Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-1-modda. Metallarning ayrim turlarini qazib olish



Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet323/352
Sana09.03.2023
Hajmi2,93 Mb.
#917119
1   ...   319   320   321   322   323   324   325   326   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

451-1-modda. Metallarning ayrim turlarini qazib olish 
(ajratib olish) chogʻida soliq bazasini aniqlashning 
oʻziga xos xususiyatlari 
(1-q.)
Oltin, kumush, platina, palladiy, mis, rux, qoʻrgʻoshin va molibden (bundan buyon 
ushbu moddada metallar deb yuritiladi) boʻyicha soliq bazasi ruda, konsentrat va (yoki) qayta 
ishlashning yakuniy mahsuloti (tayyor mahsulot) tarkibidagi har bir metallga nisbatan aniqlanadi. 


(2-q.)
Metallarni qazib olish (ajratib olish) chogʻida quyidagilar soliq bazasi boʻladi: 
1) agar ushbu qismning 2-bandida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, rudani 
(konsentratni) realizatsiya qilish chogʻida - qazib olingan (ajratib olingan) metallning haqiqatda 
realizatsiya qilingan qiymati, ushbu qiymat rudaning (konsentratning) tarkibida mavjud boʻlgan 
metall hajmiga nisbatan qoʻllaniladigan soliq (hisobot) davri uchun oʻrtacha arifmetik birja bahosi 
va oʻrtacha olingan realizatsiya qilish bahosi oʻrtasida olingan yuqoriroq narx boʻyicha hisob-kitob 
qilinib, ushbu metallni keyinchalik qayta ishlash (eritish, affinaj) va (yoki) transportda tashish 
xarajatlari chegirib tashlanadi; 
2) oltin va misni realizatsiya qilish chogʻida - qazib olingan (ajratib olingan) metallning 
haqiqatda realizatsiya qilingan qiymati, ushbu qiymat ruda, konsentrat va (yoki) qayta ishlashning 
yakuniy mahsuloti (tayyor mahsulot) tarkibida mavjud boʻlgan metall hajmiga nisbatan 
qoʻllaniladigan soliq (hisobot) davri uchun oʻrtacha arifmetik birja bahosi va oʻrtacha olingan 
realizatsiya qilish bahosi oʻrtasida olingan yuqoriroq narx boʻyicha hisob-kitob qilinib, ushbu 
metallni keyinchalik qayta ishlash (eritish, affinaj) va transportda tashish xarajatlari chegirib 
tashlanmaydi. Bunda soliq toʻlovchi oltin va mis boʻyicha soliq bazasini ushbu xarajatlarni 
chegirib tashlagan holda belgilashga haqli; 
3) mustaqil ravishda yoxud qaytarish sharti bilan qayta ishlashga berish asosida ajratib 
olingan kumushni, platinani, palladiyni, ruxni, qoʻrgʻoshinni yoki molibdenni realizatsiya qilish 
chogʻida - qazib olingan (ajratib olingan) metallning haqiqatda realizatsiya qilingan qiymati, ushbu 
qiymat soliq (hisobot) davrida oʻrtacha arifmetik birja bahosi va oʻrtacha olingan realizatsiya qilish 
bahosi oʻrtasida olingan yuqoriroq narx boʻyicha hisob-kitob qilinib, soliq toʻlovchi tomonidan 
ushbu metallni keyinchalik qayta ishlash (eritish, affinaj) va (yoki) transportda tashish uchun 
qilingan xarajatlar chegirib tashlanadi. 
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
(3-q.)
Agar ajratib olingan kumush, platina, palladiy, rux, qoʻrgʻoshin yoki molibden 
rudadagi asosiy metall boʻlmasa yoki ularni ajratib olish oltin va (yoki) mis ajratib olinayotgan 
(boyitilayotgan, qayta ishlanayotgan) ishlab chiqarish quvvatlarida amalga oshirilayotgan boʻlsa, 
soliq toʻlovchi soliq bazasini ularni keyinchalik qayta ishlash (eritish, affinaj) va transportda 
tashish xarajatlarini chegirib tashlamagan holda aniqlashga haqli. 
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-
812-son Qonuni tahriridagi qism) 
(4-q.)
Kumushni, platinani, palladiyni, ruxni, qoʻrgʻoshinni yoki molibdenni ajratib olish 
chogʻida ushbu metallar rudadagi asosiy metallar boʻlsa, boshqa metallar, shu jumladan oltin va 
mis boʻyicha soliq bazasi ularni keyinchalik qayta ishlash (eritish, affinaj) va transportda tashish 
xarajatlari chegirib tashlangan holda aniqlanadi. 
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni 
tahriridagi qism) 
(5-q.)
Agar soliq toʻlovchi metallar bilan birga boshqa qimmatbaho, rangli va radioaktiv 
metallarni, shuningdek ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan nodir elementlarni 
va nodir yer elementlarini ajratib olayotgan boʻlsa, boshqa metallar (elementlar) boʻyicha soliq 
bazasi ularni keyinchalik qayta ishlash (eritish, affinaj) va transportda tashish xarajatlari chegirib 
tashlangan holda, oʻrtacha olingan realizatsiya qilish bahosi boʻyicha aniqlanadi. 
(OʻzR 
30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) 
(6-q.)
Agar soliq toʻlovchi rudadagi asosiy metallar bilan birga boshqa metallarni, shu 
jumladan texnogen chiqindilardan (chang, shlak, kek, shlam va boshqalardan) metallarni ajratib 
olsa, ushbu metallar (elementlar) boʻyicha soliq solinadigan baza ularni keyinchalik qayta ishlash 
(eritish, affinaj) va transportda tashish xarajatlari chegirib tashlangan holda oʻrtacha olingan 
(oʻrtacha arifmetik birja) realizatsiya qilish bahosidan kelib chiqib aniqlanishi mumkin. 
(OʻzR 
30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) 


(7-q.)
Soliq (hisobot) davri uchun oltin, kumush, palladiy va platina boʻyicha oʻrtacha 
arifmetik birja narxi soliq organlari tomonidan London qimmatli metallar bozori uyushmasining 
(London Bullion Market Association) ertalabki fiksingi asosida, boshqa metallar boʻyicha esa 
London metallar birjasining (London Metal Exchange) maʼlumotlari asosida aniqlanadi. 
(8-q.)
Soliq (hisobot) davri uchun oʻrtacha arifmetik birja narxi narxlar qaysi valyutada 
belgilangan boʻlsa, shu valyuta boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 
eʼlon qilingan valyuta kursiga koʻpaytirilgan metallar narxlarini qoʻshishda hosil boʻlgan summani 
koʻrsatilgan narxlar belgilangan kunlar soniga boʻlish orqali aniqlanadi.
(9-q.)
Soliq (hisobot) davri uchun oʻrtacha olingan realizatsiya qilish bahosi soliq toʻlovchi 
tomonidan mustaqil ravishda, ushbu Kodeks 451-moddasining toʻrtinchi qismida belgilangan 
tartibda aniqlanadi. 
(10-q.)
Soliq organlari har oyda, soliq (hisobot) davridan keyingi oyning oʻninchi sanasidan 
kechiktirmay, oʻzlari ushbu moddaning yettinchi va sakkizinchi qismlariga muvofiq hisob-kitob 
qilgan har bir metall turi uchun oʻrtacha arifmetik birja narxini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat 
soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi. 

Download 2,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   319   320   321   322   323   324   325   326   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish