(4-q.)
Metallarni va uglevodorod xomashyosini qazib olishni (ajratib olishni) amalga
oshiruvchi chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soliq bazasini AQSH dollarida aniqlash
huquqiga ega.
(5-q.)
Agar birinchi soliq davri yakunlariga koʻra renta zarari olingan boʻlsa, soliq toʻlovchi
bunday zarar miqdorini keyinchalik "jamgʻarilgan renta zarari" maxsus hisobvaragʻida AQSH
dollarida, ushbu moddaning oltinchi qismiga muvofiq belgilanadigan valyutaning oʻrtacha yillik
almashuv kursi boʻyicha hisobga olishga haqli. Bunda har bir
keyingi soliq davrida ushbu
hisobvaraqda hisobga olinadigan summa joriy yilning 31-dekabr holatiga koʻra AQSH dollarida
nominatsiya qilingan, 2 foizlik punktga oshirilgan, toʻlanish muddati oʻn yil (2031-yilgacha)
boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro obligatsiyalarining daromadliligidan kelib chiqib
aniqlanadigan koeffitsiyentga oshiriladi.
(6-q.)
Soliq davri uchun oʻrtacha yillik kurs soliq toʻlovchi
tomonidan mustaqil ravishda,
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining joriy soliq davrida 1-yanvar va 31-dekabr uchun
belgilangan kurslarini qoʻshish chogʻida olingan summani 2 ga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.
(7-q.)
Metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) huquqi uchun
ruxsatnoma (litsenziya) olingan kundan eʼtiboran boshlanadigan soliq davri soliq toʻlovchi
litsenziyalangan muayyan uchastkaga (litsenziyalangan uchastkalar guruhiga) nisbatan soliq
bazasini aniqlashi shart boʻlgan birinchi soliq davri deb eʼtirof etiladi. Agar bunda koʻrsatilgan
ruxsatnoma (litsenziya) 1-iyuldan keyin olingan boʻlsa, metallarni yoki uglevodorod
xomashyosini qazib olish (ajratib olish) huquqi uchun ruxsatnoma (litsenziya) olingan sanadan
keyingi kalendar yilning 31-dekabriga qadar boʻlgan vaqt ushbu
litsenziyalangan uchastkaga
nisbatan birinchi soliq davri deb eʼtirof etiladi.
(8-q.)
Soliq toʻlovchi tarixiy xarajatlarni birinchi soliq davrining xarajatlariga kiritishga
haqli.
(9-q.)
Soliq toʻlovchi tomonidan metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish
(ajratib olish) huquqi uchun ruxsatnoma (litsenziya) olingan sanaga qadar haqiqatda amalga
oshirilgan va tegishli litsenziyalangan uchastka bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xarajatlar, xususan,
quyidagilarga doir xarajatlar tarixiy xarajatlar jumlasiga kiradi:
1) geologik oʻrganish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnoma
(litsenziya) olishga va (yoki) metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish)
uchun ruxsatnoma (litsenziya) olishga, shuningdek metallarni yoki
uglevodorod xomashyosini
qazib olish (ajratib olish) huquqini olishga;
2) yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganishga;
3) metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) uchun tayyorgarlik
ishlariga.
(10-q.)
Ushbu moddaning toʻqqizinchi qismida koʻrsatilgan xarajatlarni amalga oshirish
sanasi buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari qoidalariga muvofiq belgilanadi.
(11-q.)
Agar yaratish (olish) xarajatlari kapital xarajatlar tarkibida hisobga olingan
aktivlardan keyinchalik metallni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olishga (ajratib olishga)
doir ishlab chiqarish jarayonida soliq toʻlovchi tomonidan bir yildan ortiq vaqt davomida
foydalanilmasa, ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan
koeffitsiyent ularni olish
xarajatlariga nisbatan qoʻllanilmaydi.
(12-q.)
Agar soliq davri yakunlari boʻyicha renta daromadi olingan boʻlsa, soliq bazasi
jamgʻarilgan renta zarari summasiga kamaytiriladi, renta daromadi jamgʻarilgan renta zararining
toʻliq summasi oʻrnini qoplash uchun yetarli boʻlmaganda esa - renta daromadi summasiga
kamaytiriladi. Bunda jamgʻarilgan renta zarari summasi renta daromadini kamaytirishga
qaratilgan summaga kamaytiriladi.
(13-q.)
Soliq davri renta daromadi bilan tugaganidan keyin soliq toʻlovchi
kapital
xarajatlarni amalga oshirgan va hisobot soliq davri yakunlari boʻyicha renta zararini olgan
hollarda, bu zarar "jamgʻarilgan renta zarari" maxsus hisobvaragʻiga kiritiladi va unga nisbatan
ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllaniladi.
(14-q.)
Ushbu moddaning oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda
keyingi soliq davrida "jamgʻarilgan renta zarari" hisobvaragʻida hisobga olinadigan summa ushbu
moddaning beshinchi qismida belgilangan miqdorda koeffitsiyent bilan ham indeksatsiya qilinadi.
(15-q.)
Agar jamgʻarilgan renta zarari toʻlanganidan va renta daromadi shakllanganidan
keyin soliq toʻlovchida yangidan renta zarari yuzaga kelsa, koʻrsatilgan zararning oʻrni
mazkur
moddaning oʻn ikkinchi - oʻn toʻrtinchi qismlarida belgilangan tartibga oʻxshash tartibda
qoplanadi.
(16-q.)
Metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) uchun yer qaʼri
uchastkalaridan foydalanish huquqi bir yuridik shaxsdan boshqasiga oʻtkazilganda, sotilgan
sanada birinchi yuridik shaxsda mavjud boʻlgan renta zararining qoldigʻi ushbu moddaning
beshinchi qismida aniqlanadigan koeffitsiyent hisobga olingan holda
ikkinchi yuridik shaxsga
oʻtadi.
(17-q.)
Metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) huquqi uchun
ruxsatnomaning (litsenziyaning) amal qilish davrida oʻrni qoplanmagan jamgʻarilgan renta zarari
soliq toʻlovchiga kompensatsiya qilinmaydi.
(18-q.)
Soliq toʻlovchi renta daromadiga (renta zarariga) tegishli xarajatlari va
daromadlarining hisobini yuritishi hamda ular boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishi, shuningdek
majburiy auditdan oʻtkazish uchun qonunchilikda belgilangan muddatlarda har yili mazkur
xarajatlar va daromadlarning auditini amalga oshirishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: