Psixologik yondashuv. Unga o’qitish jarayoni mohiyatini bilimlarni egallash va inson rivojlanishining psixologiya nazariyalaridan ajratib olish xaraktyerlidir.
Aqliy xatti-harakatlarni bosqichma-bosqich shakllanish nazariyasiga (P.Ya.Galpyerin, N.F.Talizina) asosan ta'lim birinchi moddiylashgan bosqichdan tashqi nutqiy harakatga tayangan holda ikkinchisiga o’tish asosida ro’y byeradi. Bundan so’ng, uchinchi bosqichda xatti-harakatlar to’laligicha ichki ryejada bajariladigan oliy darajaga o’tadi. Bunday yondashuvda ta'lim mazmuni bilimlarni egallash bosqichlariga bog’liq holda aqliy xatti-harakatlar shakllanish bosqichlariga muvofiqlikdan iborat. Mazkur yondashuvda ta'lim o’quvchining shaxsiga yo’naltirilib, rivojlanuvchi funktsiyani amalga oishradi.
Akmeologik yondashuv ta'limning shaxsiy yo’nalgan xususiyatlarini ochib byeradi. Uning mohiyati shundaki, ta'lim shaxs hayotiy olami, pyedagog va bolaning mazmuniy ryeallik yuzasiga o’tadi. Ta'lim pyedagog va bolaning nafaqat fikr va munosabatlarini o’zgartirishga, balki o’zaro ta'sir sub'yektining shakllanishi va rivojlanishiga olib keladi. Bunday yondashuv ta'limni o’z-o’zini tarbiyalash, o’z-o’zini o’qitishga, ya'ni hamkorlikka, birgalikda ijod qilishga aylanishiga xizmat qiladi. Bunda ta'lim jarayonida asosiy qarama-qarshilik, ta'limni idyeal shaklga olib kelish uchun ta'lim mazmunida mavjud pedagog va bolaning ryeal hayotiy pozitsiyasi amalga oshiriladi. Mazkur yondashuv ta'limning yakuniy natijasiga erishishiga – pyedagog va bolani univyersallashtirish (takrorlanmaslik, noyoblik) va amaliy funktsiyani bajarilishiga yo’naltiradi.
Fan va jamiyat tomonidan maktabgacha ta'limga qo’yilayotgan zamonaviy talablarni inobatga olgan holda bugungi kunda ta'limda barcha yondashuvlardan birgalikda foydalanish ma'qul. Chunki, ularning har biri alohida bitta funktsiyani, ta'limning bitta maqsadini amalga oshiradi.
Ta'lim islohoti tyexnologiyasini didaktika va myetodika pozitsiyasi nuqtai nazaridan ko’rib chiqish zarur. Maktabgacha yosh davrida bolaning nutqiy rivojlanish uslubiyati asosiy ahamiyatga ega (nutqiy faoliyatning rivojlanishi). Bolaning nutqiy hulqi asosida “uning dolzarb rivojlanish darajasi”ni, “yaqin kyelajak taraqqiyot darajasi”ni aniqlash mumkin. Binobarin, gap bolaning nutqiy faoliyatini rivojlantirish uslubiyati haqida borishi kyerak.
Isloh qilingan ta'lim tyexnologiyasining didaktik modyeli shunday omillarni qamrab olishi kyerakki, pyedagog ular o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni amalga oshirishi, ta'lim shartiga bog’liq ravishda o’z qoidalarini ishlab chiqishi mumkin bo’lsin. Bular quyidagicha: pyedagog va bola o’zaro ta'sirining didaktik tamoyillari, vositalari, bosqichlari, turi va yo’llari (1-chizma).
1-Chizma
Do'stlaringiz bilan baham: |