eʼtiboran yoki agar soliq organi va soliq toʻlovchi tomonidan u toʻlagan soliqlarni birgalikda
oʻzaro solishtirish oʻtkazilgan boʻlsa, bunday birgalikdagi solishtirish dalolatnomasi soliq organi
va soliq toʻlovchi tomonidan imzolangan kundan eʼtiboran yoxud sudning
tegishli qarori qonuniy
kuchga kirgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida qabul qilinadi.
(3-q.)
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan qoida soliq
toʻlovchiga oʻzi ortiqcha toʻlagan soliq summasini uning soliq qarzini qoplash hisobiga hisobga
olish toʻgʻrisida soliq organiga yozma ariza taqdim etishiga toʻsqinlik qilmaydi. Bunday ariza
mavjud boʻlgan taqdirda soliq organining ortiqcha toʻlangan soliq summasini soliq qarzini uzish
hisobiga hisobga olish toʻgʻrisidagi qarori soliq toʻlovchining arizasi olingan kundan eʼtiboran
yoki, agar birgalikda oʻzaro solishtirish oʻtkazilgan boʻlsa, soliq organi soliq toʻlovchi
bilan u
toʻlagan soliqlarni birgalikda oʻzaro solishtirish dalolatnomasini imzolagan kundan eʼtiboran oʻn
kun ichida qabul qilinadi.
(4-q.)
Ortiqcha toʻlangan soliq summasi, ushbu Kodeksning 103-moddasi qoidalarini
inobatga
olgan holda, soliq toʻlovchiga uning yozma arizasiga binoan soliq organi tomonidan
bunday ariza olingan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida qaytarilishi lozim.
(5-q.)
Ortiqcha toʻlangan soliq summasini hisobga olish yoki qaytarish toʻgʻrisidagi ariza,
agar soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, koʻrsatilgan
summa toʻlangan kundan eʼtiboran besh yil ichida berilishi mumkin.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-
683-son Qonuni tahriridagi qism)
(6-q.)
Ortiqcha toʻlangan soliq summasini qaytarish toʻgʻrisidagi qaror soliq organi
tomonidan soliq toʻlovchining tegishli arizasi olingan kundan eʼtiboran yoki,
agar birgalikda
oʻzaro solishtirish oʻtkazilgan boʻlsa, soliq organi soliq toʻlovchi bilan u toʻlagan soliqlarning
birgalikdagi oʻzaro solishtirish dalolatnomasini imzolagan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida qabul
qilinadi.
(7-q.)
Ushbu moddaning sakkizinchi qismida koʻrsatilgan muddat oʻtgunga qadar soliq
organining tegishli summani qaytarish toʻgʻrisidagi qarori asosida
rasmiylashtirilgan ortiqcha
toʻlangan soliq summasini qaytarishga doir topshiriqnoma soliq organi tomonidan budjet
toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq soliq toʻlovchiga qaytarib berishni amalga oshirish uchun
gʻaznachilikka yuboriladi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(8-q.)
Soliq organi ortiqcha toʻlangan soliq summasini hisobga olishni yoki qaytarishni rad
etish toʻgʻrisidagi qabul qilingan qaror haqida soliq toʻlovchiga
bunday qaror qabul qilingan
kundan eʼtiboran uch kun ichida xabar qilishi shart. Agar ortiqcha toʻlangan soliq summasini soliq
toʻlovchiga qaytarish ushbu moddaning toʻrtinchi qismida belgilangan muddat buzilgan holda
amalga oshirilsa, belgilangan muddatda qaytarilmagan summa uchun soliq toʻlovchiga qaytarish
muddati buzilgan har bir kalendar kun uchun foizlar hisoblanadi. Hisoblangan foizlar tegishli
budjet mablagʻlari hisobidan toʻlanadi. Foiz stavkasi qaytarish muddati
buzilgan kunlarda amal
qilgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasiga teng etib
qabul qilinadi.
(9-q.)
Yanglishib toʻlangan soliq summalari, shuningdek penyalar va (yoki) jarimalar soliq
toʻlovchiga uning yoxud bankning yoki Oʻzbekiston Respublikasi Gʻaznachiligining yozma
murojaati asosida, agar xatolik ular tomonidan yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, qaytariladi.
(10-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻining
ortiqcha toʻlangan summalari shu konsolidatsiyalashgan guruhning masʼul ishtirokchisiga ushbu
moddada belgilangan tartibda hisobga olinishi (qaytarilishi) lozim.
(11-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi
shartnomaning amal qilishi tugagan taqdirda, soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi
boʻyicha ortiqcha toʻlangan foyda soligʻining ushbu konsolidatsiyalashgan guruh boʻyicha mavjud
boʻlgan soliq qarzi hisobiga hisobga olinmaydigan va (yoki) hisobga olinmagan summalari shu
soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi boʻlgan yuridik shaxsga
uning yozma arizasiga binoan hisobga olinishi yoki qaytarilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: