(4-q.)
Soliq toʻlovchilar tomonidan ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida
koʻrsatilgan soliqlarni, soliqlar boʻyicha boʻnak toʻlovlarini toʻlash boʻyicha kechiktirishni
(boʻlib-boʻlib toʻlashni) soliq organlarini xabardor qilmagan holda qoʻllanilganligiga soliqlarni,
soliqlar boʻyicha boʻnak toʻlovlarini oʻz vaqtida toʻlamaganlik sifatida qaraladi. Mazkur hollarda
bunday soliq toʻlovchilarni aniqlagan soliq organlari toʻlanmagan soliqlarning, soliqlar boʻyicha
boʻnak toʻlovlarining summasiga ushbu Kodeksning 110-moddasida belgilangan tartibda penya
hisoblaydi.
(5-q.)
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan, kechiktirish
(boʻlib-boʻlib toʻlash) imkoniyati berilgan soliqlarga nisbatan soliqning, soliqlar boʻyicha boʻnak
toʻlovlarining summalarini toʻlash amalga oshiriladi:
(OʻzR 14.09.2021-y. OʻRQ-714-son Qonuni
tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)
1) ijtimoiy soliq boʻyicha - olti oy davomida teng ulushlarda, ushbu Kodeks 407-
moddasining beshinchi qismida va 408-moddasining toʻrtinchi qismida belgilangan soliqni toʻlash
muddatlaridan kechiktirmay;
2) quyidagilar boʻyicha oʻn ikki oy davomida teng ulushlarda:
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha - ushbu Kodeks 417-
moddasining oltinchi qismida belgilangan soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlarini toʻlash muddatidan
kechiktirmay, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa har oyning oʻn beshinchi kunidan
kechiktirmay;
yuridik shaxslarning yer soligʻi boʻyicha - ushbu Kodeksning 432-moddasi birinchi qismida
belgilangan soliqni toʻlash muddatidan kechiktirmay, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa - har
oyning oʻn beshinchi sanasidan kechiktirmay;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha - ushbu Kodeks 448-moddasining
uchinchi qismida belgilangan soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlarini toʻlash muddatidan kechiktirmay;
aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha - har oyning oʻn beshinchi kunidan kechiktirmay.
(6-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq mol-mulk va yer soligʻining 2020-yil 31-
dekabrdagi holatiga koʻra kechiktirilgan hamda toʻlanmagan summalarini toʻlash 2022-yil 1-
yanvardan eʼtiboran amalga oshiriladi. Bunda mahalliy davlat hokimiyati organlari ushbu modda
birinchi qismining ikkinchi xatboshisiga muvofiq kechiktirilgan
soliq summasi keyinchalik
toʻlanadigan, biroq ikki yildan koʻp boʻlmagan muddatni mustaqil ravishda belgilashga haqli.
(OʻzR 14.09.2021-y. OʻRQ-714-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
OʻzR 14.09.2021-y. OʻRQ-714-son Qonuniga muvofiq oltinchi-toʻqqizinchi qismlari
yettinchi-oʻninchi qismlar deb hisoblansin
(7-q.)
Soliqlarni, soliqlar boʻyicha boʻnak toʻlovlarini toʻlash boʻyicha kechiktirishyoki
boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan davrda soliq toʻlovchi tugatilgan taqdirda kechiktirilgan
(boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan) toʻlov summasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
tartibda budjet tizimiga toʻlanadi.
(8-q.)
2020-yil uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni
va jismoniy
shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlash 2020-yil 15-oktyabrga qadar amalga oshiriladi.
(9-q.)
2020-yilda foyda soligʻining soliq toʻlovchisi joriy hisobot davri birinchi oyining
yigirmanchi kunigacha joriy hisobot davri uchun foyda soligʻi boʻyicha har oylik boʻnak toʻlovlari
summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi soliq organiga
moʻljallanayotgan foydadan kelib chiqqan, foyda soligʻini oʻtgan chorak natijalari asosida
hisoblab chiqarishning belgilangan talabi bekor qilingan holda taqdim etishga haqlidir.
Foyda
soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlari summasini kamaytirish holatlari aniqlangan taqdirda, soliq
organlari har oylik boʻnak toʻlovlari summasini qayta koʻrib chiqishga haqli.
(10-q.)
Ushbu Kodeksning 393-moddasida koʻrsatilgan daromadlar boʻyicha soliq
toʻlovchilar 2019-yil uchun jami yillik daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyani doimiy yashash
joyidagi soliq organiga 2020-yil 1-avgustga qadar taqdim etadi. 2019-yil
uchun jami yillik
daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya maʼlumotlariga koʻra jismoniy shaxslardan olinadigan
hisoblab chiqarilgan daromad soligʻini toʻlash bunday deklaratsiyani taqdim etish muddatidan
kechiktirmay amalga oshiriladi.
(11-q.)
Umumiy ovqatlanish korxonalariga aylanmadan olinadigan soliq, foyda soligʻi, suv
resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi, yuridik
shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha 2021-yil 15-avgust holatiga koʻra
yuzaga
kelgan qarzdorlikni, shuningdek barcha soliqlar va yigʻimlar boʻyicha jarimalar hamda penyalarni
2022-yil 1-yanvardan 1-iyulga qadar boʻlgan davrda mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza
yubormasdan, soliq organlarini xabardor qilgan holda foizlarni toʻlamasdan, teng ulushlarda
kechiktirib (boʻlib-boʻlib) toʻlash huquqi beriladi.
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga
muvofiq kiritilgan qism)
Do'stlaringiz bilan baham: