Oliy o`quv yurtidan keyingi ta'lim bosqichlarida tahsil olish (aspirantura, doktorantura) muayyan ilmiy daraja (fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasi)ni olishga imkon byeruvchi dissyertatsiya himoyasi bilan yakunlanadi. Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalariga ko`ra tegishli mutaxassislik yo`nalishlarida fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasi berilib, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar topshiriladi.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash mutaxassislarning kasb bilimlari va ko`nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirish maqsadida tashkil etiluvchi ta'lim bosqichi.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta'lim muassasalaridagi o`qish natijalariga ko`ra davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma va syertifikat topshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |