Konyak - quvvatli alkogol ichimlik, u uzum vinosini distilatsiyalab olingan spirtdan tayyorlanadi. Konyakning quvvati 40-57 % ga teng. Konyak aroqdan o’zini yantar-tillarang rangi, uzoq vaqt eman bochkalarda saqlashda hosil bo’lgan o’ziga xos mazasi va xush yoquvchi xushbo’yligiyu yеngil vanilin va shokalad ta’mi bilan farq qiladi. Konyakni o’ziga xos xususiyatlari, vinodan distilatlashda o’tgan moddalarni saqlash vaqtida kislorod ta’sirida o’zgarishidan va konyak spirti tarkibidagi moddalarni o’zaro reaksiyasi natijasida hosil bo’ladi. Ma'lum bo'lishicha, eman bochkalarida bir muncha vaqt saqlanadigan spirt yantar-tillarang rangga ega bo'lib, uning kuchi pasayadi va xushbo'yligi va ta'mi sezilarli darajada yaxshilanadi.
Konyak birinchi marotaba 1701-yilda Fransiyaning Konyak shahrida (Sharant departamenti) tayyorlanganligi uchun shu shahar nomi bilan ataladi. Rossiyada birinchi konyak zavodi 1888-yilda qurildi. O’zbekistonda birinchi marotaba Konyak Samarqanddagi vino zavodida 1903-yilda ishlab chiqarilgan.
Uzum sharobidan distillyatsiya bilan spirt olish va uni asosida quvvatli ichimliklarni tayyorlash. Fransiya, Bolgariya, Yugoslaviya, Ispaniya, Italiya, AQSH va boshqa mamlakatlarda yo‘lga qo‘yilgan. Ichimliklarni nomini nazorat qilish qonuniga ko‘ra bu mamlakatlarda konyak nomini berish noto‘g‘ri, chunki amalda konyakni nomida geografik kelib chiqishini asorati ham qolmagan va konyak ichimlikni bir turi deb tushuniladi. O‘zbekiston ichki bozorida konyak nomi saqlangan, shu bilan birga yangi etiketkalarda konyak ishlab chiqaruvchi korxonaning nomi ko‘rsatilgan va uning nomi konyak emas, brendi deb nomlangan.
Sharanta konyagini klassik texnologiyasida kubli apparatlarda (Sharant apparati deb nom olgan) sharobni ikki marotaba qayta haydash yo‘li bilan olingan spirtni eman bochkalarida saqlash ko‘zda tutilgan.
Konyak ishlab chiqarish nohiyasining uzumzorlari Bordo uzumzorlardan janubda joylashgan bo‘lib, ikki departamentini egallagan. Sharanta va Primor Sharantasi konyak ishlab chiqarish nohiyasiga 7 zona kiradi. Eng yaxshilaridan Grand Shampan yoki (Grand Fin Shampan) shaharlardan Konyak, Segonzak va Yarnak. Uzumzorning umumiy maydoni 90000 ga yaqin, sharob ishlab chiqarish hajmi 100 mln. dal. Konyak ishlab chiqarish absolyut spirtga hisoblaganda yiliga 1÷2 mln. dalga yetib qoladi.
Konyak ishlab chiqarishga asosan «Oq Fol» va «Kolombar» uzum navlari ishlatiladi. Semilon, Sovinon uzum navlaridan 10 % gacha qo‘shish mumkin. Konyak xom sharobini tayyorlashda uzum eziladi, gorizontal yoki gidravlik iskanjalarda bir yoki bir necha marotaba iskanjalanadi. Shnekli iskanjalarni qo‘llash man etilgan. Oqim va bosim sharbati aralashtiradi. Bijg‘itishdan oldin sharbat sulfitlanmaydi va tinitilmaydi. Kichik korxonalarda bijg‘ish bochkalarda, yirik korxonalarda esa 1000-2000 dal hajmli sig‘imlarda o‘tkaziladi.
Sharantada uzumni oktyabrda uzishadi va qayta haydashni 1 dekabrdan boshlashadi. Sharoblarni saqlanish davomiyligi olinadigan konyak spirt sifatiga nisbiy ta’sir ko‘rsatadi. Chunki sharob metalldan yasalgan sig‘imlarda saqlanganda tarkibidagi temir miqdori ko‘payishi bilan oksidlanish jarayoni keskin kuchayadi. Yosh xom sharob yaxshi tinmagan cho‘kma bilan birga xaydaladi. Spirt-sыres olishda achitqili xom sharoblar qo‘llaniladi (7-8 % achitqi loyqa). Bu uslub konyak spirtiga enant efirini oshiqcha miqdorda berganligi sababli, unda mashhur fransuz konyaklariga xos tuslari paydo bo‘ladi.
O‘zbekistonda konyak ishlab chiqarish urush yillaridan so‘ng rivoj topdi. Konyak ishlab chiqarish uchun qulay rayonlar: Toshkent, Surxondaryo, Samarqand va Buxoro viloyatlaridir. Bayan-Shirey, Baxtiori Parkent uzum navlaridan yaxshi konyak xom sharobi tayyorlash mumkin. Toifi, Nimrang, Rkatsiteli, Kuldjinskiy, Aligote uzumlaridan xam konyak xom sharobini olish mumkin (Samarqand, KV-O‘zbekiston, Xalqobod).
Do'stlaringiz bilan baham: |