Yuqori aniqlikka erishish hamda uni saqlashda etalonlarning õrni



Download 16,85 Kb.
Sana21.07.2022
Hajmi16,85 Kb.
#832358
Bog'liq
спец тезис


Yuqori aniqlikka erishish hamda uni saqlashda etalonlarning õrni.
Ismoilova Feruza Farhod qizi
Annotatsiya: Ushbu maqolada fan va texnikanin muayyan taraqqiyot darajasida eng yuqori birlikka erishilgan õlchov birliklarini qayta tiklah va uni saqlashda etalonlarning õrni haqida ma'lumot berilgan.
Etalon (frans. — namuna) — biror narsaning ideal namunasi, oʻlchovi yoki turi (tipi); fan va texnikaning muayyan taraqqiyot darajasida eng yuqori aniqlikka erishilgan oʻlchov birliklarini qayta tiklash, saklash va tarqatish uchun xizmat qiladigan namuna oʻlchovlar hamda oʻlchash asboblari. Har qanday buyum yoki oʻlchash natijasi etalonga solishtiriladi. Etalon birlamchi, ikkilamchi, maxsus, davlat etalonlari, etalon guvoh, solishtirma etalon, ishchi etalon, etalon nusxalarga boʻlinadi.
Birlamchi etalon mamlakatda eng aniq (shu birlikdagi boshqa etalonga nisbatan) birliklarni qayta tiklashni taʼminlaydi.
Ikkilamchi etalon qiymati birlamchi qiymat boʻyicha belgilanadi.
Maxsus etalon alohida sharoitlarda birliklarni qayta tiklashni taʼminlaydi va shu sharoitlar uchun birlamchi etalon vazifasini oʻtaydi.
Davlat etalonlari mamlakat uchun dastlabki oʻlchov birligi sifatida rasmiy tasdiqlangan birlamchi yoki maxsus etalondan iborat.
Etalon guvoh davlat etalonining saqlanishini tekshirish va buzilgan yoki yoʻqolgan taqdirda uni almashtirish uchun moʻljallangan ikkilamchi etalondan iborat.
Solishtirma etalon biror sababga koʻra bir-biriga solishtirish mumkin boʻlmagan etalonni solishtirish uchun moʻljallangan ikkilamchi etalon. Ishchi etalon birliklarning oʻlchamlarini yuqori aniqlikda oʻlchaidigan namuna vositalariga, baʼzan eng aniq ishchi oʻlchash vositalariga oʻtkazish uchun moʻljallangan. Etalon nusxa birliklarning oʻlchamlarini ishchi etalonga oʻtkazish uchun moʻljallangan ikkilamchi etalondan iborat.
Oʻlchamlar va ogʻirliklar xalqaro byurosi tayyorlagan metr va kilogrammning platinairidiyli etalonlari xalqaro va milliy etalon. hisoblanadi. Har bir mamlakatda, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida saqlanadigan metr, kilogramm, volt, om, sham va lyumen etalonlari xalqaro etalon bilan solishtirib turiladi. Ishlab chiqarilayotgan biror mahsulotni taqqoslash uchun namuna, oʻlchov etalonlardan foydalaniladi. Mas, don namunasi, kanop tolalari namunasi va boshqalar Oʻzbekistonda etalonlarni saqlash va ulardan foydalanish masalalari bilan "Oʻzstandart" agentligi shugʻullanadi.
Кattalik birligini qayta tiklanadigan klassi bo’yicha asosiy va hosilaviy birliklarni qayta tiklash etalonlariga ajratiladi. Umuman, o’lchashlar birliligini ta’minlash uchun etalonlar yordamida faqat asosiy birliklarni markazlashtirilgan tarzda qayta tiklash yetarli.
Hosilaviy birliklarning o’lchamlari esa maxsus talablarga qattiq rioya qilingan holda bilvosita o’lchashlar yo’li bilan olinishi mumkin. Lekin, o’lchash aniqligining umumiy darajasini ko’tarish uchun zamonaviy texnologiyalar uchun zarur va birlik o’lchamlarini uzatish operativligini (tezkorligini) ko’tarish uchun etalonlar yordamida hosilaviy birliklarni ham qayta tiklash keng qõllaniladi.
Etalon asboblari fizik kattalik biriklarini qayta tiklash va saqlash, ularning o‘lchamlarini namuna o‘lchov asboblari orqali xalq xo‘jaligida qo‘llanadigan ish o‘lchov vositalariga o‘tkazishga xizmat qiladi.
Davlat rahbarining tizimga bo‘lgan bevosita e’tibori natijasida, umumiy qiymati 30 mln dollar bo‘lgan 61 dona etalonlarni xarid qilish va milliy etalonlar bazasini 90 taga yetkazish bo‘yicha davlat dasturi tasdiqlandi. Mazkur dasturga asosan 2021 yilda 12,6 mlrd. so‘mlik jami 4 ta etalonlar (Kelvin – harorat birligi, yorug‘lik kuchi, sarf o‘lchagich uskunasi hamda Paskal – tovush bosimi birligi) keltirilib, milliy etalonlar bazasi 22 taga yetkazildi.
Milliy etalonlar bazasini kengaytirish jami respublika sanoat tarmoqlaridagi 20653 dona yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalarini metrologik kuzatiluvchanligini ta’minlashga zamin yaratadi.
Xarid qilinadigan etalonlarni joylashtirish va saqlash uchun infratuzilma yaratish maqsadida, maydoni 600 kv.m bo‘lgan xalqaro talablarga javob beradigan maxsus laboratoriya binosi – Etalon parkni qurish hamda maydoni 2000 kv.m bo‘lgan 6 qavatli etalonlar binosini kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:
Isayev R.I, Karimova U.N. Metrologiya, Standartlashtirish va Sertifikatlashtirish. Darslik-T:»Aloqachi»,2017.
Internet saytlar:
www.metrolog.ru
www.metrology.light.com
Download 16,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish