2-Mavzu.O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIKADRLAR TAYYORLASH
MILLIY DASTURI
Dars o’quv maqsadi: TalabalargaO’zbekiston respublikasi kadrlar tayyorlashmilliy dasturi bilimlar hosil qilish.
Tayanch so’zlar va iboralar:.Milliy dastur va yo’nalishlar, tabgacha ta’lim, umumiy o’rta ta’lim, o’rta- maxsus kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim
Reja:
1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining ta’lim tizimidagi vazifalari.
3. Kadrlar tayyorlash milliy dastuning yo’nalishlari va mazmuni
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni qoidalariga, milliy tajribaning tahlili vata’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamdayuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka,ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo’ljalni to’g’ri ola bilish mahoratiga ega bo’lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishgaqodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo’naltirilgandir.
O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o’ziga xos yo’lini tanlashi kadrlar tayyorlashtuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etish zaruratini yuzaga keltirdi vaqator chora-tadbirlar ko’rishni, jumladan: Davlat ta’lim standartlarinijoriy etishni, yangi o’quv rejalari, dasturlari, darsliklarni joriy etishni, zamonaviy didaktik ta’minotni ishlab chiqishni, o’quv yurtlariniattestatsiyadan o’tkazish va akkreditatsiyalashni, yangi tipdagi ta’lim muassasalarini tashkil etishni taqozo etdi.
Kadrlar tayyorlash tizimining demokratik o’zgarishlar va bozor islohotlari talablariga muvofiq emasligi, o’quv jarayonining moddiy- texnika va axborot bazasi yetarli emasligi, yuqori malakali pedagog kadrlarning yetishmasligi, sifatli o’quv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamdadidaktik materiallarning kamligi, ta’lim tizimi, fan va ishlab chiqarisho’rtasida puxta o’zaro hamkorlik va o’zaro foydali integratsiyaning yo’qligikadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklar sirasigakiradi.
Kadrlar tayyorlash tizimining islox qilish omillari sifatida quyidagilarni ta’kidlash zarur:
1. Respublikaning demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yo’lidan borayotganligi;
2. Davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligi qaror topganligi;
3.O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyasi, respublikaning jahondagi mavqei va obro’-e’tiborining mustahkamlanib borayotganligi.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining maqsadi - ta’lim sohasinitubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar vasarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlardarajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqorimalakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratish etib belgilangan.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining vazifalari quyidagilar:
- ta’lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta’lim
- muassasalari hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitinishakllantirish negizida ta’lim tizimini yagona o’quv-ilmiy-ishlab chiqarishmajmui sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlash;
- kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi vaijtimoiy maqomini ko’tarish;
- ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning va ma’rifiyishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriyetish;
- yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta’limning talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amaldafaoliyat ko’rsatishi va barqaror rivojlanishining kafolatlarini,ustuvorligini ta’minlovchi me’yoriy, moddiy-texnika va axborot bazasiniyaratish;
- uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqarimablag’lar, shu jumladan chet el investitsiyalari jalb etishning realmexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishdan iborat.
Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs,
jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir.
Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish printsiplari:
ta’limning ustuvorligi – uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta’lim va yuksak intellektning nufuzi;
ta’limning insonparvarlashuvi – inson qobiliyatlarining ochilishi va uning ta’limga nisbatan bo’lgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta’minlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhit o’zaro munosabatlarining uyg’unlashuvi;
ta’limning milliy yo’naltirilganligi – ta’limning milliy tarix, xalq an’analari va urf odatlari bilan uzviy uyg’unligi, O’zbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta’limni milliy taraqqiyotning o’ta muhim omili sifatida e’tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlash;
iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta’limning eng yuqori darajasida, izchil ravishdafundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |