O’zbekiston Respublikasioliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Samarqand davlat unversiteti



Download 3,3 Mb.
bet161/227
Sana13.04.2022
Hajmi3,3 Mb.
#547874
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   227
Bog'liq
Мажмуа умумий педагогика

Mashg`ulot maqsadi:
Ta’limiy- ta’lim qoidalari, ularning mohiyati va ahamyatini to’liq tushunib yetish.
Tarbiyaviy- talabalarning dunyoqarashini o’stirish, ta’lim doimo tarbiyaviy xarakterda bo’lishi lozimligini o’qtirish.
Rivojlantiruvchi- talabalarni dars jarayonida ta’lim tamoyillarini qo’llab bilishga o’rgatish, tafakkurni o’stirish.
MAShG`ULOTNING BORIShI:
1. Didaktika so’zi tahlil etiladi, didaktikaning vazifasi o’quvchilarni har tomonlama tarbiyalash maqsadlariga javob beruvchi umumiy qonuniyatlarni bilib olishdan iboratligi, ta’limning asosiy vazifasi yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko’nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishdan iborat ekanlagi gapirilib, didaktikaning ayrim fanlarni o’qitish xususiy metodikalari bilan aloqasi, ular ma’lumotiga tayanib o’qitishning umumiy qonuniyatlarini yechib borishi, har bir fanni o’qitish usullari uchun umumiy asos bo’lib xizmat qilishi masalalariga to’xtab o’tiladi. Buyuk allomalarimizning ilm-fan rivojiga qo’shgan hissalari, ularning ta’lim, bilish nazariyasi, ilmning ahamiyati haqidagi qarashlari ham yoritib berilsa yaxshi bo’ladi.
Didaktika - grekcha so’z bo’lib, "didasko", ya’ni o’qitish, o’rgatish ma’nolarini bildiradi. Ta’lim qonuniyatlarini o’rganish, tahlil qilish jarayonida ta’lim tushunchasi uning mohiyati, mazmun va vaziflari, o’qitish prinsiplari, shakllari haqidagi bilimlarni bayon etiladi. Didaktika pedagogikaning «nimaga o’qitish», «nimani o’qitish» va «qanday o’qitish» kabi savollariga javob izlaydi.
Bilish ta’lim jarayonining metodologik asosi. Bilish jarayoni va ta’lim jarayoni aloqadorligi, har tkkalasida ham o’quvchi bilmaslikdan bilishga, noto’g’ri va noaniq bilishdan to’liq, aniq va chuqurroq bilishgacha yo’lni bosib o’tishi va bu jarayonda hissiy idrok etish ham, abstrakt tafakkur ham, amalda sinab ko’rish ham bo’lishiga to’xtab o’tiladi. Bu masalan yoritishda pedagogika (A. Munavvarov) kitobining 64-65, 67-68 betlaridan foydalanish mumkin.
Ta’lim jarayoni va uning mohiyati, ta’lim jarayoni mazmuni bilim, ko’nikma, malakalar tashkil etishi gapiriladi. Bu tushunchalarga berilgan ta’riflar keltiriladi.ta’lim jarayoni o’qituvchi bilan o’quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari bo’lib, ikki tomonlama xarakterga ega ekanligi gapiriladi. O’qitish jarayonidagi o’qituvchi va o’quvchi faoliyati nimalardan iborat ekanligi yoritib beriladi.(a. Munavvarov, 66-67 betlar).
2. Ta’lim jarayoni murakkab hamda ko’p qirralidir. Bu jarayonning muvaffaqiyatli va samarali natijasi ta’lim jarayonining qonun qoidalari, ya’ni ta’limga qo’yilgan didaktik talablarga qay darajada amal qilishlariga bog`liq.
Ta’lim prinsiplari o’quv tarbiya jarayoniga qo’yiladigan ijtimoiy talablar, ta’limni tashkil etish va boshqarishda rioya qiladigan qoidalar sifatida amal qiladi.
Ko’pchilik adabiyotlarda «o’qitish prinsiplari» iborasi ishlatiladi. Lekin ta’lim prinsiplari ta’lim jarayonining ikkala sub’ektiga- o’qituvi va o’quvchiga ham daxldor. Shuning uchun ularni ta’lim prinsiplari deb atagan ma’qul, deb ta’kidlaydi prof.O.Roziqov. O’qitish bilish faoliyatining ajralmas qismi sifatida, insonning tevarak - atrofdagi dunyoni bilishining umumiy qonunlari asosida sodir bo’ladi. Shuning uchun o’qitish tamoyillari ta’lim jarayonining eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to’g`ri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi. Ta’lim jarayonining mohiyati, vazifalari, uning ikki tomonlma xususiyati.
1. Talim tamoyillarinig mohiyatini yoriting va va o’zaro bog’liqligini ko`rsating. Dastlab ta’lim qoidalari- o’qituvchining faoliyati va o’quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning o’zlashtirilishi, tegishli malaka va ko’nikmalar hosil qilishning asosiy qonun va yo’l-yo’riqlarini o’z ichiga olishi bu qoidalar o’qitishning eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to’g’ri hal qilishning negizi hisoblanishini aytib o’tishadi. Ta’lim tamoyillari o’quv yurtlari oldida turgan ulkan vazifalar asosida belgilanishi va ular o’zaro bir-biri bilan mustahkam bog’liq sistemani tashkil etishi, har bir darsda didaktik tamoyillarning bir nechtasi ishtirok etishi mumkinligi haqida to’xtab o’tishadi. Bunda talimda amal qilinayotgan ta’lim tamoyillari turlari sanab beriladi.

Yodda saqlang!



2. Ta’limda onglilik, faollik va mustaqillik qoidasining hozirgi kundagi ahamiyatini ochib bering. Ta’limning har bir qoidasi (prinsip) ham o’zining muhim o’rniga egaligi aytilib, hozirgi kun talabi asosida ayniqsa onglilik, faollik va mustaqillik qoidasi juda muhim ahamiyat kasb etayotganligiga e’tibor qaratiladi. Chunki Ta’lim qonunimiz, milliy dastur va Prezidentimiz qo’yayotgan talablarda ham faol, mustaqil fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalashga katta e’tibor qaratilmoqda, ta’lim jarayoniga kirib kelayotgan yangi pedagogik texnologiyalar ham shuni talab etayotganligi haqidagi qarashlar yoritib beriladi.



Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish