bir hatti-harakati zamirida burch tushunchasi - burchga sadoqat yoki xiyonat
yotadi.
Burchning insonlik burchi, musulmonlik burchi, nasroniylik burchi, fuqarolik
burchi, otalik burchi, onalik burchi, farzandlik burchi singari keng qamrovli, barcha
davrlar uchun umumiy bo‗lgan tushunchalari ham, jurnalistlik burchi, shifokorlik
burchi, olimlik burchi kabi kasbiy odob doirasidagi tushunchalari ham mavjud. Bu
borada mashhur olim, akademik Andrey Saxarovning taqdirini olaylik. U buyuk
nazariyotchi, fizik, termoyadro sohasida tengi yo‗q mutaxassis, vodorod bombasining
asosiy kashfiyotchisi, Vatan mudofaasini mustahkamlashdagi xizmatlari uchun
o‗nlab orden va medallar sohibi. U o‗zi yashagan davrda barcha unvon, lavozim,
mansab va moddiy ne‘matlarga erishdi. Biroq u hammasidan kechishga - ommaviy
qirg‗in qurollari, jumladan, o‗zi yaratgan vodorod bombasi sinovlariga ochiq
bayonotlar bilan qarshi chiqishga ahd qildi. Natijada qatag‗onlarga asoslangan
sho‗rolar tuzumi uni ilmiy jamoatchilikdan ajratib, poytaxtdan olisdagi Rossiya
shaharlaridan biriga badarg‗a qildi, uning nomini matbuotda yoki kitoblarda qayd
etilishini ta‘qiqladi. Vaholanki, u hammadan izzatliroq yashay olishi mumkin edi.
Saxarov yuksak axloq yo‗lini tanladi - olimlik burchi, o‗z kasbining odobi talablarini
bajarishni har qanday boylik, izzat-ikromdan baland qo‗ydi.
Buyuk olim o‗z kashfiyoti insonning eng oliy huquqi bo‗lmish - yashash
huquqiga rahna solishi mumkinligi va qisman solayotgani uchun uni amalda
qo‗llanilishiga qarshi kurashdi. U sho‗rolar hukumati va mafkurachilari tomonidan
18
o‗zining Vatan mudofaasi quvvatini susaytirishga harakat qilgan salkam xiyonatkor
fuqaro deb e‘lon etilishiga, boshiga behisob tuhmatlar, ta‘na-dashnomlar
yog‗dirilishiga sabot bilan chidadi, ahdidan qaytmadi, yovuzlik saltanati qo‗lida o‗z
olimlik iste‘dodining qo‗g‗irchoq bo‗lishiga, harbiy muruvvatga aylanishiga yo‗l
qo‗ymadi. Oxir-oqibatda u inson huquqlarining jahon tan olgan eng buyuk
himoyachilaridan biri sifatida butun insoniyat tahsiniga sazovor bo‗ldi. Bunday
misollarni o‗zbek xalqining munosib farzandlari misolida ham ko‗plab keltirish
mumkin.
Etiket tushunchasining kelib chiqishi eramizdan avvalgi 2,5-3 ming yillikda
Qadimgi Misrda paydo bo‗lgan. Etiket ( tiquette) atamasi esa XVII asrning oxirida
vujudga kelgan. Ammo qadimgi manbalar etiket qoidalari ta‘b, rasm-rusm hamda
odatlar shaklida azaldan ibtidoiy davrdayoq, qabilalarda mavjud bo‗lganligini
asoslaydi. Bunday qoidalarni to‗liq bajarmaslik o‗zi yashayotgan jamoat yoki
qabilaga xiyonat qilish bilan barobar bo‗lgan. Avvalida bunday qoidalar nafaqat
axloqiy, balki huquqiy, iqtisodiy, diniy hamda qon-qarindoshlik munosabatlarni ham
qamrab olgan edi. Jamoatning har bir a‘zosi unga so‗zsiz bo‗ysunar edi. Shu tariqa
etiket bu davrda mustaqil qoidalariga ega bo‗lmagan, asosan jamoatning ijtimoiy
muammollariga bog‗liq holda tatbiq etilgan. Ya‘ni bu qoidalar tabiiy jamoatning
talabi bilan vujudga kelgan. Bunday talablarning bajarilishi qabila yoki jamoatning
kattalari tomonidan nazorat qilinar edi.
Keyinchalik esa bu qoidalar mustaqil ravishda ajralib chiqib, faqatgina axloqiy
me‘yorlar darajasida ko‗rila boshlandi. Qadimgi Sharqda, jumladan, Somir
alqovlarida inson hatti-harakatlarini tartibga soluvchi yozma yodgorliklarida –
giltaxtalarda o‗z aksini topgan. Qadimgi Misrda esa bu tartib qoidalar qonunlar
majmui sifatida emas, balki badiiy adabiyotlar orqali namoyon bo‗lgan. Bunday
qoidalar, ayniqsa Somirda ilohiylik bilan yo‗g‗rilgan. Ularni bajarmaslik Xudoning
qahri bilan qaytarilishi ta‘kidlangan. Qadimgi skandinaviya adabiy yodgorligi ―Edda‖
eposida nafaqat dasturxon atrofida o‗tirish qoidalari, balki hatto mezbon sharafiga
tilak aytish me‘yorlarini o‗zida mujassam etganini asoslaydi.
Bu kabi hatti-harakatlar me‘yorlari jamiyat taraqqiyotining yo‗nalishini belgilab
berar edi – yashash tarzi, odamlar dunyoqarashi, jamiyatdagi darajalarni farqlardi. Bu
esa keyinchalik turmush etiketi, balki siyosiy etiketni vujudga kelishiga sabab bo‗ldi.
U butun bir jamiyat bilan birga o‗zaro davlatlarning tashqi munosabatlarini ham
belgilar edi.
Siyosiy etiketning vujudga kelishiga 1278 yilda Qadimgi Misr fir‘avni hamda
Xett qiroli Xattush III bilan kumushga bitilgan yozma kelishuv asos bo‗la oladi.
Garchi Misr bunda mag‗lubiyatga uchragan bo‗lsada, qirol uchun Misr kabi davlat
bilan hamkorlik qo‗l kelar edi. Shu tarzda kelishuvning imzolanishi diplomatik
etiketning (siyosiy etiket) boshqa etiket turlaridan ancha avvalroq paydo bo‗ldi,
19
desak, adashmagan bo‗lamiz. Zotan, davlatlararo munosabatlardagi qabullar qadimgi
Misr uchun katta ahamiyat kasb etgan. Zero, bunday qablullar juda katta dabdaba va
va haddan ziyod qoidalar va rusmlar bilan amalga oshirilar edi. Keyinchalik bunday
qabullar boshqa davlatlarda ham amalga oshirila boshlandi.
Qadimgi Yunonistonda esa elchilar maxsus ―Germes nishonlari‖ deb nomlangan
vakillik nishonlarini o‗zlari bilan olib yurganlar. Elchilar xalqaro etiketning
bilimdonlari sifatida, ushbu yurtda qabul qilingan siyosiy qonun-qoidalarni qay
darajada bilishlari kelishuv bitimining taqdirini hal qilgan. Qadimgi Rimda esa
siyosiy etiket yanada ustunlikka ega bo‗lgan. Misol uchun, elchilar qabulining avvali
ziyofatlar bilan boshlanib, tashrifni tugallanishida esa ikkiomonlama sovg‗a hadya
qilish bilan yakunlangan.
Shu tarzda oqsuyaklarni oddiy fuqaro va ulardan pastroq darajada bo‗lgan
insonlarni farqlay bilish uchun alohida odamlarni o‗zini a‘lo jamoatda tutishning
tartib qoidalari paydo bo‗ldi. 1207 yilda ispaniyalik Petrous Alfonsi muallifligida ilk
bor ―O‗zini tutish qoidalari‖ deb nomlangan kitob paydo bo‗ldi. Albatta, bu
izlanishlar qadimgi Turon hamda Eronzaminda bunday yodgorliklar bo‗lmagan,
degan fikrni bildirmaydi. Zotan, bunda pandnomalarning o‗rni beqiyos. Ammo shuni
aniqlash zarurki, milliy o‗zligimizni anglash bilan bog‗liq bu ilmiy atamalar juda
ko‗p chalkashtirilib tushunilishi yoki targ‗ib qilinishi natijasida ko‗pgina
noaniqliklarni vujudga keltiradi. Aytaylik, axloq bilan xulq va odobni, odob bilan
etiketni bir ma‘noda tushunish hollari uchraydi. Aslida bu tushunchalar bir-biridan
ham nazariy, ham amaliy, ham qo‗llanish jihatidan farqlanadi.
Qadimgi Sharqda, jumladan, Somir alqovlarida inson hatti harakatlarini tartibga
soluvchi yozma yodgorliklarida – giltaxtalarda o‗z aksini topgan. Qadimgi Misrda
esa bu tartib-qoidalar qonunlar majmui sifatida emas, balki badiiy adabiyotlar orqali
namoyon bo‗lgan. Bunday qoidalar, ayniqsa Somirda ilohiylik bilan yo‗g‗rilgan.
Ularni bajarmaslik Xudoning qahri bilan qaytarilishi ta‘kidlangan. Qadimgi
skandinaviya adabiy yodgorligi ―Edda‖ eposida nafaqat dasturxon atrofida o‗tirish
qoidalari, balki hatto mezbon sharafiga tilak aytish me‘yorlarini o‗zida mujassam
etganini asoslaydi.
Bu kabi hatti-harakatlar me‘yorlari jamiyat taraqqiyotining yo‗nalishini belgilab
berar edi – yashash tarzi, odamlar dunyoqarashi, jamiyatdagi darajalarni farqlardi.
Bu esa keyinchalik turmush etiketi, balki siyosiy etiketni vujudga kelishiga sabab
bo‗ldi. U butun bir jamiyat bilan birga o‗zaro davlatlarning tashqi munosabatlarini
ham belgilar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |