Eksperiment - tajriba-sinov usulining ahamiyati qanday?
«Eksperiment» so’zi lotincha «sinab ko’rish», «tajriba qilib ko’rish» ma’nosini anglatadi. Eksperimental tajriba ishlari, asosan ta’lim-tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tadbiqi jarayonlarini tekshirish, aniqlash maqsadida o’tkaziladi.
Eksperiment usuli sharoitga qarab 3 xilda o’tkaziladi: 1. Tabiiy eksperiment, 2. Laboratoriya eksperimenti, 3. Amaliy tajriba.
Statistika ma’lumotlarini tahlil qilish usuli nima uchun kerak?
Pedagogik tadqiqot statistika ma’lumotlarisiz, ularning tahlilisiz o’zligini namoyon etolmaydi. Nafaqat ilmiy izlanishlar borasidagi, balki xalq ta’limi sohasidagi, jumladan ajratilgan mablag`larning oshirilishi, xalq ta’limi muassasalarining o’sib borishi, darslik va o’quv qo’llanmalari, ko’rgazmali qurollar, o’qituvchi kadrlar tayyorlash, maktab qurilishi, xo’jalik shartnomalari va ulardan tushayotgan mablag`lar statistika usuli orqali aniqlanadi. Statistik omil aniq, hayotiy bo’lsa bajarilayotgan ta’lim-tarbiya yoki ilmiy tadqiqotning qimmati yuqori bo’ladi.
Pedagogik tadqiqotda matematika va kibernetika usulining ahamiyati qanday?
«Kibernetika» grekcha rolni bajaraman, idora etaman degan ma’nolarni anglatadi. Kibernetika ishlab chiqarishni, texnikani, tirik organizmlarni, kishilik faoliyatini boshqarishning umumiy qoidalarini va vositalarini ishlab chiqadi. Uning mazmuni axborot berish, dasturlashtirish, algoritmlar, boshqaruvchi tizim, model yasash singari asosiy nazariyalarda o’zligini namoyon etadi. Mazkur usuldan bugungi kunda pedagogikada ham keng foydalanilmoqda.
O’qitish nazariyasi, amaliyotida hisoblash matematikasi va kibernetika mashinalari yordamida bir tildan ikkinchisiga tarjima qilish, dasturli ta’lim va uni mashina orqali boshqarish, o’qitishni mustahkamlash, baholash orqali ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish, differensial va individual ta’lim berish, maktab hisobotini mashinalar yordamida tuzish kabi jarayonlar bajarilmoqda.
Ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlariga ijodiy yondashuvning ahamiyati haqida ham to’xtalib o’tish lozim.
Talabalar ma’ruza va seminar mashg`ulotlari davomida o’zlashtirib olgan ilmiy pedagogik tadqiqot metodlari mavzusini esga olgan holda maktab hujjatlarini o’rganish orqali matematik-statistikaga murojaat etadilar. Bunda o’zlari tahsil olgan maktabning qachon tashkil topgani, undan qancha olim, sportchi, shoir,xalq maorifi a’lochilari, o’qituvchilar yetishib chiqqanligini, bugungi kungacha qancha o’g`il-qiz bitirib chiqqani, jumladan, 2005-2006 o’quv yilida qancha o’quvchi oliygohlarga, litsey, kollejga o’qishga kirganligi haqida ma’lumot to’plashlari lozim. Buning uchun ular maktab manitoringiga murojaat qilishlari kerak.
Talabalar biror sinfdagi bolalar ijodini o’rganish uchun pedagogik kuzatish metodidan foydalansalar maqadga muvofiq bo’ladi. Oddiy kuzatish orqali ularning dunyoqarashlarini bilib olishlari mumkin, ilmiy kuzatish orqali ularning qaysi fanga ko’proq ishtiyoqlari balandligini bilib olishlari mumkin. Shunda sinfdagi o’quvchilarning nechtasi she’riyatga, san’atga, sportga, kashtachilikka, rasm solishga, fanga qiziqishlariga qarab, o’quvchilarni fan to’garaklariga yoki kasbga yo’llashlari mumkin.
XULOSA: Demak, pedagogika fani o’z mazmunini boyitish va yangilash maqsadida mavjud pedagogik xodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan usullari bilan o’rganadi. Pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari qanchalik to’g`ri tanlansa, ta’lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanadi, pedagogika fani ham mazmunan boyib boradi. Shu sababli pedagogik ilmiy-tadqiqot usullariga dogmatik yondashish mukin emas. Ikkinchi tomondan, ilmiy tadqiqot usullari tizimi hali hozircha fanda to’la yaratilgan, ishlab chiqilgan emas.
Keys. Mаvzugа оid muаmmоlаr:
Bir savdogarning ikki mirzasi bor ekan. Savdo-tijorat ishlarida barcha yumushlarni har ikkalasi ham birdek bajarishar, savdogarga sidqidildan xizmat qilisharkan. Lekin maosh masalasida anchagina farq bo’lib, biri ko’p, biri esa ozroq haq olar ekan. Bu ahvol anchagina davom etibdi. Maoshi oz mirza ancha vaqt xojasining og’zini poylab yuraveribdi. Biroq savdogar bu haqda hech ham gap ochmas, har kuni odatdagi o’z ishlari bilan mashg’ul bo’lar ekan.
Sabr kosasi to’lgan mirza bir kun payt topib yuragidagi dardini xojasiga to’kib solibdi.
Mana qanchadan beri indamay hamma ishlaringizni qilib kelyapman. Ishyoqmaslik qilib, biror vazifadan bo’yin tovlagan yerim yo’q. Anavi mirza bilan bajaradigan ishimizda shuncha kuzatib biror farqni anglay olmadim. Lekin maoshimiz nega turlicha ekanligiga aslo aqlim yetmayotir,- debdi.
Xoja mirzaning so’zini eshitib miyig’ida kulibdida, uning da’vosi to’g’ri ekanligini tan olibdi va bu haqda keyinroq gaplashajagini aytib, hozir zarur bir yumushni ado etib kelishini buyuribdi.
Bosh ustiga!- debdi mirza tavoze bilan o’rnidan turarkan.
Bo’lmasa eshiting- debdi xoja.-Karvonsaroyga Bog’doddan savdogarlar tushishibdi. Borib ulardan so’rang-chi, bisotlarida baxmal matosi bormikan?
Mirza ko’ksiga kaftini qo’yib: «Xo’p bo’ladi», debdi va xojasi huzuridan chiqibdi. Hech qancha vaqt o’tmay, u karvonsaroyga borib kelibdi.
-Taqsir bog’dodlik savdogarlarda baxmal mato bor ekan!-debdi.
Rangi qanaqa ekan bilmadingizmi?-debdi xoja.
Yo’q! Rangini so’ramabman.
Rangini bilib keling!- deb buyuribdi xoja mirzaga.
Mirza yana karvonsaroyga qarab ketibdi va fursat o’tib yana xojasi yoniga kirib kelibdi.
Bildim taqsir! Rangini so’rab bildim! Pistamagiz ekan baxmal rangi!
Yaxshi, - debdi xoja.- Baxmalning gazini necha so’mdan sotarkanlar bog’dodlik birodarlar?
Tili lol mirza baxmal narxini bilib kelish uchun yana karvonsaroyga zing’illabdi va u yerdan baxmal narxini ham aniqlab kelibdi. Lekin xojasi tushmagur mirzaga yana: «Hammasi bo’lib qancha baxmallari bor ekan, bilmadingizmi?»-degan savolni ko’ndalang qilib, uni mulzam qilibdi. Mirza baxmalning qancha ekanligini bilib kelish uchun yana karvonsaroyga junayotgan ekan, xoja uni to’xtatibdi.
To’xtang, - debdi va ikkinchi mirzani chaqirtirib,birinchi mirzaga aytgan dastlabki topshiriqni aytibdi. Ikkinchi mirza ham karvonsaroyga qarab ketibdi va bir fursat o’tgach, xoja va birinchi mirza o’tirgan yerga kirib kelibdi.
To’g’ri taqsir! Karvonsaroyga Bog’doddan savdogarlar kelishibdi. Bisotlarida baxmal matolari xam bisyor emish,- debdi.
Rangi qanday ekan uning?
Rangi pistamag’iz, sifati ham soz!
Har gazini qanchadan deyishmoqda?
Ikkinchi mirza baxmal narxini ham aniq aytib beribdi. U xojasining «Hammasi bo’lib qancha baxmallari bor ekan?» degan savoliga ham aniq javob qilibdi.
Shu paytdan xoja ikkinchi mirzaning xizmati uchun unga minnatdorchilik aytib, javob beribdi va birinchi mirzaga yuzlanibdi.
Mirzam, endi tushungandirsiz, maoshingidagi farq sababini?
Maosh belgilashda xodim farosati xam e’tiborda tutilur. Kishi farosatining maoshi bebahodir!- debdi.
Savol: 1) Mazkur hikoyat nima uchun shunday nomlangan? Fikringizni izohlab bering. 2) Mustaqil fikrlovchi inson bo’lib shakllanishda farosatning o’rni qanday? Sizning fikringizcha , xalq manfaatini ko’zlashda, Vatan ravnaqini yuksaltirishda mustaqil fikrlash ko’nikmalari zarurmi? . Javobingizni asoslab bering
2. Muallim quyidagicha hikoya qiladi: «O’g’lim (9 yosh) qorong’idan va balandlikdan qo’rqadi. Men imkon boricha uni ko’proq ana shu qo’rquvni yenga oladigan sharoitga qo’yaman: Goho ob-havo qandayligini bilib kelish uchun kechqurun hovliga, goho go’yo esdan chiqqan narsani olib kelish uchun qorong’i xonaga yuboraman.
O’yin paytida ayrim paytlari chuqurlikka sakraymanda, «Daraxtning hov anavi novdasini menga olib ber. Uni emas, narigi, yuqoridagisini» deyman.
O’qituvchi to’g’ri qiladimi? Bu qanday tarbiya metodi.? U nima uchun samarali?
Do'stlaringiz bilan baham: |