VIII BO‘LIM. KO‘P KVARTIRALI UYDAGI TURAR JOYLAR VA YaShASh UChUN
MO‘LJALLANMAGAN JOYLAR MULKDORLARINING UMUMIY MOL-MULKI. UY-JOY
MULKDORLARINING ShIRKATI
(VIII bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrdagi O‘RQ-584-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son — 2020-yil 1-
avgustdan kuchga kiradi)
124-modda. Turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlarining ko‘p
kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka bo‘lgan huquqi
Ko‘p kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlariga shu
uyning umumiy joylarini, tayanch va to‘siq konstruksiyalar, kvartiralar oralig‘idagi ihotalangan
(o‘ralma) pillapoyalar, zinapoyalar, liftlar, liftning shaxtalari va boshqa shaxtalar, dahlizlar, texnik
qavatlar, yerto‘lalar, cherdaklar va tomlar, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va
kommunikatsiyalari, joylar tashqarisida yoki ichida joylashgan va bittadan ortiq joyga xizmat
ko‘rsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari va qurilmalari hamda boshqa uskunalar
va qurilmalarni o‘z ichiga olgan umumiy mol-mulk ulushli mulk huquqi asosida tegishli bo‘ladi.
Ko‘p kvartirali uydagi turar joy va yashash uchun mo‘ljallanmagan joy mulkdorining umumiy
mol-mulkdagi ulushi asl holida ajratib berilishi mumkin emas.
Ko‘p kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlari
umumiy mol-mulkdan hamda shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo‘lgan yer
uchastkasidan foydalanishda teng huquqqa egadir.
Ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchilari tayanch va
to‘siq konstruksiyalarni, kvartiralar oralig‘idagi ihotalangan (o‘ralma) pillapoyalarni, zinapoyalarni,
liftlarni, liftning shaxtalari va boshqa shaxtalarni, dahlizlarni, texnik qavatlarni, yerto‘lalarni,
cherdaklar va tomlarni, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalarini, joylar
tashqarisida yoki ichida joylashgan va bittadan ortiq joyga xizmat ko‘rsatadigan mexanik, elektr,
sanitariya-texnika uskunalari va qurilmalari hamda boshqa uskunalar va qurilmalarni boshqa
shaxsga berishi mumkin emas.
Oldingi
tahrirga qarang.
Ko‘p kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlarining
ulushli mulkida turgan umumiy mol-mulkning ayrim qismlari qonunchilikka muvofiq umumiy
ulushli mulkning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qaror asosida
boshqa shaxslarga berilishi mumkin.
(124-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |