O‘zbekiston respublikasining uy-joy kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Saqlash guvohnomasini (bronni) haqiqiy emas deb topish



Download 368,92 Kb.
Pdf ko'rish
bet52/62
Sana25.02.2022
Hajmi368,92 Kb.
#463710
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   62
Bog'liq
24.12.1998. O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi

120-modda. Saqlash guvohnomasini (bronni) haqiqiy emas deb topish
Saqlash guvohnomasi (bron) berilishiga asos bo‘lgan taqdim etilgan hujjatlardagi vaqtincha
bo‘lmaslik sabablari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi aniqlangan hollarda
saqlash guvohnomasi (bron) sud tartibida haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
14-bob. TURAR JOYLARDAN UMRBOD FOYDALANISh HUQUQI
121-modda. Turar joylardan umrbod foydalanish huquqining vujudga kelish asoslari
Turar joylardan umrbod foydalanish huquqi quyidagi hollarda vujudga keladi:
umrbod ta’minlash sharti bilan uy, kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasi tuzilganda;
vasiyat qiluvchi turar joyga bo‘lgan xususiy mulk huquqi o‘tadigan merosxo‘r zimmasiga
ushbu turar joyni umrbod foydalanish uchun uchinchi shaxsga berish majburiyatini yuklagan holda
meros qilib qoldirganda.
122-modda. Umrbod ta’minlash sharti bilan boshqa shaxsga berilgan turar joydan
foydalanish
Umrbod ta’minlash sharti bilan uyni, kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasini tuzish,
o‘zgartirish va bekor qilish O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi qoidalariga muvofiq
amalga oshiriladi.
Umrbod ta’minlash sharti bilan uyni, kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasining
predmeti bo‘lgan turar joydan foydalanish shu shartnoma shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Shartnomada turar joydan faqat turar joyni boshqa shaxsga berayotgan va uni olayotgan
shaxs foydalanishi nazarda tutilishi, turar joydan foydalanish tartibi belgilab qo‘yilishi yoki
belgilanmasligi yoxud turar joyni foydalanish uchun uchinchi shaxsga (uchinchi shaxslarga) berish
yoki qonun yo‘l qo‘yadigan boshqacha usulda foydalanish belgilanishi mumkin.
123-modda. Vasiyat majburiyati bo‘yicha turar joydan foydalanish
Vasiyat qiluvchi turar joy o‘tadigan merosxo‘rga bu turar joy yoki uning muayyan qismini
umrbod foydalanish uchun uchinchi shaxsga berish majburiyatini yuklashga haqli. Mazkur
majburiyat notarius tomonidan merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomada yozib qo‘yiladi.
Turar joyga bo‘lgan mulk huquqi keyinchalik boshqa shaxsga o‘tganida ham umrbod
foydalanish huquqi o‘z kuchida qoladi.
Agar turar joydan foydalanish tartibi vasiyatnoma shartlariga mos kelmasa, taraflar o‘rtasidagi
nizo sud tartibida hal qilinadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.



Download 368,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish