uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) va (yoki) ularni keyinchalik qayta ishlash
uchun yagona texnologik loyiha nazarda tutilgan boʻlsa, litsenziyalangan bitta uchastkada amalga
oshirilayotgan faoliyatga tenglashtirilishi mumkin (bundan buyon matnda litsenziyalangan
uchastkalar guruhi deb yuritiladi). Bunda soliq toʻlovchi har bir litsenziyalangan uchastkada
amalga oshirilayotgan metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish)
boʻyicha faoliyatni bitta uchastkada amalga oshirilayotgan faoliyatga tenglashtirish toʻgʻrisidagi
qarorni unda litsenziyalangan uchastkalar roʻyxatini koʻrsatgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni
qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishishi kerak. Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi bunday qarorni kelishishning qoʻshimcha shartlari va tartibini belgilashga
haqli. Qarorda koʻrsatilgan litsenziyalangan uchastkalar roʻyxati unga qoʻshimcha uchastkalarni
kiritish hisobiga kengaytirilishi mumkin emas.
(13-q.)
Soliq toʻlovchi ushbu moddaning oʻn ikkinchi qismida nazarda tutilgan qarorda
koʻrsatilgan, ilgari roʻyxatga kiritilgan, litsenziyalangan uchastkada foydali qazilmalarni
(metallarni yoki uglevodorod xomashyosini) qazib olish va (yoki) texnogen mineral hosilalardan
foydalanish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnomani (litsenziyani)
qaytargan, undan oʻzganing foydasiga voz kechgan yoki uni sotgan taqdirda, bunday uchastka
ushbu roʻyxatdan chiqarilishi lozim, bunday realizatsiya qilishdan olingan daromadlar esa uning
renta daromadini oshiradi.
(14-q.)
Agar aktivlarni yaratishga (olishga) sarflangan xarajatlar kapital xarajatlar tarkibida
hisobga olinib, ular keyinchalik boshqa shaxslarga realizatsiya qilinsa (berilsa) yoki ulardan qaysi
litsenziyalangan uchastka uchun yaratilgan (olingan) boʻlsa, oʻsha litsenziyalangan uchastka bilan
bir texnologik loyihaga kiritilmagan boshqa litsenziyalangan uchastkalarda foydalanilsa, bunday
realizatsiya qilishdan olingan daromadlar renta daromadini oshiradi.
(15-q.)
Soliq toʻlovchi renta daromadini har bir litsenziyalangan uchastkaga nisbatan
metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) huquqi uchun ruxsatnoma
(litsenziya) olgan kundan eʼtiboran har bir soliq (hisobot) davri natijalari boʻyicha mustaqil
ravishda aniqlaydi.
(16-q.)
Renta daromadini aniqlash chogʻida tarixiy xarajatlar ushbu Kodeksning 454-4-
moddasida nazarda tutilgan tartibda va shartlar asosida xarajatlar tarkibiga kiritiladi.
(17-q.)
Agar renta daromadini aniqlashda natija salbiy boʻlib qolsa, ushbu moddaning
birinchi qismida koʻrsatilgan xarajatlar va daromadlar oʻrtasidagi ijobiy farq renta zarari deb
eʼtirof etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: